O`z bekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O’zbek milliy-naqsh tili alifbosi



Yüklə 7,78 Mb.
səhifə23/24
tarix01.06.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#114967
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Shamsinur diplom — копия

O’zbek milliy-naqsh tili alifbosi: Geometrik naqsh, elementlarining ramziy ma’nolar: Aylana- olam ramzi.
Baxt-quyosh ramzi.
Kvadrat- dunyoning turt tomoni.
Quyosh - farzandi, abadiylik, yorug’lik, mustahkamlik. To’g’ri turtburchak ishonch ramzi.
Qalampir- har xil yomonliklardan va yomon ko’zdan asrash. Besh qirrali yuldo’z - hayotning qisqaligi, besh kunlik dunyo. Anor- ezgulik, to’qchilik ramzi.
Oygul- baxt iqbol ramzi. Yarim aylana – baxt ramzi. Bodom- baxt iqbol ramzi.
Barg- bahorgi uyg’onish, farzandlik.
Romb- ayol, ya’ni ona er ramzi.
Zirk guli - osoyishtalik va umr o’zoqligi.
Olma - muhabbat ramzi.
Yarim oy- islom dinining ifodasi, musulmonlik ramzi.
Novda- boylik va farovonlik ramzi. Yaproq - bahorgi uyg’onish, navro’z ramzi. Quyosh - hayot ramzi.
Isiriq - yomon ko’zdan asrash ramzi.
Bulut, olov - g’oliblik ramzi.
Atirgul - go’zallik ramzi.
Qush va hayvonlarning ramziy ma’nolari.
Sher - mardlik, jasorat va kuchlilik ramzi.
Chumoli - donolik ramzi.
Qizil rang- g’alaba, xursandchilik, shodlik.
Bulbul sadoqat ramzi.
Xumo - baxt keltiruvchi qush.
X U L O S А
Kashtadoʼzlik sanʼatining nodir namunalari hozirgi kunda jahondagi koʼplab muzeylarda, shaxsiy kollektsiyalarda saqlanib kelinmoqda. Peterburg, Samarqand, Buxoro, Moskvadagi Sharq madaniyati muzeylarida, Gʼarbiy Yevropa, jumladan Berlin xalqshunoslik muzeyi shular jumlasidandir. Bu kashtalar 19 asr oxirlarida Oʼzbekistondan olib ketilgan. Oʼzbek kashtasi yaxshi oʼrganilmagan va ular haqida juda oz maʼlumot bor.
19 asr oxirida Stokgolmda F. R. Martinning Oʼrta Osiyo hunarmandchilik sanʼati asarlaridan yigʼgan kollektsiyasining koʼrgazmasi boʼldi. Bessertning Berlin xalqshunoslik muzeyida saqlanuvchi turli xalqlarning naqshlariga
bagʼishlangan alьbomda Buxoro, Nurota, Shaxrisabzning 30 ta kashta detallari 3 rangli jadvalda berilgan.
Hozirgi kunda Buxoro kashtachilik sanʼatining asl namunalari rus davlat muzeyida (Leningrad), Sharq madaniyati muzeyida (Moskva), Tojikiston Oʼlkashunoslik muzeyida (Dushanbe), Tojikiston Fanlar Аkademiyasi muzeyida, Oʼzbekiston xalqlari tarixi muzeyida(Toshkent), Oʼzbekiston madaniyat va sanʼat tarixi Respublika muzeyida (Samarqand), tarixiy oʼlkashunoslik muzeylarida (Buxoro), Oʼzbekiston Respublikasi dekorativ amaliy sanʼat muzeylarida (Toshkent) saqlanmoqda.
Oʼzbek xonadonining asosiy bezaklaridan biri - kashtadir. Аyniqsa, bayram, toʼy, marosim paytlarida ular oʼzbek xonadonida alohida ahamiyat kasb etadi. Kashtadagi katta gullar xonaga toʼgʼri nisbatda joylantiriladi va uzoqdan
yaxshi koʼrinishi ham eʼtiborga olinadi. Qorongʼiroq uylarda joylashtirilgan rango- rang ipak kashtalar tovlanib turadi va insonga estetik ruh bagʼishlaydi. Kelin
tushadigan xonaning devorlarida boʼsh joy qoldirilmaydi.Xuddi shu xususiyat boshqa millat va elatlardan farqlanadi. ”Takiyapoʼsh“ Nurotada, ”bolinpoʼsh“
Buxoroda, ”yostiqpoʼsh“ Samarqand va Shaxrisabzda yuritiladi. Bular taxmonga (rax) yigʼilgan koʼrpa- yostiqlarni yopib qoʼyadi. Taxmon uyning toʼrida boʼladi.
Kashtachilik kishilarga estetik zavq bagʼishlaydi, uylarni bezatishdagi ahamiyati bilangina emas, balki asrlar davomida shakllangan odat va rasm-rusmlar
sababli ham xalq orasida keng tarqalgan edi. Yirik kashtalar: Soʼzana, takiyapoʼsh, joynamoz - inson, ayniqsa xotin-qizlar hayotidagi quvonchlik xodisalar bilan bogʼliq boʼlgan. Ularni asosan kelin tomon atab tikar va beriladigan qiz sepining majburiy hamda asosiy qismini tashkil qiladi. Yosh kelin-kuyovlarga qadim- qadimdan saqlanib kelayotgan odatga koʼra, kashta gullariga “yomon koʼzdan
saqlovchi” tumorchalar qoʼshib tikilgan. Bitgan kashtaga atayin ayrim joylari chala qoldiriladi. Bu esa oʼziga xos ramziylikni bildiradi, yaʼni farzandlar davom
ettirishi, hayotining bogʼliqligi, avloddan-avlodga oʼtishi yoki toʼy ketidan toʼy kelsin va kashtalar tikilaversin, qizim omon boʼlib, boshimiz xursandchilikdan chiqmasin degan ezgu niyatlari bildiradi.
Kashtachilik sanʼatiga ayollar oʼzlarining kelajaklari, bolalari va oʼz baxtlari haqidagi orzu-umidlarini, tabiatga boʼlgan muhabbatlarini va goʼzallikka intilishlarini singdiradilar. Bunday kashtaning noyob sanʼat sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri-dilini, insonparvarlik, hayot va tabiatni sevish, ruhiy ozuqa olishdek insonda mehr uygʼotadi.
Har bir oilada kashta tikish odat boʼlib, qizlar yoshligidan oʼrgatilib boriladi. Ular oʼzlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va oʼzlari ham yangi kashtalar tikkanlar. Shofirkon va Nurotaning badiiy kashtalari bilan tanishar ekanman, naqshlari va ranglari oʼxshashligiga qaramasdan, ikkita bir xildagi soʼzanani topa olmayman. Har bir buyum oʼzicha noyob. 20 asr davomida uydagi anʼanaviy chevarlik shaklida rivoj topib kelayotgan kashtadoʼzlik maʼlum bir sabablarga koʼra ommalashuv doirasi susayib, asosan respublikaning qishloq- tumanlari bilan chegaralanib qolmoqda. Chevarlar anʼanaviy naqshlarni takrorlagan holda, ularga umumlashtirilgan shakldagi yangi tasviriy mavzularni tatbiq qilishmoqda. Shofirkonlik chevarlar Zuhro Olloberdieva, Oliya Nurullaeva, Muhtarama Rasulova, Muhabbat Qoʼchqorova, nurotalik chevarlar Bozorova Iqbol, Toʼraqulova Ruxsoraoylar oʼziga xos soʼzanalar bilan mashhur boʼlgan chevarlardir.
Hozirgi kunda Shofirkon tumanida milliy kashtachilikni rivojlantirish maqsadida kashtachi Zuxro Obloberdieva tomonidan kasb-hunar maktabi ish olib
bormoqda. Bu yerda milliy hunarmandchiligimizning kashtachilik, zardoʼzlik, boʼz tikuvchilik, rang tasvir, kosibchilik guruhlari ochilib, xalqimizda qadim-qadim zamonlardan beri asrab-avaylab kelingan xalq hunarmandchiligi sirlarini
oʼrgatishmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Buxoro maktablari kashtachiligini oʼrganish asosida quyidagi xulosalarni chiqardim. Xalqning fikri va his-tuygʼularini, voqelikni toʼgʼri tushunish kashta va soʼzanalardagi mukammal obrazlarda ifodalangan.


Tadqiqotchi V. S. Voronovning xalq sanʼatiga bergan xarakteristikasini bu sanʼatga ham tatbiq etish mumkin. “Bu – ortiqcha soʼz, bekorchi jumlalari boʼlmagan aniq, qatʼiy va ajoyib nutqdir”.¹
Barcha badiiy vositalar naqsh tuzilishi va uning dekorativ talqini, rang jihatdan hal etilishi, buyumning tikilishi va tikuv uslubi bir-biriga juda bogʼliqdir. Ularning biri ikkinchisini toʼldiradi, boyitadi va har jihatdan ajoyib qismlari bir- biriga uzviy boʼlgan dekorativ badiiy asar yaratishga xizmat qiladi.
Chevarlarning zoʼr badiiy didi, bezaklarni matoga oʼz oʼrnini topib joylashtirishda ham koʼrinadi. Ular gazlamani haddan tashqari bezab
tashlamaydilar, shu bilan birga, bekorchi joy ham boʼsh qoldirilmaydi. Shu sababli fon va bezaklar bir-biriga uzviy joylashadi va ajoyib manzara kashf etadi. Kashta bezaklari orasidagi fonning oʼzi ham pannoda goʼyo qoʼshimcha bezakday koʼrinadi. Fonning bunday aktiv roli Oʼrta Osiyo xalqlari dekorativ sanʼatiga umuman xos narsadir.
Аsosan simmetrik boʼlgan soʼzana bezaklari koʼpincha qatʼiy geometrik simmetriyadan bir oz chetga chiqadi.Masalan, pannoning toʼrtala burchagi har doim ham bir xil boʼlmaydi: uning bir boʼlagida qoʼshimcha kichik bezaklar boʼlishi mumkin, boshqa boʼlagidagi bezaklar esa unga uncha hamohang boʼlmaydi. Bezaklarning bunday erkin joylashtirilishi oʼsimliksimon chiziqlarning tabiiy ritmi kabi kashtalarga alohida joziba beradi.Har bir gulni har safar erkin chiziqlarda berishga urinishda ham bu jonlilik, joziba sezilib turadi. Shakllari jihatidan sodda boʼlgan bezaklar koʼpincha bir xil chiziqlarga ega boʼladi. Shuning
uchun bezaklarning rang-barangligi ikkita bir xil detalning turlicha ishlanishi
natijasida hosil qilinadi. Kashta asosiy badiiy vosita boʼlgan ipaklar, shuningdek, tikuv uslubi asosida amalga oshiriladi. Kashta uslubi asarning badiiyligiga bevosita taʼsir etadi. Matodagi choklarning oʼzi ham rangli ipak bilan birga kuchli dekorativ taʼsirchanlikni oshiradi. Bunda kashta tikish mahoratigina emas,balki badiiy did, nafosat, ipaklarning yaxshi yigirilganligi, rangi va sifati ham ahamiyatga ega. 19
asrdagi eng yaxshi kashta namunalarining oʼchmas jozibasi va oʼziga xosligi ularning uzviy joylashtirilgan gullar ritmida, har bir kashta kompozitsiyasini kutilmaganda yangicha hal etilishida, yorqin, hayotbaxshranglarning uygʼunlashishi va mahorat bilan tikilishidadir. Yuzlab, minglab soʼzanalarni tomosha qilganda ham, ikkita aynan bir xil asar uchratilmaydi. Ularning har biri oʼzicha mustaqil boʼladi.

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə