O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

“stimul-reaksiya-
77
http: // www.yazykoznanie.ru
78
Po'latov A., Muhamedova S. 
Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 64-65. 


88 
mustahkamlash”
formulasiga asoslaniladi. O’qitish usullari “stimul” (turtki) 
vazifasini bajaradi, o’rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi.
2) kognitiv-intellektual yondashuv – CALL (CALL Software) uchun 
universal dasturiy ta’minotlar yaratish, o’qitish tizimini lug’at bazasi, grammatika 
bo’yicha qo’llanmalar, tizimni 
avtomatik korrektorlar

speller
bilan ta’minlash, 
audio
va 
vizual effektlar
bilan boyitish kabi amaliy ishlar majmuidir.
Til o’rgatishda quyidagi kompyuter dasturlarini qo’llash mumkin:
79
1. 
Taqdimot texnologiyasi
, ya’ni mashg’ulotni ko’rgazma sifatida 
o’tkazish, darsda kompyuterdan foydalanishning eng oson usulidir. Buning uchun 
o’qituvchiga birgina kompyuter va multimedia proektori kerak bo’ladi. MS Power 
Point dasturi yordamida o’tilajak dars uchun kompyuterda o’qituvchining o’zi 
slaydlar yaratadi va ko’rgazmalar paketini tayyorlaydi. Elektron nusxa – bu o’zbek 
tili fani bo’yicha mavjud bo’lgan muayyan darslikning kompyuterdagi elektron 
versiyasi (nusxasi) bo’lib, unda multimedia vositalaridan faqat ovoz va matn 
qatnashadi.
2.
Elektron multimedia darsligi
– aynan kompyuter vositasida o’quv 
kursini yoki uning bitta katta bo’limini o’qituvchi yordamida yoki mustaqil 
o’zlashtirishni ta’minlovchi dasturiy-metodik kompleks.
3. 
Elektron ensiklopediya
– kuchli qidiruv tizimiga ega bo’lgan ma’lum 
yo’nalishdagi illyustrasiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, 
giperhavola(gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro’yxat, 
foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati va hokazolardan iborat 
bo’lgan katta hajmdagi elektron dastur.
4. 
Elektron lug’at
– odatdagi lug’atlar asosida tuzilgan, multimedia 
vositalari bilan boyitilgan dastur. Elektron lug’at turli yo’nalishda tuzilishi 
mumkin, undan talabaning so’z boyligini oshirish, tarjima qilishda foydalaniladi.
5. 
O’rgatuvchi audiodasturlar, elektron lingafon kurslari
umuman 
ikkinchi tilni o’rganuvchilar uchun nihoyatda samarali ta’lim texnologiyalaridir. 
To’g’ri talaffuzni o’rgatuvchi kompyuter dasturlarida animatsiya yordamida 
tovushning artikulyatsiya o’rni, usuli ko’rsatiladi, etalon nutq eshittiriladi, 
talabaning o’z talaffuzi yozib kiritiladi, so’ngra u adabiy til me’yori bilan 
taqqoslanadi. Bundan tashqari, audiodasturlar qatoriga “Karaoke” tizimini kiritish 
mumkin. Undan hordiq chiqarishda yoki biron tadbirni o’tkazishda foydalanish 
juda qulaydir.
6. 
Universal test dasturi
muayyan fanning biror yirik bo’limi bo’yicha test 
topshiriqlari va reyting tizimidan iborat bo’lgan kompyuter dasturidir. Uning 
qulayligi shundaki, birgina dasturiy ta’minot asosida turli xil test sinovlarini 
79

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə