O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə5/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
xamidjon

Tadqiqotning usullari. Magistrlik dissertatsiyasi musiqiy-tarixiy yo`nalishda bajarilgani bois, tarixiy-protsessual, retrospektiv, qiyosiy, majmuaviy va tizimli usullar tadqiqotda qo`llanilgan. O`zbek milliy ustoz-shogird an’anasida rivoj topgan ijro mahorati masalalari ma’naviy meros va qadriyatlar kesimida ko`rib chiqilib, falsafiy, umumnazariy va umumestetik tahlillar asosida shakllangan nazariy-tahliliy va musiqiy-tanqidiy yondashuvlarga asoslangandir.
Dissertatsiyada analiz va sintez, tizimli tahlil, dialektik, tarixiylik, mantiqiylik, vorisiylik, qiyoslash, umumlashtirish kabi ilmiy bilish usullardan foydalanilgan. Shuningdek, Birinchi Prezident Islom Karimov va Prezident Shavkat Mirziyoevning asarlaridan o`rin olgan kontseptual qoida va nazariy-metodologik umumlashmalar tadqiqot ishining asosini tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- o`zbek milliy cholg`u ijrochiligi san’atini yangi bosqichga ko`tarish;
- jamiyatda ma’naviy muhit qaror topishining tarixiy va zamonaviy determinatlari (musiqiy makonda bilimlar generatsiyasiga ma’naviy, ma’rifiy, madaniy sohadagi o`zgarishlarning ta’siri) xalqimiz tafakkurini rivojlantirishning ob’ektiv omillari ekanligi ilmiy asoslangan.
Tadqiqotning ilmiy natijalari quyidagilardan iborat:
O`zbekistonda milliy cholg`ular ijrochilik maktabini rivojlantirishda ijtimoiy-falsafiy va pedagogik tadqiqi hamda ularning qadriyatli – ijodiy tafakkuri ilmiy tadqiqot jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi ko`rsatib berilgan.
O`zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida yaratilayotgan o`zbek cholg’u sozlari va ularning milliy talqini o`sib kelayotgan yosh avlodni har taraflama yetuk va barkamol bo`lib yetishishi hamda o`zbek cholg’u sozlarining ilk ovoz va ijro imkoniyatlarini saqlab qolishda sun’iy iqlimiy sharoitlarda foydalanish va o`zbek sozgarlik maktabini Jahonga ommalashtirish masalalari yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi respublika va halqaro miqyosdagi ilmiy konferentsiya materiallari to`plamlari, jurnallarda chop etilgan maqolalar, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgaligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə