O`zbek milliy san’atida doira cholg`usining o`rni” 70111301 – Musiqa ta’limi va san’at Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan



Yüklə 122,86 Kb.
səhifə12/26
tarix07.10.2023
ölçüsü122,86 Kb.
#126027
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
xamidjon

Dutor sozlanishi xususida:
Birinchi xil sozlash:
1 ip re birinchi oktava;
2 ip lya kichik oktava;


Ikkinchi xil sozlash:
1 ip re birinchi oktava;
2 ip sol kichik oktava;


Uchinchi xil sozlash:
(Bayot va Chorgoh sozi)
1 ip re birinchi oktava;
2 ip fa kichik oktava.
Kezi kelganda shuni aytib o`tish kerakki, asboblarni orkestrga moslashtirish, tanbur va dutorlar dastalariga qo`shimcha pardalarni qo`shishoqibatida biz yuqorida keltirilgan sozlashlar deyarli unutildi. Bayot va Chorgox sozlarini yo`qolib ketishi sabablaridan yana biri past ovozli xonandalar o`z ovozlariga moslashtirgan holda bosh pardadan (re birinchi oktava) Bayot va Chorgohlarni ijro etmoqdalar. Ayrim nota to`plamlarida ham shunday yozilib chop ettirilgan.
G’ijjak cholg’usi muammolari
Har bir cholg’u asbobining o`z ko`rinishi bor. SHu bilan birga shakli har xildir. Ammo sim, ipak, kapron iplar tortilib chalinadigan cholg’u asboblarning bir xususiyati bor. U ham bo`lsa sozning unsurlaridan har qaysisi o`zining ma’lum joyiga qo`yilsa to`g’ri chiqadi. Masalan, tanbur, dutor, chang, rubob, ud, qonun, qo`biz, skripka. SHuningdek, Eron va Ozarbayjon cholg’ularida ham shunday. Ammo g’ijjak ilgari uchta simga ega bo`lib, to`g’ri harrak qiyshaytirib qo`yildi. Buning oqibatida pardalar oralig’i simlarda bir biridan farqlanib, ya’ni har xil bo`lib qoldi. Undan tashqari g’arbiycha skripka cholg’usiga moslab sozlash boshlandi. Ya’ni, o`zbek milliy cholg’u hususiyatlaridan ba’zi birlari yo`qoldi. Bu ayrim asarlarni ijro etilishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Masalan, bizningcha, shirali notalarni ishlatish, simlarni qo`shib chalishlar, afsus yo`qolib ketdi.
Chang cholg’usi muammolari
Chang cholg’usidagi bo`lgan “fa” va “si” tovushi pardalaridan tashqariga yarim pardalar sho`rolar davrida kiritila boshlandi. Buning oqibatida, nazarimizda, o`zbekning chang degan sozi qandaydir g’ayri milliy sozga aylandi. Undan chiqadigan nola mutlaqo yo`q bo`ldi, milliy tarixiy sozlanishi ham yo`qolib ketdi. Misol qilib ustoz changchilardan Izboskan tumanidagi Paytug’ qishlog’ida XIX asrda yashab o`tgan mashhur sozanda Dorup Cho`loqni asos qilib olamiz. Bu katta ustoz chang sozidan tashqari dutorda, uch simli g’ijjakda, tanburda ham (uch simli bo`lgani sababli forsiy xalqlar tomonidan mazmunan to`g’ri yondashilib, “setor” deb yuritilgan) chalgan. Ko`rsatilgan sozlarning katta bilimdoni bo`lgan usta Doripdan so`ng esa XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab o`tgan andijonlik Yoqubjon changchi ham milliy changda mohirona chalgan mashhur ustozlardan hisoblanadi.
Fikrimizni yakunlash uchun yana bir ma’lumot beramiz. Shahrixon shahrining O`rta Shahrixon tumanida istiqomat qilgan Sobirjon Hudoyberdiev ismli changchi qatag’on yillari Ukrainaga surgun qilingan edi. U bilan ozodlikka chiqqandan keyin, ya’ni 1947 yilda, o`z Vataniga qaytib kelganda uchrashdik. Bu sozanda rosmana milliy uslubda chaladigan changchi bo`lib, xalq musiqiy uslubida chalinadigan changchi bo`lib, xalq badiiy musiqiy ansambllarida jo`rnavozlik qilgan deydi mohir ustoz.

Yüklə 122,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə