O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim maassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga bog’liqligi



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə4/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
xamidjon

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim maassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga bog’liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Farg’ona davlat universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq “O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” mavzusi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. O`zbek xalq milliy cholg’u asbobi doira asbobining ijro imkoniyatlari, akademik musiqiy namunalardagi faoliyatini muayyan sohaga aylantirish hamda kasb egalarini diplomlashtirish ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Milliy yondashuv asosida milliy ohang paydo bo`lishida barcha ijro imkoniyatlarni xisobga olgan holda nota matniga solish ishini targ’ib qilishga bag’ishlangan tarixiy, ilmiy, sahnaviy va musiqiy adabiyotlar doirasini kengaytirib,tizimlashtirish;

  • musiqiy ijro talqinilarini qiyosiy tahlilini oydinlashtirish;

  • ustoz-shogird tizimida ijodiy ijroviy salohiyat egalari malakasi asosida ustoz-shogird an’analari negizida mavjud milliy ohang jozibasini saqlab qolish va ijro masalasiga ilmiy baho berish;

  • IX-XVIII asr O`rta Osiyo olim mutafakkirlari yaratgan qomusiy asarlarni tahlil qilish va mavjud bilim va malakani tugal bir tizimga tushurish. Ustoz-shogird an’analari ijro san’atining umumiy qonuniyatlari va badiiy tamoyillarini o`rganilishi asosida (davrning tarixiy va estetik qadriyatlari, manbashunoslik, musiqiy ijro, talqin an’analari) ijroviy talqinlarini amaliyot nuqtai nazardan asoslash;

Tadqiqotning ob’ekti sifatida mintaqamizda ustoz-shogird tizimi asosida ommalashgan doira cholg`usi soha vakillari faoliyati, o`qitish uslublari olindi va bir qator ustozlar faoliyati tahlil qilinadi.
Tadqiqotning predmeti sifatida o`zbek ohangshunoslik maktabi, ijrochilik uslubini IX-XXI asr musiqiy cholg’u sozlari zamirida jarang topib kelayotgan ohang hosil qilish masalalari talqini, rivoji va transformatsiyasi, o`rni va mavqei belgilandi.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə