O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


II.2§ O`zbek milliy cholg’ularini takomillashtirish jarayonlari



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə14/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
xamidjon

II.2§ O`zbek milliy cholg’ularini takomillashtirish jarayonlari
XIX asrning oxriga kelib O`rta Osiyo mintaqasi batamom Rossiya imperiyasiga qo`shib olindi va Turkiston o`lkasi deb nom oldi. Turkistonga oldi arxeologlar, geograflar, musiqachi olimlar tashrif buyurdilar. Sharqshunos olimlar O`rta Osiyo madaniy–me’moriy obidalari, qo`l yozmalarini o`rganadilar. Kutubxona, nashriyotlar, ilmiy uyushmalar ochiladi. O`zbek va rus tillarida kitob, gazeta va jurnallar chop ettiriladi.
Shu davrda O`rta Osiyoga simfonik orkestr cholg’u asboblari, damli va zarbli orkestr cholg’u asboblari - fotrepiano, skripka, truba, dombra kabi yevropa musiqiy cholg’u asboblari olib kirilgan. O`zbek cholg’u ijrochiligi boshqa xalqlar musiqa madaniyati qorishishi bilan boyidi. Xorazmda Rossiyadan olib kelingan garmon ommalashdi va Toshkentlik cholg’uchilar g’ijjak o`rniga yevropa cholg’usi skripkani ijroda qo`llay boshladilar.
XIX asrning 70 yillar oxriga kelib Toshkent, Qo`qon, Farg’ona va Samarqandda Rus imperatori musiqiy uyushmalari ochiladi hamda Sirdaryo xarbiy orkestri kapelьmeysteri Avgust Eyxgornning faoliyati katta axamiyat kasb etdi.
1884 yili Avgust Eyxgorn tashabbusi bilan Toshkentda “Musiqiy jamiyat” tashkil etildi va ushbu jamiyatda bir necha yil mobaynida ko`ngilli xavaskor ishtirokchilardan tashkil topgan 80 ga yaqin musiqa shinavandalari: qo`shiqchi, cholg’uchi va simfonik orkestr va xor ijrochilari faoliyat yurita boshladilar.
1895 yilda “Musiqiy jamiyat”ga Mariin teatri bosh dirijyori V.Mixalek rahbarlik qilgan davrdan rus va chet el kopmozitorlari ijodiga mansub operalardan lavxalar, mumtoz va zamonaviy musiqa namunalari ijro etila boshlandi. 1895 yili V. Mixalek shaxsiy musiqiy kurslar va dramatik trupa ochdi.
“Musiqiy jamiyat”ning faol a’zolaridan F.Leysek va N.Mironovlar bo`ldilar. CHex musiqachisi va xarbiy kapelьmeyster F. Leysek Turkiston xalqlarining qo`shiqlarini damli orkestr uchun kayta ishladi va yozib olar edi. O`zbek musiqasi bilan yuzma - yuzkelgach, u o`zi uchun ulkan janrlar rang barangligini kashf etdi. Ushbu fikrimiz dalili sifatida 1890 yilda yaratilgan “Osiyo poppuri”si yaqqol misol bo`la oladi. Uning tarkibiga o`zbek, qoraqolpoq, qirg’iz, qozoq, tatar xalqlarining kuylari kirdi. 1898 yili F. Leysek rahbarligida “Lira” nomli Toshkent xor birlashmasi tashkil etiladi.
1897 yili Toshkentda “Musiqiy jamiyat”ning direktori o`zbek xalq cholg’u asboblari orkestri va o`zbek xalq musiqa merosini to`plagan N. Mironov28 bo`ldi. 1906 yili “Musiqiy jamiyat” doirasida “Musiqiy dramatik jamiyat” tashkil topdi. Uning kontsertlari bog’larda, sayillarda tashkil etildi.
80-90 yillarda barcha xarbiy qismlarda damli cholg’ular orkestri tashkil etilgan. Orkestrlarning vazifasi aholini damli cholg’ularda mashxur marsh, raqs va operalardan nomerlar ijro etib, rus va chet yel cholg’u musiqa namunalari bilan tanishtirish bo`lgan. Xarbiy orkestr kopelьmeysterlari29 o`zbek xalq musiqasini garmoniyalashtirishdagi birinchi urunishlarni amalga oshirishgan va omma e’tiboriga taqdim etishgan. Turkiston xududidan chetda o`zbek musiqasini targ’ib qilish ishlari bilan ham aynan shu birinchi orkestr rahbarlari shug’ullanganlar.30
XX asrda O`rta Osiyoda o`zbek musiqa san’atining jadal rivojlanish bosqichlari boshlandi. Toshkent – ilmiy va madaniy xayot markaziga aylandi. Musiqiy ta’limning rivoj topishida bir qator chora tadbirlar amalga oshirildi.
1928 yili Samarqandda musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi. N. Mironov tashkilotchi va birinchi direktori etib tayinlandi. O`zbekistonda ilk bora o`quv jarayonida nota tizimidan foidalanildi. Respublikaning viloyatlaridan ko`zga ko`ringan musiqachilari ustozlik qildilar.
Institutda musiqiy folьklorni yozib olish, SHoshmaqonmni o`rganish, kitoblar chiqarish, o`zbek xalq cholg’ularida ijro maxoratini o`rganish, kompozitsiya, orkestrga dirijyorlik qilish, musiqaning elementar nazariyasini o`rganish kabi faoliyatlar amalga oshirilar edi. 1932 yili institut Toshkentga ko`chirildi va mustaqil San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti sifatida faoliya yuritdi.
XX asrning 30 yillarida musiqa san’ati sohasida yangi bosqich boshlandi. Rus va chet el musiqiy an’analari ta’siri asosida yangi musiqiy janr va shakllarini o`zlashtirish jarayoni boshlandi. Shu tadbirlar o`zbek musiqa cholg’u asboblarini qayta ishlash ishlarini jadalladi. O`zbek xalq cholg’u asboblarini qayta ishlashda A. Petrosyants, Sh.Shoumarov va V. Belyaevlarning xizmati beqiyosdir.
XX asrning 20 – yillarida o`zbek musiqa cholg’ularini qayta ishlash, ovoz va texnik imkoniyatlarini yoritish, takomillashtirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Rekonstruktsiyalash borasida A.Petrosyantsning xizmati katta. Rekonstruktsiya ishlari natijasi sifatida g’ijjaklar (soprano, alьt, bas, kontrabas), changlar (pikkalo, prima, tenor, bas), ruboblar (prima, qashg’ar rubob, afg’on rubob) oilalari yaratildi. Shuningdek bolalar musiqa va san’at maktablari o`quvchilari uchun dutor va g’ijjak kabi bolalar cholg’u asboblari loyihalashtirildi.
O`zbek musiqa cholg’u asboblari uch guruhga bo`linadi.
Torli sozlar guruhi 4 guruhdan iborat:

  1. Kamonchali cholg’ular - g’ijjak, qobuz, sato (setor).

  2. Tirnama (noxunli) –tanbur, ud, qonun, (afg’on va qashg’ar) rubob

  3. Tirnama zarbli – do`mbra, dutor,

  4. Urma zarbli – chang

Damli asboblar 4 guruhga bo`linadi:

  1. Qamishdan yasalgan cholg’ular – sibiziq

  2. Naysimon cholg’ular – nay, gadjir nay

  3. Mundshtukli cholg’ular – karnay

  4. Mexanik puflamali cholg’ular– garmonika

  5. Tilchali cholg’ular – chanqovuz

Zarbli guruh asboblari 2 guruhchalarni tashkil etadi:

  1. Membranafonli (teri tortilgan) – doira, nog’ora, chindo`vul;

  2. (cholg’u materialining o`zi ohang chiqaradi) – safoil, sagat, qoshiq, qayroq, zang. Samozvuchaщie cholg’u asboblar shovqinli effekt va tembr bo`yog’i sifatida foidalaniladi. Ko`p xollarda raqs atributlari xisoblanadi.

Musiqiy cholg’u sozlar guruhining torli sozlar guruhi
Torli kamonlilar guruhi:
G’ijjak – kosasimon korpusga (kokos daraxti yong’ogi, qovoq) teri tortiladi va yog’ochdan yasalgan dumaloq dasta bilan maxkamlangan qismlaridan tashkil topadi. Kamonchasi tekkis yoki yoysimon dastagiga otning qili tarang tortilgan xolatga keltiriladi. Eng keng tarqalgan g’ijjak – uch torli bo`lib, torlari simdan tortilgan ko`rinishda. Ayni kunlarga kelib g’ijjakning barcha turlari to`rt tordan iboratdir. Kamdan kam xollarda (6 – 7 torli g’ijjaklar uchraydi). Xalq musiqasi amaliyotida g’ijjak yakkaxon cholg’u asbob sifatida keng qo`llaniladi. Hozirgi kunda g’ijjak xalq cholg’ulari orkestri tarkibiga kiritilgan.
Qobuz – cho`michsimon shaklga ega cholg’u asbob bo`lib, otning qilidan yasalgan ikki tori mavjud. Unda kamoncha orqali ohang taratiladi.
Satoning tashqi ko`rinishi tanburga o`xshaydi, lekin korpusi ancha mustaxkamroq. Sababi sato kamoncha orqali ohang taratadi. Yetti metalldan tortilgan tori mavjud. Kuy diapozoni ikki oktavadan keng. Cholg’u asbobda asosan kuychan cho`ziq, mungli asarlar ijro etiladi. Sato cholg’usi og’zaki professional musiqa namunalarini ijro etadigan xalq professional musiqachilari orasida mashhur.
Torli chertma cholg’ular:
Do`mbra – o`zbekiston xalq cholg’u sozlari ichida yagona “cho`pon” musiqa cholg’u asbobidir. Uning tashqi ko`rinishi – qorni noksimon, yaxlit yog’ochdan o`yib olingan kosa va shu kosa ustiga yopishtirilgan ingichka yog’ochdan yasalgan dekani tashkil etadi. SHuningdek uning dastasi va unda tovush pardalari belgilanmagan. O`zbek dombrasi ikki tordan iborat. Do`mbrani bir qator ijro etish yo`llari mavjud.
Ulardan:
Birinchisi - ohang taratish usuli jarang usul bo`lib, ijro jarayonida aksariyat xollarda ushbu uslub qo`llaniladi.
Ikkinchi uslub - “chimchilash” usuli bo`lib, ko`rsatkich barmoqda “pitsekato” uslubini qo`llab chalish xisoblanadi.
Doston ijrosi jarayonida do`mbra musiqasining qo`llanilishi - o`ziga xos xususiyat xisoblanadi. Ushbu kuylar do`mbrachilar repertuarida alohida ahamiyat kasb etib, “Baxshi kuyi” deb nomlanadi.
Dutor – do`mbraga nisbatan ikki baravar katta xajmga ega bo`lib, nafaqat kosasi yaxlid yog’ochdan o`yib tayyorlargan (Samarqand, Xorazm, Turkmaniston), balki kosa qismi ingichka yog’och plastinkalarni bir biriga yopishtirib, qovurg’asimon etib yasaladi. Qovurg’asimon dutor ushbu cholg’uning asosiy ko`rinishi xisoblanadi. Dutorning barcha turlarida dutor qopqog’i (deka) qovurg’asiga nisbatan yanayam ingichkaroq bo`ladi. Dutorning dastasi do`mbra dastasiga nisbatan uzur va bog’langan lad balandliklariga ega. Asbob ikki tordan iborat bo`lib, torlari kvarta–kvinta intervaliga sozlanadi. Bu sozlarni xalq orasida “Munojot sozi” va “Dilxiroj sozi” deb ham atashadi. Dutor oyoq ustiga qo`yib, barmoq bilan chertib chalinadi. Zarblari 5 xil bo`ladi va xalq orasida bulardan ikkitasini katta zarb, ikkitasini kichik zarb va bittasini tanovor zarbi deb ataladi. Dutor chalish jarayonida nafaqat “jarang tor” uslubiday barcha barmoqlar ishtirokida, balki uch barmoqda ketma ket yoki birdaniga ijro etiladigan uslublarda chalish mumkin. Dutor cholg’u asbobi yakkaxon ijro, ansambl va orkestr jamoalari tarkibiga kiritilgan.
Tanbur – qadimiy o`zbek milliy cholg’u asbobi bo`lib, uzunligi 110 – 113 sm.dan iborat katta bo`lmagan noksimon shakldagi korpusi, yog’ochdan yasalgan qopqog’i va uzun dastadan hamda uch, to`rt tordan iborat tirnama cholg’u asbobdir. Kuy tanburning birinchi tori bilangina chalinadi, qolganlari esa kuyning ritmik muxim joylarida qisqa akkordlar chalish uchun hizmat qiladi. Qisqa akkordlar odatda kvintalardan va asosiy ohangning takrorlanishidan tashkil topadi. Tanburning tovushlari diatonik tartibda joylashgan. Tanbur cholg’u asbobi “noxun” bilan tirnab chalinadi va noxun o`ng qo`lning ko`rsatkich barmog’iga taqiladi. Cholg’u asbobni o`zlashtirishdagi asosiy muammo hammabop bo`lmaganligi va aksariyat xollarda saroy musiqachilari ijodida qo`llanilganligi uchun tanbur sozi xalq professional musiqachilari cholg’u asbobi degan tushunchalarni olib keldi.
Afg’on rubobi –noxunli cholg’u asboblar ichida o`z shaklining va tembr (ovoz) imkoniyatlarining boyligi bilan ajralib turadi. Ba’zan xindcha rubob ham deb yuritiladi va udsimon cholg’ular oilasiga kiritiladi. O`zbekistonda tarqalgan afg’on (Buxoro) rubobi o`zgacha jilo berilgan katta uchburchaksimon shakldagi kosa va kalta uchi dumaloq shaklga keltirilgan dasta va ushbu dastasi bo`ylab yopishtirilgan parda va qolgan qismiga esa teri membranasi qoplanadi. Afg’on rubobining ohangi ancha yo`g’on tisseturaga ega. Dastadagi pardalar tovush chiqarish uchun imkon beradi. Cholg’u asbobning umumiy uzunligi 70–80 sm, torlari soni jixatdan 5 ta asosiy qolgan 10–11 tasi rezonans berib turadi. Besh asosiy tori qashqar rubobiga o`xshab, kvarta- kvinta yoki kvatra-kvarta intervallariga sozlanadi. Afg’on rubobi murakkab cholg’u asbobi bo`lib, xalq professional ijrochilari faoliyatida yakkaxon cholg’u sifatida hamda ansambllarda qo`llaniladi.
Qashqar rubobi – tashqi ko`rinishi bo`yicha, teri membranasi bilan tarang tortilgan yaxlid yog’ochdan o`yib olingan kosasi (rezonator) va uzun dastadan iborat. Kosasi oldida 8–10 sm.li xayvon shoxini eslatuvchi shoxchalari mavjud. Rubob pardalari avval ichakdan tortilgan. 1940 yili A.I.Petrasyants rahbarligidagi xalq cholg’u asboblarini takomillashtirish laboratoriyasida bu soz ham takolmillashtirildi. Ichak pardalar o`rniga metaldan yasalgan pardalar o`rnatilda va dastaning uzunligi qisqartirildi. Xozirgi kunda 5–3 ichakdan va 2 ta misdan tortilgan torlardan iborat. Qashqar rubobi yakkaxon cholg’u sozi, xonanda qo`lida qo`shiqqa va raqsga jo`rsoz sifatida qo`llaniladi.
Ud – qadimiy o`zbek milliy asbobi bo`lib, yaqin yillarga qadar foidalanilmay kelingan edi. Uning 11 dona tori bo`lib, birinchi beshta tori juft va oxirgi oltinchisi yakka xolda bo`ladi. Simlari kanop (jilkadan) tortiladi. Darvesh Ali Changiy o`z risolalarida qonun sozi xaqida ma’lumotlar keltirgan.
Jarang torli cholg’u asboblar :
Chang – xalqimiz orasida keng tarqalgan cholg’u asbobi bo`lib, u trapetsiya shaklidagi tovushni kuchaytiruvchi quti ustiga ingichka qopqoq yopishtirilgan ko`rinishdan iborat. Korpusi uch yog’och oyoqchaga biriktirilgan. Asosiy o`rta oyoqchasiga pedal biriktirilib, ohang dinamikasini nazorat qiladi. Torlari metalldan ko`ndalang tortilgan chap tarafida metall shtifi mavjud. Maxsus kalit bilan torlar sozlanadi. Changning umumiy diapozoni kichik oktava solь tovushidan ikkinchi oktava solь diez tovushigachadir. Asosiy tovushqator 14 yakka tordan va yuqoridagi 13 ta uchtalik toridan iborat. Umumiy torlar soni 40 tani tashkil etadi. Chang tovushlari diatonik tartibda joylashgan bo`lib, ikkita bambukdan yasalgan cho`p bilan chalinadi. Changda tremalo, arpedjio, stakkato, pitstsekato, glissando kabi musiqiy bezaklarni mohirona ifodalash imkoni mavjud. Chang yakkaxon, ansambl, orkestr ijrolarida qo`llaniladi.
Musiqa asboblarining damli guruhi:

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə