O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə7/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
xamidjon

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va asosiy atamalar ro`yxatidan iborat. Hajmi 80 betni tashkil etadi.


I BOB. MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA KENG TARQALGAN URMA-ZARBLI CHOLG’U ASBOBLAR GENEZISI
I.1. Sharq mutafakkirlari risolalarida urma-zarbli cholg’u asboblarining ijtimoiy hayotdagi o`rni borasidagi qarashlari
Qadimgi madaniyat o`choqlaridan biri – O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda boy va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlar tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab iste’losi davrida (VII –IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar ham kuydirilib, yo`qotilib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan.
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rs atishi natijasida arab xalifaligi hukumronligi ag’darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qator sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chiqqan olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Farobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi (“Ilmi musiqiy”) bo`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llaniladigan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi rol o`ynadilar. 22
Buyuk faylasuf olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Muhammad al-Farobiy (871-950) falsafa, mantiq, matematika va foshqa fanlar bo`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan va zamonasining eng yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa mantiq fanlaridan biri xisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya, va musiqa ilmlari kiradi. Farobiy musiqaga bag’ishlangan asarlarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Hozirgi zamon ilmiy nazarida qaraganda uning yaratgan entsiklopedik asarlari fizika, matematika, geografiya, astronomiya, musiqa nazariyasi kabi fanlar diapozonini o`zida mujassam etadi. Mutafakktir olim o`zining musiqa ilmiga bag’ishgab yaratgan “Kitabul-musiqiy al-Kabr”, “Kilamu fi-musiqiy”, “Kitabul-musiqiy”, “Kitabun fi-ix’sail-iqa’” asarlarida tovush, musiqiy tovush (nag’ma), uning turlari (Qavliy va fe’liy) va xususiyatlari, xosil qilish uslublarini atroflicha yoritib, O`rta Osiyo mintaqasida urf bo`lgan “ud” cholg’usi misolida amaliy-nazariy asoslab bergan.23
Abu Ali ibn Sino (980 -1037) buyuk faylasuf, tabiatshunos, mashxur tabib, shu bilan birga ajoyib musiqa nazariyachisi ham edi. SHarq xalqlari hayotiga ilk marotaba “musiqaterapiya” tushunchalarini olib kirgan ohangshunos ihtirochidir. Ibn Sinoning “Kitabush-shifa’”, “Donishnoma”, “Risalatun fi..ilmil musiqiy”, “Kitabun-najat” kitoblari musiqa ilmiga bag’ishlangan bo`lib, olim ushbu asarlarida asosan musiqiy ohang, aniqrog’i fe’liy musiqani sifati borasida muloxazalar yuritadi. Ibn Sinoning “Qonunu fit-tib” kitobida bir necha o`rinda musiqa asarlarini ruhiy kasalliklarga “shifo dasturi” sifatida tavsiya etiladi va uning shu kabi asarlarida musiqa nazariyasini sharhlab blohida bo`lim ajratiladi. Mutafakkir qonun va g’ijjak sozlarini mukammallashtirish borasida amaliy izlanishlar olib borganini manbalarda ko`rishimiz mumkin.24
Manbalarda sharh etilgan musiqaning nazariy masalalarini taqqoslab ko`rish shuni isborlaydiki, Ibn Sino o`zining musiqiy risolalarida Farobiyning musiqiy..nazari va musiqiy-estetik qarashlarini yanada rivojlantiradi va yuqori pog’onaga ko`taradi. Musiqashunos..mutaxassislar Ibn Sinoning jahon musiqasida birinchi bo`lib sof soz tizimini aniqlaganligini ko`rsatib o`tadilar.25
Al-Xorazmiy IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O`rta Osiyodan chiqqan buyuk qomischi olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiyning “Mafotihul-ulum”ni musiqaga bag’ishlangan qismi ham alohida o`rin tutadi. Xorazmiyning bu asari O`rta Osiyo xalqlari fan va madaniyati tarixini yoritishda muhim manbalardan biridir. Bu qomusning musiqaga doir qismida o`sha zamonlarda mavjud musiqa cholg’ulari to`liq tasvirlanadi va ularning har biri haqida mufassal ma’lumot beriladi.
Umuman Sharq olimlari dastlab musiqani ham falsafa fanlari ilmlaridan biri deb hisoblashgan, binobarin o`zlarining qomus tarxida yozilgan kitoblariga kiritganlar. Bunda ular shubhasiz musiqaning badiiy..estetik kuchi va ijtimoiy..tarbiyaviy rolini hisobga olgan edilar.
X-XVIII asr yozma manbalarida musiqa nazariyasi va amaliyotidagi eng muhim masalalar o`z ifodasini topgan. O`rta asr musiqa olimlari nazariy masalalarida ko`proq Farobiy, Ibn Sino asarlarida berilgan ta’rifni asos qilib olganlar. Musiqa nazariyasi so`nggi davrlarda yashab, ijod etgan musiqa olimlari.. Safiuddin Abdulmo`’min, Muhammad bin Mas’ud Sheroziy (XIII-XIV), Xo`ja Abdulqodir (XIVasr), Zaynulobiddin Husayniy, Abdurahmon Jomiy (XV asr) va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantirildi.
Safiuddin Urmaviy Ozarbayjon xalqining ulug’ olimi (Mahmud SHeroziyning aytishicha: “O`z zamonasida musiqa nazariyasi bo`yicha unga teng keladigan olim bo`lmagan...” Safiuddin Abdulmo`min Urmaviy (vafoti 1294y.) Sharq musiqa nazariyasi va amaliyotida yuksak darajali muvaffaqiyatlarga erishdi. U o`z mintaqadoshlari bergan “musiqa ilmi”ni yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. Uning “Risolatush-Sharafiya” va “Kitabul-advar” asarlari26 SHarq musiqasi taraqqiyoti tarixida alohida o`rin tutadi.
XIII asrning zabardast olimi Safiuddin Abdulmo`’min al-Urmaviy, al-Farobiyning nazariy mulohazalarini ba’zi masalalarda to`g’ri kelmasligini isbotlashga harakat qilgan edi. Bunday ixtiloflar musiqa akustikasi, musiqa tovushi (savt yoki nag’ma), ritm (iqo`) ta’rifida, ud asbobidagi ayrim pardalarning o`rnini aniqlashda va boshqa masalalarda o`z aksini topdi. Bunday ixtiloflarda qariyb, uch asrdan ko`proq davr musiqasining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan o`zgarishlar o`z aksini topdi.
O`zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga borib taqaladi. Xususan, O`rta Osiyo xududida ijrochilik san’atining paydo bo`lgan davridan to XIX asrning 60-yillarigacha taraqqiyoti xalq cholg'ularini uzoq o`tmishda paydo bo`lganligi, musiqada dastlab urma zarbli cholg'ular, damli cholg'ular, so`ngra torli-mizrobli va torli-kamonli musiqa cholg'ulari paydo bo`lganligi haqida tarixiy manbalardagi qolgan yozuv va devoriy rasmlardan anglash mumkin. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunda ham ma’naviy madaniyatimizning bir bo`lagi sifatida namoyon bo`lmoqda.
Cholg'u ijrochiligida doira san’ati o`ziga xos yetakchi o`rin tutadi. Bu cholg'u barcha cholg‘ular ichida uzoq tarixga egaligi va ijrochilik san’ati bilan ajralib turadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy davrlaridan boshlab qadimgi odam qadamlarining bir maromda yerga tashlanishi, ov yoki boshqa jamoa tadbirlaridagi takroriy harakatlar, qo`llarini-qo`llariga, badaniga urishdan paydo bo`luvchi sadolar, turli mehnat qurollari, buyumlar yoki toshlarning bir-biriga tegishidan kelib chiqadigan ritmik tovushlar —urma cholg‘ularning vujudga kelishiga sabab bo`lgan. Shuningdek, ritm-usul ibtidoiy inson hayotining markaziy unsuri bo`lib, u jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, uni borliq – tabiat va koinot bilan uyg‘unlashtiruvchi yagona vosita bo`lgan[1].
Eramizdan oldingi ikki minginchi yillikka oid Saymalitosh arxeologik qaziimalaridan topilgan tarixiy obidalarda doirasimon cholg'ularda ijro etayotgan sozandalar tasvirlangan. Bu esa doiraning qadim zamonlardayoq ijrochilik amaliyotida mavjud bo`lgan urma cholg'u ekanligini tasdiqlaydi.
Zarbli cholg'ularning asl ma’nosiga qarab ko`radigan bo`lsak, zarb arabcha - urmoq yoki urish degan ma’nolarni bildiradi va mazkur cholg'ularda asosan zarb bilan urish, barmoq bilan chertish, silkitish va boshqa harakatlar orqali tovush hosil qilinadi. O`zbek xalq cholg'ulari orasida urib chalinadigan asboblar guruhi kuyning o`ziga xos ritm qatorini tashkil etib, alohida o`rin egallaydi. Juda ko`p hollarda xalq kuylari urib chalinadigan asboblarning ritmlari asosida ijro etiladi.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko`ra jo`rnavoz zarbli soz sifatida ommalashgan doira ham o`zining rivojlanib kelayotgan milliy oxanglarga boy zarb va usullari bilan xalq orasida shuxrat qozongan.
“Zarbli cholg'ularda chalish barcha xalqlarda ham eng zavqli va zaruriy mashg'ulot bo`lib, bu haqda musulmon olamining buyuk faylasuf olimi Abu Homid G'azzoliy o`zining “Kimiyoi saodat” kitobining “Simoning (ba’zi) haromlig'i bayonida” faslida shunday deydi; — “Surud va rubob va chang va barbat va nay aroq birla bo`lsa haromdur. Chunki bu nimarsalar sharobxo`rlar odatidur. Har nimarsaki, ularga xosdur—haromdur. Chunki bular sharobni yodig'a keltirur va aning orzusini ziyoda qilur. Ammo tabla va daf chalmoq xarom emas. Agarchi salosil, ya’ni zanjirlari va qayrog'i bo`lsa ham. Chunki daf va tabla hyech asrda rad bo`lmabdurki, o`zga nag'malarga muni qiyos qilib bo`lmas. Hazrati Rasul s.a.v, huzurlarida daf chalibdurlar va to`y ma’rakada daf-doira chalmoqg‘a farmon qilibdurlar. Tabla chalmoq g'oziylar va hojilaming rasmidur”1. Bundan ko`rinib turibdiki, musulmon olamida boshqa cholg'ularga qaraganda, zarbli cholg'ulardan daf-doira va tabla chalish qo`llab-quwatlangan. Ayniqsa buni “Temur tuzuklari”dagi dalillardan ham bilishimiz mumkin[2].
0‘zbek harbiy zadogonlarining yuksak ma’rifatli vakili bo`lgan Amir Temur, musiqa san’atining muhim estetik ahamiyatini ma’naviy omil sifatida harbiy musiqa turlarini qo`shinlarning jangovarlik ruhiyatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta e’tibor bergan. U tarixda birinchi bo`lib, askarlarni jangovar bayroqlar va musiqa cholg'u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga kiritadi: “Amr qildimki, - deb yozadi “Tuzuklar”ida, — qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar - faxrii xitob, tug' va nog'ora berib, uni bahodir deb atasinlar”[2,36].
O`zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san’ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta’limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta’kidlash joiz. Shu sababli keyingi yillarda qo`shiqchilik san’ati va cholg'u ijrochiligi yangi bosqichga ko`tarildi. Ayniqsa, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi bu boradagi yutuqlar ko`lamini kengaytirib bormoqda.
Milliy musiqa san’atimizning muhim tarkibiy yo`nalishlaridan biri - doira cholg'u ijrochiligidir. Mazkur ijrochilik san'ati juda qadimiy tarixga ega va u hozirgi davr milliy musiqa ta’lim tizimimizda o`ziga xos o`quv jarayoni hisoblanadi. Doira cholg'u ijrochiligi bo`yicha bolalar musiqa va san’at maktablarining 1 - 5-sinflarida ta’lim beriladi. Unda cholg'u ijrochiligi asoslarini o`zlashtirish, malaka hosil qilish bilan tanishtirilib, yosh avlodni ma’naviy-estetik tarbiyalashga e’tibor qaratiladi. Abu Nasr Forobiy (X asr) “Kitob al- musiqa al-kabir” (Musiqa haqida kitob) asarida doira va doira asari bo`lgan usullar xaqida g'oyat qimmatli ma’lumotlar berib o`tgan. Safiuddin Urmaviy (XIII asr) “Kitob al-advor" (Musiqiy doiralar kitobi) asarida doira usullarining o`n ikki maqom musiqa ijrochiligida muhim o`rin tutishi to`g'risida fikr yuritgan. Abdurahmon Jomiy (XV asr) “Risolai musiqiy” (Musiqa risolasi) asarida doira usullari turlari haqida yozadi. Darvesh Ali Changiy-Buxoriy (XVII asr) “Risolai musiqiy” (Musiqa risolasi) asarida doira usullari va unig mashhur ijrochilari to`g'risida qimmatli ma’lumotlarni bergan. Bu noyob manbalar doira ijrochilik tarixini o`rganish uchun muhim hisoblanadi. V.Belyaev, T.Vizgo, A.Petrosyans, F.Karomatov, I.Rajabov kabi olimlarimizning tadqiqotlarida doira ijrochiligining nazaryasiga doir muayyan fikr muloxazalar bildirib o`tilgan.
Xarbiy kapelmeyster (xarbiy orkestr dirijyori) Avgust Eyxgorn (XIX asr) “O`zbeklar musiqasi” asarida doira usullarini nota yozuviga olishga uringan. Abdurauf Fitrat (XX asr) “O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida doira usullari, ularning xalq orasidagi ahamiyati va saroylarda ijro etilgan maqomlardagi o`mi to`g'risida juda qimmatli ma’lumotlarni keltirib o`tgan. A.Petrosyans (XX asr) “Doira ijro maktabi” asarida to`rt chiziqli doira usullari notasini asoslab bergan. Hozirda respublikadagi barcha musiqa maktablaridagi doira cholg’usi mutaxassislari shu to`rt chiziqli doira usullari nota yo`lida o`quvchilarga ta’lim berib kelmoqda.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda xulosa o`rnida shuni xotima qilishimiz mumkinki, Yangi O`zbekistonda barcha sohalar qatorida musiqa san’ati zamonaviy talablar asosida rivojlanib bormoqda. Bunda musiqa ta’limini berish tubdan yangilanganligini va uning sifat samaradorligi oshib borayotganligini ta’kidlash joiz. Shu sababli keyingi yillarda qo`shiqchilik san’ati va cholg'u ijrochiligi yangi bosqichga ko`tarildi.
Yangi davr doira cholg'u ijrochiligida individual ijro uslublari tarkib topdi, doira ijrosiga doir soha vakillari tomonidan ko`plab o`quv qo`llanmalar yaratilmoqda.
Faqat o`qib o`rganish, izlanish, ijod qilish, mashq va ustozlardan saboq olish bilangina doira ijrosi mahoratini egallash mumkin. Bugungi yosh doira ijrochisi shunchaki ijrochi emas, u salohiyatli va ijodkor shaxs bo`lishi lozimdir.



Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə