O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə9/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
xamidjon

Bob bo`yicha xulosalar
Hozirgi kunda xalqimiz orasida keng ommalashgan o`z davrining yetuk sozlaridan sanalgan bir qator o`zbek xalq cholg’u sozlari ovoz-jarang imkoniyatlarini tubdan isloh qilgan, takomillashtirgan. Afsuski bizning kunlarimizga kelib Farobiy nazariyasiga asoslangan asl sozshunoslik ilmi tobora haqiqatdan yiroqlashib bormoqda. Bu borada O`zbekiston xalq xofizi, professor Fattoxxon Mamadaliev o`zining “Musiqa ijrochilik masalalariga doir” risolasida asosli dalillarni keltirib o`tgan. Shu nuqtai nazardan magistrlik dissertatsiyasida O`zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida sohadagi tarixiy an’analarimizga tayangan xolda qasbga ixtisoslashtirilgan tor doira mutaxassislari, soha vakillarini ta’limiga e’tibor qaratish kabi say’-harakatlarning o`rni va rolini tadqiq etish o`zining dolzarbligi bilan ajralib turadi:
Birinchidan, O`zbekistonning milliy taraqqiyotida ma’naviyatning ustivorligiga tayanuvchi ijtimoiy-falsafiy kontseptsiya jamiyat rivojlanishida musiqiy madaniyat va cholg’u ijrochiligi san’atining o`ziga xos o`rnini belgilab beradi.
Ikkinchidan, soz ijrosidan olinadigan ma’naviy ozuqa shaxs kamolotining barcha bosqichlarida unga falsafiy, axloqiy, estetik g’oyalarni singdirishda, yuksak insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda, kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishda muhim ruhiy-emotsional omil bo`lib hizmat qiladi.
Uchinchidan, Vatan mustaqilligi yoshlarning o`z qobiliyati, iqtidori, iste’dodi va umuman erkin badiiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli ob’ektiv, subektiv sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Shu bois an’anaviy musiqa merosimiz bo`lmish o`zbek milliy cholg’u sozlarimizning o`rni va rolini jamiyatning ma’naviy yangilanishida va taraqqiyotining barcha sohalarida yuz berayotgan islohotlarni uyg’un holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu o`z navbatida, G’arb mamlakatlarida yo`lga qo`yilgan sozgarlik va sozlovchi mutaxassislarini kasbiy ihtisoslashtirish istiqbollarini o`rganish masalasi ma’naviy taraqqiyotning tarkibiy qismi sifatida maxsus tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə