O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………3



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə2/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
xamidjon

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………3
I BOB. MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA KENG TARQALGAN URMA-ZARBLI CHOLG’U ASBOBLAR GENEZISI
I.1. Sharq mutafakkirlari risolalarida urma-zarbli cholg’u asboblarining ijtimoiy hayotdagi o`rni borasidagi qarashlari………….….10
I.2. Temuriylar davri urma zarbli cholg’ular tarixidan………..……..16
Bob bo`yicha xulosalar…………………………………………………..20
II BOB. DOIRA CHOLG’USI OMMALASHSHINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI
II.1 O`rta Osiyo hududida keng tarqalgan cholg’u sozlar ohang jozibasining akustik imkoniyatlari.................................................................22
II.2. O`zbek milliy cholg’ularini takomillashtirish jarayonlari………28
Bob bo`yicha xulosalar……………………………………………….…39
III BOB. DOIRA CHOLG’USINING SADOLANISH IMKONIYATLARI
III.1. Milliy merosimiz namunalarida usul masalasiga doir………….41
III.2. Doira chilg’usining zamonaviy talqindagi sadolanish imkoniyatlari (falsafiy tahlil)………………………………………………...46
Bob bo`yicha xulosalar……………………………………………….…57
XULOSA………………………………………………………………...59
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati........................................................67
Ilovalar......................................................................................................73


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar, xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar, aholini, ayniqsa, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda, milliy qadriyatlar va an’analarni asrab avaylash va keng tag’rib etishda musiqa ta’limi va san’atining o`rni beqiyosdir.
Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor uning barcha sohalarini tubdan isloh qilishga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Hozirgi kunda xalqimiz orasida keng ommalashgan o`z davrining yetuk sozlaridan sanalgan doira o`zbek xalq cholg’usi ovoz va jarang-soz, usul imkoniyatlari yagona o`zgarishdan (rekonstruktsiya) istisni bo`lgan asbob xisoblanadi. Bu borada O`zbekiston xalq xofizi, professor Fattoxxon Mamadaliev o`zining “Musiqa ijrochilik masalalariga doir” risolasida asosli dalillarni keltirib o`tgan. Shu nuqtai nazardan mazkur magistrlik dissertatsiyasida O`zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida sohadagi tarixiy an’analarimizga tayangan xolda kasbga ixtisoslashtirilgan tor doira mutaxassislari, soha vakillarini ta’limiga e’tibor qaratish kabi say’-harakatlarning o`rni va rolini tadqiq etish o`zining dolzarbligi bilan ajralib turadi:
Birinchidan, O`zbekistonning milliy taraqqiyotida ma’naviyatning ustivorligiga tayanuvchi ijtimoiy-falsafiy kontseptsiya jamiyat rivojlanishida musiqiy madaniyat va cholg’u ijrochiligi san’atining o`ziga xos o`rnini belgilab beradi.
Ikkinchidan, soz ijrosidan olinadigan ma’naviy ozuqa shaxs kamolotining barcha bosqichlarida unga falsafiy, axloqiy, estetik g’oyalarni singdirishda, yuksak insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirish kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishda muhim ruhiy-emotsional omil bo`lib hizmat qiladi.
Uchinchidan, Vatan mustaqilligi yoshlarning o`z qobiliyati, iqtidori, iste’dodi va umuman erkin badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli ob’ektiv, subektiv sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois an’anaviy musiqa merosimiz bo`lmish o`zbek milliy cholg’u sozlarimizning o`rni va rolini jamiyatning ma’naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg’un holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu o`z navbatida, o`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni va istiqbollarini o`rganish masalasi ma’naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə