O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix05.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#125398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 5149 uzsmart.uz

Fonologiya birligi 
Fonologiyaning birligi fonemalardir. Fonema – so‘z va morfemalarni 
shakllantiradigan va ularning ma’nolarinn farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa 
1
Ф де Сессюр. Труды по общему языкознанию. – М., 1977. – С.70. 
2
Щчерба Л.В. Очередные проблеми языковедения // Изв. АН СССР, Отд. лит-рн. и яз. Т.IV. 1945. 
Вып.5. – С.185 – 186. Аванесов Р.И. Кўрсатилган асар. – С.21. 
3
Аванесов Р.И. Русская литературная и диалектная фонетика – М., 1974. – С.21. 


mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. 
Fonemalar haqidagi ta’limot fonologiyadir. Fonologiya ma’lum bir tildagi 
fonemalar sistemasini, ularning farqlash belgilarini o‘rganadi. 
Fonema termini hozirgi tilshunoslikda qat’iy
 
o‘rin olgan bo‘lsa-da, ammo 
uning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik 
tovush birligi ekani haqidagi dastlabki ma’lumot I.A.Boduen de Kurtenega 
mansubdir. Lekin bungacha Sharq tilshunosligida, garchi fonema termini bilan 
nomlanmagan bo‘lsa ham, lekin ma’no farqlash uchun xizmat qiladigai eng kichik 
tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud edi. Hind tilshunoslari, turkiyshunoslar, 
xususan, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar 
tovushning ma’no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar.
Fonema termini tilshunoslikka Boduen tomonidan kiritildi. Boduen 1870 
yildagi «XIX asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik 
dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik-morfologik birlik 
sifatida talqin etadi.
Boduen de Kurtenening fonema haqidagi mazkur konsepsiyasi ayni shu holda 
uning shogirdi N.V.Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi. I.A.Boduen de 
Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‘zgarib bordi. Xususan, «Slavyan 
tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari» (1981) asarida fonemani, bir 
tomondan, «so‘zning fonetik bo‘linmas qismi» hisoblasa, iikinchi tomondan
morfemalar tarkibidagi tovush o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda 
boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tovushlarginamas, balki morfema yoki 
so‘zning tarkibida bo‘lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq 
tovushlar ham fonema bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, 
vraщat, vorotit
so‘zlaridagi 
«ra»
va 
«oro»
tovushlari bir morfema doirasida bir butun holda 
almashinadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik 
birlik sifatida qarashini namoyish etdi.
Shu bilan birga, xuddi shu yerning o‘zida fonemaning quyidagi ikki farqli 
tomoni borligini ham ko‘rsatadi: 1) antropofonik (ya’ni akustik-artikulyatsion) 
xususiyatlarning oddiy umumlashmasi, morfemaning harakatlanuvchi komponenti 
va ma’lum morfologik kategoriya belgisi. Shunday qilib, Boduen de Kurtene 
fonemaning morfologik aspektdan farq qiladigan antropofonik aspekti ham 
borligini e’tirof etdi.
Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga 
psixologik nuqtai nazardan yondashdi. Xususan, «Tilshunoslikka kirish» (1917) 
asarida «inson psixikasidagi tovush haqidagi tasavvur» fonema hisoblanadi. 
Hozirgi kunda Rossiyada ikki fonologik maktab mavjud. Har ikki maktab 
vakillari Boduen de Kurtenening fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə