O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustivor yo`nalishlariga mosligi



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə3/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
xamidjon

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustivor yo`nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo`llari” ustivor yo`nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
O`zbek xalqining musiqiy cholg’u sozlari ko`p asrlik san’at sohasi xisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasi g’oyalarini shakllantirishda o`zbek milliy san’atida doira cholg`usining ijro imkoniyatlarini kasbga ihtisoslashtirish muammolari bilan bog’liq tadqiqotlar o`rnini alohida qayd etish lozim. Hususan, Qadimgi Yunon (Pifagor ta’limoti), O`rta Osiyo (Ibn Sino1, Abu Nasr Farobiy2), Xitoy (Lyuy Bu-vey) tomonidan o`rganilgan. Ular asosan musiqiy tovush hususiyatini ijro talqini inson kamolotiga tas’sirini mantiqiy-psixologik va funktsional jixatlarini tahlil etishgan.
Mustaqil hamdo`stlik davlatlarida Rags Yuriy Nikolaevich3 , Garbuzov.I., A Bagarudof.V., Korsunskiy.B, Tagidenskiy.A.lar 4 tomonidan milliy sozlarning ohang imkoniyatlari atroflicha ilmiy, falsafiy-pedagogik muammolari tahlil qilingan5.
Keyingi yillarda milliy ohang namunalari va sozgarlik soha vakillari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari bo`lganligini alohida e’tirof etish mumkin. Ushbu masalani umumnazariy va metodologik hamda tarixiy jixatdan yoritishda D.F.Raxmatullaev6, mashhur usta sozgar T.Zufarov, san’atshunoslik fanlari doktorlari – A.Nazarov13, Avgust Eyxgorn, V.Leysik, A.I.Petrosyants7, M.Qodirov8 kabi olimlar tadqiqotlarini ham alohida ta’kidlab o`tish joiz.
Turli yillarda o`tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar to`plamlarida va boshqa ilmiy nashrlarda chop etilgan A.Saidov9, S.Djumaev10, T.Zufarov11, S.Begmatov12,O`.Toshmatov13 , M.Xolbekov22, Sh.O`ljanova14, Z.Sattarova va F.Sattarov15, M.Ali25, D.Azizova2161718, J.Bo`taev19 va Vыzgo T.S. 20 kabi olimlarning ilmiy izlanishlari shular jumlasidandir.
Ushbu izlanishlarda cholg`u ijrochiligi san’ati va ijro mahorati jarayonidagi o`rni va roli, tarixiy ahamiyati, ta’siri ostida shaxsning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi masalalariga o`rin berish zarurligi asoslangan. Shuningdek, musiqiy tomoshabin tafakkurining rivojlanishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini hamda yangilanish tendentsiyalarini pedagogika qonuniyatlariga bog’lab ijtimoiy-falsafiy o`rganishda A.I.Petrosyantsning xizmatlari kattadir21.
O`zbek kompozitorlik ijodiyotida yaratilgan durdona asarlarni ijroviy uslublari masalasi o`zbek milliy ijrochilik maktabi sohasida doira cholg`usi ijrosi hanuzgacha atroflicha o`rganilmaganligi va fanda tadqiq etilmaganligi magistrlik dissertsiyasi tadqiqot mavzusini belgilab, uni yozilishi qay darajada dolzarb ekanligini ayonlashtirdi.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda va unga asoslanib, ushbu tadqiqot mavzusini dissertatsiya ob’ekti sifatida tanlab olindi.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə