O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Computer Assisted Language 
Learning (CALL)
.
77
CALL bo’yicha 1-xalqaro konferensiya 1985 yil 12-13 
noyabrda Budapesht shahrida o’tkazildi. 2-xalqaro konferensiya 1989 yil 15-17 
noyabrda bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyalarda kompyuter yordamida xorijiy 
tillarni o’rgatishning yangi metodlari taklif etildi, o’qituvchi lingvistik avtomatlar 
xususida qimmatli mulohazalar o’rtaga tashlandi, o’qitishda audio va video 
vositalardan foydalanish samarali ekanligi ta’kidlandi. 
Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini 
yangi bosqichga ko’tardi, bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini 
qayta ko’rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish 
zaruriyatini tug’dirdi. Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida yangi pedagogik
texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini 
belgilash, ta’lim jarayoniga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar ustida ish olib 
borilmoqda. Ilg’or pedagogik texnologiyalarning kompyuter texnologiyalari bilan 
uyg’unlashtirib tashkil etilishi va shu asosda multimedia darslarining yaratilishi esa 
asosiy yo’nalishga aylanib qolmoqda. Multimedia (“ko’p muhitlik” degan ma’noni 
bildiradi) zamonaviy kompyuterlarning deyarli barchasida mavjud bo’lgan 
imkoniyatlar majmuini, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning 
turli ko’rinishlari – matn, jadval, grafika, ovoz, animatsiya (multiplikatsiya), 
videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig’ish, saqlash va qayta uzatish 
vazifalarini bajaradi. Multimedia “inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) 
muloqotning yangi, takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda 
keng va har tomonlama axborot oladi. Bir qator olimlar, metodistlar tadqiqotlari 
shuni ko’rsatadiki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat 
to’rtdan bir qismini, ko’rgan materialining uchdan bir qisminigina eslab qoladi; 
ham ko’rib, ham eshitsa, axborotning ellik foizini esda saqlaydi. Interaktiv 
multimedia texnologiyalaridan foydalanilganda esa, bu ko’rsatkich yetmish besh 
foizni tashkil etadi. Shu bois ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan 
unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
78
O’qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv 
mavjud:
1) bixevioristik yondashuv – mavjud an’anaviy o’qitish tizimining barcha 
jabhalarini e’tiborga oluvchi o’qitish mexanizmlari, bunda grammatikaning 
ma’lum bo’limi tugagandan so’ng, uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek, 
leksik minimumlar bo’yicha bilimni nazorat qilishga yo’naltirilgan dasturiy 
ta’minotga asoslangan o’qitish tizimi. Bunda bixeviorizmning 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə