142
2.
1 grammatika (context-sensitive grammar)
– kontekstga bog’liq
grammatika bo’lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu
grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo’llaniladi.
3.
2 grammatika (context-free grammar)
– kontekstga bog’lanmagan
grammatika bo’lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida
(ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi.
4.
3 grammatika (regular grammar)
– regulyar grammatika deb ataladi,
u juda sodda va cheklangan grammatika bo’lib, tilning
sodda unsurlari uchun
ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o’zgaruvchilar uchun).
Frazeologik mashina tarjimasi
– avtomatik tarjimaning sifatini oshirish
uchun Rossiyada professor G.G.Belonogov
tomonidan ishlab chiqilgan
konsepsiya. Bunga ko’ra matndagi tushunchalar ko’pincha alohida so’zlar
yordamida emas, balki so’z birikmalari yordamida ifodalanadi. O’z-o’zidan kelib
chiqadiki, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida ham mazmunni
yuzaga chiqaruvchi asosiy til birliklari ham alohida so’zlar emas, balki tipik
vaziyatlarni ifodalovchi frazeologik birikmalar (bu yerda
frazeologik birlik keng
ma’noda tushuniladi) hisoblanadi. Mazkur yondashuvga muvofiq matnda tez-tez
uchraydigan so’zlar, iboralar, so’z
birikmalari, nutqiy etiket namunalarining
tarjima ekvivalentlari bilan boyitilgan ma’lumotlar bazasi frazeologik mashina
tarjimasi tizimining asosini tashkil etadi. Bunda so’zlarning
distributsiyasiga eng
ko’p e’tibor beriladi. Bu metod polisemantik so’zlarning tarjimada mos keluvchi
to’g’ri ekvivalentini tanlashga, omonim so’zlarning
kontekstagi holatini
aniqlashga, iboralarning ham idiomatik xususiyatini belgilashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: