O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə6/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
xamidjon

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati o`zbek milliy cholg`usi doira asbobining ijroviy imkoniyatlari rivojlantirishda ijtimoiy-falsafiy va pedagogik jihatlarini tadqiq qilinganligi, shuningdek, sozandalar tafakkurini shakllantirish va uni “sof soz” tushunchasiga ko`niktirish san’ati uslubi bilan bir qatorda an’anaviy ijrochilik maktabi asosida jamiyat ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri, xususan O`zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichidagi ahamiyatini chuqur anglab yetishga hizmat qilishi bilan belgilanadi. Ushbu fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga to`xtaldik:
- o`zbek mumtoz musiqa cholg’u madaniyatining xalqimiz tafakkurini shakllantirishdagi tutgan o`rni va roli nazariy jihatdan aniqlandi;
- o`zbek ustoz-shogird tizimi asosida rivojlangan sozgarlik sohasini diplomlashtirilgan vakolatli mutahassislar yetishtirish borasida milliy ijro uslubini shakllantirishdagi roli masalalari tadqiq etildi;
- o`zbek ijro san’atini yangi bosqichga olib chiqishda doira cholg`u ijrochiligi kasbining zarurati va bunda ustoz-shogird tizimiga asoslangan ijro maktabini san’at oliygohlari mavqeida takomillashtirish milliy mumtoz namunalarimizdan unumli foydalanish, xalqimiz ma’naviy dunyosining kamol topishlarida muhim omil bo`lishligi tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, unda o`z aksini topgan nazariy xulosa, taklif va tavsiyalaridan bo`lg’usi kompozitorlar, musiqashunos tadqiqotchilar, mumtoz musiqa va musiqa estetikasi bilan shug’ullanuvchi mutasaddi tashkilotlar, ijodiy uyushmalar faoliyatini rivojlantirishda tashabbuslarni tizimli asosda amalga oshirish ishlarini belgilashda amaliy ko`mak beradi.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 1 ta halqaro va 1 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza shaklida bayon etilgan va aprobatsiyadan o`tgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Tadqiqot mavzusi bo`yicha jami 2 ta maqola, jumladan, Xalqaro Oliy attestatsiyasi kommisiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya qilgan ilmiy nashrlarda 1 ta maqola (1 ta respublika, 1 ta xorijiy jurnallarda) chop etilgan.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə