O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix05.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#125398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 5149 uzsmart.uz

Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi 
Leningrad fonologik maktabi asoschisi Boduen de Kurtenening shogirdi 
L.V.Shcherbadir. U Boduen de Kurteneniig fonema so‘z va morfemalarni 
farqlovchi belgi ekani haqidagi ta’limotini rivojlantirdi. L.V.Shcherba «Sifat va 
miqdor nuqtai nazaridan rus unlilari» (1912) asarida fonemaga bergan ta’rifidayoq, 


psixologizmdan xoli bo‘lmasa ham, fonemaning funksional tomoniga e’tibor 
sezilib turadi. Olimning fikricha, fonema so‘zning fonetik sostavini buzmagan 
holda 
ajratish 
mumkin 
bo‘lgan, 
farqlash va 
ma’no tasavvuri bilan 
assotsiatsiyalanish imkoniyatiga ega ma’lum bir tilning umumiy tovush 
tasavvuridir.
1
L.V.Shcherba keyinchalik fonemaning funksional tomoniga, ya’ni ma’no 
farqlash xususiyatiga asosiy e’tiborini qaratdi va psixologik talqindan xalos bo‘ldi. 
Jumladan, «Fransuz tili fonetikasi» asarida fonemaga sof funksional tomondan – 
so‘z va uning shakllardan farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlar tipi sifatida 
yondashadi.
2
U fonemani ajratish uchun tovushning artikulyatsion-akustik 
xususiyati emas, balki ma’no farqlash xususiyati muhim belgi ekanini ta’kidlaydi. 
Masalan, so‘roq yuklamasi 
a
turlicha akustik-artikulyatsion xususiyatga ega 
bo‘lishi (baland, past, cho‘ziq
 
yoki tez va h.k.) mumkin. Ammo lingvistik nuqtai 
nazardan ular bir yuklama, bir tovush tipidir.
Shunday qilib

akustik-artikulyatsion jihatdan turlicha tovushlar bir umumiy 
belgisi bilan tiplarga birlashadi va shu umumiy belgisi bilan boshqa shunday 
tovush tiplaridan ajralib turadi. L.Shcherba fikricha, ana shunday umumiy belgi 
ma’no farqlash xususiyatidir. Demak, har bir fonema boshqa fonemadan ma’no 
farqlash xususiyati orqali ajratiladi. Natijada har bir tilning barcha fonemalari 
qarama-qarshiliklar sistemasini hosil qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, L.V.Shcherbaning fonologiya konsensiyasida fonemaning 
so‘z yoki morfemalarning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan farqlovchi 
belgisi asosiy o‘rin egallaydi. 
L.V.Shcherba fonologik nazariyasining ikkinchi eng muhim tomoni fonema 
ottenkalari haqidagi ta’limotdir. Uning fikricha, umumiy (fonema)ning talaffuz 
qilingan real ko‘rinishlari ottenkalardir. Boshqacha aytganda, nutqdagi barcha real 
talaffuz qilinuvchi tovushlar ottenka hisoblanadi. Demak, fonema va uning 
ottenkalarn o‘rtasidagi munosabat ikki bosqich munosabatidir: abstrakt bosqich 
(fonema), konkret bosqich (ottenka). 
L.V.Shcherba ottenkalarni ham tasniflaydi. Fonemaning ottenkalari ichida 
bittasi turli sabablarga ko‘ra shu fonema uchun tipik bo‘ladi. Alohida talaffuz 
qilingan ottenka ana shunday tipik ottenka hisoblanadi va faqat shu ottenka real 
nutqiy element sifatida tilga olinadi. Boshqa ottenkalar esa tipik ottenkaga nisbatan 
turlicha talaffuz qilinadi. Ularni o‘rganish uchun maxsus «eshitish ko‘nikmasi» 
kerak. Masalan, o‘zbek tilidagi 
i
fonemasi til orqa
 
tovushlardan keyin kelib (qil, 
g‘ir-g‘ir) til orqa 
ы
holida, lab unlilaridan keyin kelib (tug‘il) 
u
holida, birinchi 
bo‘g‘inda kelib (bir, ich, sira) bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi. Ammo mazkur 
ottenkalar bir «i» fonemasining ma’lum sharoitga muvofiqlashgan turli vakillaridir. 
Boshqa ottenkalar akustik va artikulyatsion tomondan tubdan farq qilishi mumkin.
Ularni birlashtirib turadigan belgi nima? Mazkur belgini L.V.Shcherba bir 
sharoitda biri o‘rnida ikkinchisi kelolmaslik belgisi hisoblaydi. Amerika 
tilshunosligi maktabida bu belgi qo‘shimcha distributsiya deb yuritiladi. Masalan, 
1
Щчерба Л.В. Русские гласние в качественном и количественном отношении. – СПб, 1912. – С.14. 
2
Щчерба Л.В. Фонетика французского языка. Изд. 7-е. – М., 1963. 


yuqorida keltirilgan 
qil, g‘ir-g‘ir, biroq, sira
kabi so‘zlar tarkibidagi «i» 
fonemasining vakillari o‘rnida boshqasini qo‘llash mumkin bo‘lsa, ular boshqa-
boshqa fonemaning vakillari hisoblanadi. Masalan, 
qil, kul, qo‘l, qol, kal, kel
va 
h.k.
Bulardan dastlabki to‘rttasida unlilar biri o‘rnida ikkinchisi kelib ma’no 
farqlash funksiyasini bajarsa, keyingi ikkitasida qo‘shimcha distributsiya 
munosabatidagi unli ma’nosiz tovush birikmasini hosil qilyapti.
Ma’nosiz tovush birikmasida ham «e» va «a» boshqa, barcha unlilarga 
qarama-qarshi qo‘yilgani uchun mustaqil fonema hisoblanadi. Agar 
qil 
so‘zi 
tarkibidagi «
i
»ning fonetik sharoitini o‘zgartirsak: yo birinchi undoshni, yoki 
oxirgi undoshni boshqasiga almashtirsak (
bil, til, sil, chil, xil, kil shil; qis, qir, qish, 
qil, qiz
va h.k.), akustik-artikulyatsion tomondan turli sifatga ega bo‘lsa-da, ammo 
biri fonemasining vakillari sifatida «eshitiladi». 
Shunday qilib, fonema, bir tomondan, barcha ottenkalarning umumlashmasi, 
ikkinchi tomondan, har qaysisi konkret hollarda mazkur fonemaning vakili 
hisoblanadi. Fonema ottenkalari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ottenkalar 
guruhi (fonema) esa boshqa ottenkalar guruhi (fonema)ga qarama-qarshi qo‘yiladi. 
Natijada L.V.Shcherba fonemani qisqacha qilib «konkret vaziyatda ottenkalar 
sifatida namoyon bo‘ladigan umumlashmadir»
1
deb izohlaydi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, fonema qarama-qarshi qo‘yish asosida aniqlanadi. 
Qarama-qarshi munosabatda bo‘luvchi ikki minimal birlik qarama-qarshi a’zolar 
hisoblanadi. O‘zaro qarama-qarshi munosabatda bo‘lgan fonemalar bir qator 
belgilarga ega, shu belgilardan bittasi qarama-qarshi munosabatga kiruvchi 
fonemalarning biri uchun farqlovchi (differensial), boshqalari farqlamaydigan 
(nodifferensial yoki irrelevant) belgi hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi 
t
undoshi til oldilik,. jarangsizlik, portlovchilik, burun tovushi emaslik, 
lablashmaganlik kabi belgilarga ega bo‘lib, bulardagi dastlabki uch belgisi 
farqlovchi, keyingi ikki belgisi farqlovchi bo‘lmagan belgilar sanaladi. Chunki 
o‘zbek tilida t undoshi o‘rnida shu keyingi ikki belgiga ko‘ra oppozitsiyaga 
kirishadigan undosh qo‘llanilmaydi. 
Tilning barcha fonemalari ma’lum farqlovchi belgilarga ko‘ra guruhlanadi va 
shu tilning fonemalari sistemasini tashkil etadigan korrelyativ qatorlarni hosil 
qiladi. Masalan, o‘zbek tilida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra jarangli va 
jarangsiz undoshlar korrelyativ qatorlarni hosil qiladi. Masalan, p-b, t-d, s-z, k-g, 
q-g‘, ch-j va h.k. Shu bilan birga, korrelyativ qatorni hosil etmaydigan alohida 
qarama-qarshi qo‘yish, ya’ni ajratilgan oppozitsiya ham uchrashi mumkin. 
Masalan, o‘zbek tilida «x», «h» undoshlarining jarangli-jarangsizlikka ko‘ra 
korrelyativ qatori yo‘q

Chunki ularning jarangli ziddi mavjudmas. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə