O`zbek adabiyoti tarixi Eng qadimgi davrlar


MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR



Yüklə 386,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix28.04.2023
ölçüsü386,23 Kb.
#107489
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
portal.guldu.uz-O`zbek adabiyoti tarixi Ma`ruzalar matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.
Mahmud Qoshg`ariy kim? 
2.
Uning hayoti va ijodi haqida nima bilasiz? 
3.
«Devonu lug`otit turk» qanday asar? 
4.
«Devon»dagi she`riy parchalar qaysi mavzuda? 
5.
«Devon»dagi xalq maqollaridan misollar keltiring. 
6.
«Qish va yoz» munozarasini tahlil qiling. 
7.
Alp Er To`nga marsiyasida nima haqda gap boradi? 
MAVZUGA OID TAYaNCh SO`Z VA TUShUNChALAR: 
1.
Mahmud Qoshg`ariy. 
6. Alp Er To`nga 
2.
Qoraxoniylar davlati. 
7. Afrosiyob. 
3.
«Devonu lug`otit turk».
8. Marsiya. 
4.
«Qish va yoz». 
9. Qaz. 
5.
Munozara. 
 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Mahmud Qoshg`ariy. Devonu lug`otit turk. 3-tomlik. T., 1960-63. 
3.
Qadimiy hikmatlar. T.,1987. 
4.
Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 
5.
A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T.,1973. 


27
6.
B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. 9-sinf. Darslik. T.,2000. 
6-mavzu: YUSUF XOS HOJIB VA UNING “QUTADG‘U BILIG” ASARI
R e j a: 
1.
Kirish. 
2.
Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida. 
3.
«Qutadg`u bilig» dostoni. 
4.
Asarning qo`lyozma nusxalari, topilishi va o`rganilishi. 
5.
Dostonning syujeti. 
6.
Asarda turli ijtimoiy guruhlarga munosabatning ifodalanishi. 
7.
Ilmiy-ma`rifiy va axloqiy-ta`limiy qarashlari. 
8.
«Qutadg`u bilig»ning badiiy xususiyatlari. 
9.
Xulosa. 
Adabiyotlar: 
1.
Darsliklar. 
2.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg`u bilig. T.,1971. 
3.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg`u bilig. T.,1990. 
4.
Qadimgi hikmatlar. T.,1987. 
5.
Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 
6.
Q.Karimov. Ilk badiiy doston. T.,1976. 
7.
B.To`xliev. O`zbek adabiyoti. 9-sinf. Darslik. T.,2000. 
8.
H.Homidiy. Ko`hna Sharq darg`alari. T.,1999. 
X-XII asrlarda turkiy tildagi adabiyot ancha rivojlandi. Bir qator shoir va adiblar 
yetishib chiqdi. Ana shulardan biri 
Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U 
haqdagi ma`lumotlar juda oz. «Qutadg`u bilig»da ayrim ma`lumotlar uchraydi. Bu 
asarini 50 yoshlarda ijriy 462 yili 1069-1070 yozib tugatgan.
Yusuf o`zi haqida asar
muqaddimasida shunday ma`lumot beradi: «Bu kitobni tasnif qilig`li Balasag`un 
mavludlig` parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Qashg`arda tugal qilib, Mashriq 
maliki Tavg`achxon uskinga kechurmish,
malik ani ag`irlab, ulug`lab o`z Xas 
Hojiblikni anga bermish turur, aning uchun Yusuf ulug` Xas Hajib teb atijavi 
yozilmish turur». Kitobda tilga olingan xoqon Nasiriddin Tavg`ach Bug`ro Qoraxon 
1075-1103 yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asar unga 
bag`ishlangan. Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora 
qilingan. Mana shu ulushlarning boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan 
ataladi. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa Tavg`achxon nomi 
bilan yuritiladi. Markazlashgan, yagona feodal davlatni barpo etish, uni 
mustahkamlash, idora qilish, ulushlar va ulush ichidagi begliklar o`rtasidagi nizolarga 
barham berish Tavg`achxonlarning ezgu orzusi edi. Xuddi ana shunday davlatni idora 
qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq me`yorlarini 
o`zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida «Qutadg`u bilig» yuzaga 
keldi. Yusuf Xos Hojib mana shu masalalarga javob berib, o`z asarini yaratar ekan, u 


28
bir tomondan, o`z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, 
tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor bo`lgan barkamol kishi 
sifatida, ikkinchi tomondan, feodal sinfning vakili, yuqori tabaqa kishilarining 
himoyachisi sifatida namoyon bo`ladi. Asar mazmuni muallifning arab va fors 
tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur 
tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og`zaki ijodi bilan ham yaxshi 
tanish bo`lganini ko`rsatadi. 
Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo`lgan 
«Qutadg`u bilig» 6500 bayt yoki 13 
ming misraga yaqin she`rdan iborat. Asar 18 oyda yozib tugatilgan
. Muallif o`z 
asariga «Qutadg`u bilig» deb nom beradi. Bu baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta`lim 
demakdir. Shoir shunday yozadi: 
Kitab ati urdum «Qutadg`u bilig», 
Qutadsu o`qug`lika tutsu elig 
Kitob otini «Qutadg`u bilig» qo`ydim, 
O`quvchiga baxt keltirsin, qo`lidan tutsin. 
Shu sababdandirkim, kitobni chinliklar «Adab-ul-muluk»/`«Hukmdorlar odobi»/, 
mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» /«Mamlakatning tartib usuli», sharqliklar «Zain-
ul-umaro»/, /«Amirlar ziynati»/, Eron liklar «Shohnomai turkiy», turonliklar 
«Qutadg`u bilig», ba`zilar «Pandnomai muluk»/«Hukmdorlar pandnomasi»/ 
deganlar. 
«Qutadg`u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo 
bo`ldi. Bu asarning 
1439 yilda Hirotda uyg`ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams 
tomonidan ko`chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug`ot shahriga, bu yerdan esa, 1474 
yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o`g`li Qozi Ali tomonidan 
Istambulga keltirilgan.
Uni sharqshunos olim Hammer Purgshtall Istambulda sotib 
olib Vena saroy kutubxonasiga keltiradi. 1870 yilda venger olimi Herman Vamberi 
«Qutadg`u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg`ur tili obidalari» va «Qutadg`u 
bilig» nomi bilan nashr qildi. 1823 yilda fransuz sharqshunosi Jaubert Amedi ham 
nashr ettirgan. 1890 yildan boshlab bu asarni o`rganishga V.Radlov kirishadi. 1896 
yilda «Qutadg`u bilig»ning arab yozuvi bilan ko`chirilgan ikkinchi bir nusxasi 
Qohirada topildi. Radlov 1910 yilda asarni rus alfavitiga asoslangan to`liq 
transkriptsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr qildiradi. Bu asarning arab yozuvi 
bilan ko`chirilgan uchinchi nusxasi 1913 yilda Namanganda topildi. 1924 yilda Fitrat 
namanganlik Muhammadhoji eshon Lolaresh ismli kishidan bu nusxani oladi va 
Toshkentga Asosiy kutubxonaga keltiradi. 
«Qutadg`u bilig» tarkibi quyidagicha: Uch bosqich muqaddima: 
Nasriy muqaddima 38 satr. 
She`riy muqaddima 77 bayt. 
Muqaddimaviy boblar 11 bob. 390 bayt. 
Asosiy qism - doston mavzui 68 bobda rivojlanadi
. Undagi sarlavhalar hisobiga 
ishtirok etuvchilarning savol-javoblarini ham kiritsak, 174 sarlavha ostida berilgan. 
Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima qismi - 2 qismda va masnaviy bobdan iborat 
bo`lib, masnaviy bob mazmunigina dostonga aloqador.


29
Muqaddimada tangriga hamd, payg`ambar va chahoryorlarga na`t aytiladi. 
«Qutadg`u bilig» 180 ga yaqin to`rtlik, masnaviy va uch bob qasidadan iborat
. Asar 
aruzda yozilgan. Mutaqorib bahrida. 
«Qutadg`u bilig» o`sha davrda Qoshg`ardan Kaspiygacha bo`lgan keng 
maydonga yoyilgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli bo`lgan «Bug`raxon 
tili»da yozilgan
.
«Qutadg`u bilig»-adabiy asar, badiiy adabiyot numunasi. Asar qahramonlari 4 
timsoldan tashkil topgan: 
Biri to`g`rilikka tayanch-Adolat 
Biri Davlat erur, u qutli g`oyat. 
Uchinchi-ulug`lik Aql ham Zako 
To`rtinchi - Qanoat erur bebaho. 
Birinchisi, Adolat-u bosh hukmdor, uning nomi Kuntug`di, u quyoshdek barchaga 
barobar nur taratadi. Ikkinchisi, Davlat-turkiyda Qut, u bosh vazir, uning nomi 
Oyto`ldi. Asarning bosh qahramoni O`gdulmish-Aql va Bilimdir. To`rtinchi timsol-
Qanoat. Uning ismi O`zg`urmish. Olimlarimiz fikricha, bular islom ma`naviyatining 
bosh timsollari edi: O`zg`urmish obrazi tarkidunyo qilgan, zohidlik va taqvoni 
yashash tarziga aylantirgan so`fiylarni anglatadi. Asarda tasavvufiy g`oyalar ham 
ko`zga tashlanadi.
Muallif Xudoni e`tirof etadi. Din va shariat yo`lini unutmaslikka chaqiradi. Uning 
dunyoqarashida Farobiy, Ibn Sinolar dunyoqarashining ta`siri seziladi. U yetti 
planeta, o`n ikki burj haqida gapiradi. Yusuf Xos Hojibning davlat, uning qurilishi, 
hokimiyatni boshqarish, moddiy, siyosiy, ijtimoiy qarashlari asardagi to`rt obrazning 
o`zaro munozara, bahs, savol-javoblari orqali namoyon bo`ladi. 
Muallif barcha ijtimoiy tabaqa, toifa va guruhlar, ularning jamiyatdagi mavqelari, 
o`rni, yashash sharoitlari, ongi, ruhiyati, kasbu korlari kabilar haqida batafsil fikr 
yuritadi. U odamlarni ikki yo`nalish asosida guruhlarga ajratadi:
1.Moddiy boylikning taqsimlanishi, mulkka egalik jihatidan. Bunga ko`ra uchga 
ajratiladi: a) boylar, b) o`rta hollar, v) chig`aylar /kambag`allar/.
2.Asosiy mashg`ulotlari, kasblari, ijtimoiy mehnatning jamiyat a`zolari o`rtasida 
taqsimlanishi jihatidan. Bu jihatdan kishilar hukmronlar, amaldorlar, mansabdorlar, 
saroy kishilari, avom a`laviylar /Ali xonadoniga mansublar/, olim va donishmandlar, 
tabiblar, afsunchilar, azayimxonlar, tush ta`birlovchilar, yulduzchilar, shoirlar, lar, 
savdogarlar, chorvadorlar, hunarmandlar, qashshoqlar va boshqalarga bo`linadi. 
Muallif olimlar haqida alohida gapiradi. Ularni ulug`laydi. Ularga ozor 
bermaslikni, moddiy jihatdan quvvatlashni aytadi: 
Yo`q ersa ajunda bu alim bo`gu, 
Tikib unmagay erdi erda egu. 
Ularni qattiq sev, ag`irla so`zin, 
Biliglarin o`gran o`gush azin.
Ular ilmi bo`ldi buzunga yo`la, 
Yarusa yo`la tunla azmas yo`l-a. 
Mazmuni: 
Yo`q ersa jahonda gar olim, dono, 


30
Ekib unmagay erdi erda dona. 
Ularni juda sev, qadrla so`zin 
Bilimlarin o`rgan ko`pin yo ozin. 
Ular ilmi xalqqa bo`ladi chiroq, 
Chiroq yonsa, tunda adashmas oyoq. 
Shoirlar juda ulug` kishilar, ular kishilarni ham madh, ham fosh qiladilar. 
Ularning tillari qilichdan o`tkir, xotiralari nozik va chuqur: 
Yana keldi shoir-bu so`z terguvchi,
Kishin madh etuvchi yo fosh qilguvchi. 
Qilichdan ham o`tkir bularning tili, 
Va qildan nozikroq xotirlash yo`li. 
Nozik so`z, kalom kim eshitay desa,
Bulardan eshitsin, qilar zavq rosa... 
Yusuf Xos Hojib dehqonlarga ham yuqori baho berdi. Ularning mehnati halol, 
sharafli, barchaga manfaatli ekanligini ta`kidlaydi: 
Bo`lar dehqon ahli juda qo`li keng, 
Xudo berganidan erur ko`ngli keng. 
Qimirlaguvchidan er uzra hamon 
Yuruvchiga osh, non, uchuvchiga don. 
Ularga aralash, qo`shilish o`zing, 
Shirin so`zla tilda, ochiq tut yuzing. 
Chorvadorlar haqida: 
Qimiz, sut, yungu yog`, qurut va qatiq, 
Namat va kigiz ham to`qima tutiq. 
Bular manfaatli kishilar turur, 
Bularni juda yaxshi tut, ey unur. 
Yusuf Xos Hojib o`z zamonasining donishmandi, turli ilmlardan bahs yuritishga 
qodir olim va fozil kishisi,, faylasufi edi. Shuning uchun ham u o`z asarida ilm-fan, 
bilim-zakovat, ma`rifat targ`ibotchisi sifatida namoyon bo`ladi. U kishilarni tinmay 
ilm olishga, bu ilmni amalda tadbiq qilishga undaydi. U ilm ahlini qadrlashga 
chaqiradi: 
O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lar, 
Bilim kimda bo`lsa, buyuklik olar. 
Bilimsiz kishilar bo`lar ko`r misol, 
Bilimsiz, bilimdan kelib hissa ol. 
Hamma xayrli ishlar bilim nafidur 
Bilim hatto osmon sari yo`l ochur. 
«Qutadg`u bilig»da muallif odob-axloq masalalariga alohida to`xtaladi. U turli 
tabaqalar o`rtasidagi munosabat, axloq, muomala, odamgarchilik, to`g`rilik,soflik, 
mehr-muhabbat, vafo, shafqat, adolat, insof, saxovat, aql, zakovat kabi xususiyatlarni 
g`ayri insoniy, yolg`onchilik, insofsizlik, egrilik, bemehrlik, zulm, nomardlik, johillik 
kabi tomonlar bilan qiyoslaydi: 
Yomonlikni qilma, e xulqi suzuk, 
Bu kun ezgu ish qil, fe`ling qil tuzuk. 
Yomon ishni qilma, u koni zarar, 


31
Yomonlik ilon bir, seni u chaqar. 
Barcha odob-axloqning boshi tildir. Tilning foyda va zarari behisobdir. Oz 
so`zlash, ko`p tinglash kerak. Qizil til qora boshning yovi: 
Kishin til ulug`lar, topar qut kishi, 
Kishin til tubanlar, yorilar boshi. 
So`zing ehtiyot qil, boshing ketmasin, 
Tiling ehtiyot qil, tishing sinmasin. 
Talay so`zlama so`z, biroz so`zla oz, 
Talay sir-sinoatni oz so`zda yoz. 
Qora bosh yovi bu qizil til erur, 
Talay bosh egan u, yana ham eyur. 
Muallif farzand tarbiyasi, o`g`il-qiz o`stirish, ziyofatga borish, u erda o`tirish, 
ovqatlanish odobi haqida o`git beradi.
«Qutadg`u bilig»da yozma adabiyot va xalq og`zaki ijodining chuqur ta`siri 
seziladi. Muallif bu asarni yozishda epik asarlardan, tarixiy va diniy adabiyotlardan 
o`rinli foydalangan. Asarda «Shohnoma»ning ta`siri seziladi. Asarda Iskandar, Kisra, 
Qaysar, Qorun, Shaddod, Od, Faridun, Zahhok kabi qirqqa yaqin obrazlar uchraydi. 
Asarda ko`pgina maqollar, hikmatli so`zlar ko`zga tashlanadi. Alp Er To`nga
marsiyasi uchraydi. 
Agar nafs tiyilsa-bu bosh sog`lig`i 
Fizo oz eyilsa-og`iz totlig`i. 
Qorinda yaralgan qiliq, o`rganik 
Qora er tagida kyetar,ey tetik. 
Uy olmoqchi bo`lsang so`ra qo`shnisin 
er olmoqchi bo`lsang so`ragin suvin. 
Asarda ko`plab badiiy tasvir vositalari uchraydi. Turli tashbehlar, omonimlar, 
o`xshatishlar ishlatilgan.
Umuman, «Qutadg`u bilig» bundan keyin ham o`quvchilarimizni axloqli qilib 
tarbiyalashda ahamiyat kasb etaveradi. 

Yüklə 386,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə