O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

"Grammatika san'ati"
(“Grammatike techne”)
nomli sistemalashtirilgan 
dastlabki yunon grammatikasini yaratdi. Shundan buyon grammatikani falsafadan 
mustaqil soha sifatida ajralib chiqdi. 
Antik davrda grammatika 
preskriptiv
(to’g’ri gapirish, to’g’ri jumla tuzishni 
ko’rsatuvchi yo’riqnoma) xarakterga ega bo’lgan. XVIII asr oxirlarida 
grammatikani tushunish keskin o’zgardi. Bu davrda bobo til konsepsiyasini ilgari 
surgan qiyosiy-tarixiy grammatika shakllandi. Unda yevropa tillarining qadimgi 
sanskrit tili bilan tarixiy aloqasini aniqlash yordamida hind-yevropa tillari 
shajarasini rekonstruksiya qilish bo’yicha qiyosiy aspektda tadqiqotlar olib borildi.
XX asr boshlarida Ferdinand de Sossyur grammatikani tavsiflashda 
sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Bunda grammatikani tarixiy (diaxron) 
o’rganishni emas, balki sinxron (muayyan vaqtdagi holati) tadqiq qilish lozim deb 
hisobladi. XX asrning 50-yillarida Noam Chomsky grammatikani tavsiflashning 
yangi metodini tavsiya etdi. Bu tilshunoslikda “formal grammatika nazariyasi” deb 
ataladi. Olimning tadqiqot natijalari kompyuter lingvistikasining shakllanishiga 
asos bo’ldi. N.Chomskyning formal grammatika haqidagi qarashlari 
“Syntactic 
Structures”
(1957) hamda 
“Aspects of the Theory of Syntax”
nomli kitoblarida 
yoritilgan.
Grammatikaga bo’lgan yondashuvlar turlicha bo’lganligi bois tilshunoslik 
tarixida turli grammatikalar yaratilgan. Jumladan, nazariy grammatika va amaliy 
grammatika; an’anaviy (klassik) grammatika va noklassik grammatika; sinxron va 
diaxron grammatika; xususiy va umumiy (universal) grammatika; kategorial 
grammatika, tobelik grammatikasi, leksik-funksional grammatika, konstruktiv 
grammatika, transformatsion grammatika, kontekstdan xoli grammatika (context-
free grammar) kabi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə