O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

sinonim iboralar 

(frazeologik sinonimlar)

 deyiladi. Masalan, 



yaxshi ko„rmoq – ko„ngil bermoq; 

dimog„i shishdi – burni ko„tarildi; 

 Frazeologik  sinonimlar  bir-birlaridan  ma‟no  qirralariga  ko„ra  farq  qiladi. 

Masalan

:  yer  bilan  yakson  bo„lmoq  –  yer  bilan  yakson  qilmoq

  iborasi 



kulini 

ko„kka  sovurmoq  –  kuli  ko„kka  sovurildi

  iborasi  bilan  sinonim,  ayni  bir 

ma‟noni  anglatadi  (butunlay  yemirmoq,  yo„q  qilmoq).  Bu  sinonimlar  boshqa 



 

14 


belgi-xususiyatlaridan qat‟iy nazar ma‟no qirrasida farq qiladi. Ikkinchisida ma‟no 

bir qadar kuchli.



 

Frazeologik sinonimlarni belgilashda ular asosida boshqa-boshqa obrazning 

yotishi ham hisobga olinadi. Masalan

, bir og„iz; bir shingil; bir chimdim

 sinonim 

iboralar asosida har xil obrazlar yotadi: so„zlash organi; bir bosh uzumning qismi; 

chimdib olinadigan miqdor.



 

Sinonim  iboralarni  bir  iboraning  variantlaridan  ajratish  lozim.  Buning 

uchun  iboralarning  so„z-komponentlariga  diqqat  qilish  kerak.  Leksik  tarkibida 

ayni  bir  so„z-komponent  qatnashmaydigan  iboralarning  sinonim  ekani  shubha 

tug„dirmaydi. Masalan, “butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha ”  ma‟nosini 

anglatadigan 



ipidan  ignasigacha,  miridan  sirigacha,  qilidan  quyrug„igacha

  

iboralari o„zaro sinonim bo„lib, ular tarkibida umumiy so„z komponent yo„q . 



Sinonim  iboralar  leksik  tarkibida  biror  komponent    ayni  bir  so„z  bilan 

ifodalangan  bo„lishi  mumkin.  Ammo  bunda  iboralar  tarkibidagi  boshqa-  boshqa 

so„z bilan ifodalangan komponentlar o„zaro sinonim bo„lmasligi  shart. Aks holda 

bir  iboraning  variantlariga  teng  bo„ladi.  Masalan, 



jonini  hovuchlab 

va 


yuragini 

hovuchlab

  –  sinonim  iboralar:  birinchi  leksik  komponenti  ayni  bir  so„z  bilan 

ifodalangan,  ikkinchi  leksik  komponenti  esa        boshqa-  boshqa  so„z  bilan 

ifodalangan va bular o„zaro sinonim emas. 

Sinonimik munosabatda qatnashuvchi (bir sinonimiya uyasiga birlashuvchi) 

iboralarning miqdori ham har xil: ko„pchilik uyalar ikki sinonimli; uch sinonimli 

uyalar  ham  anchagina;  to„rt  iborani  birlashtiruvchi  uya  ham  bor.  Masalan, 

“ta‟zirini yemoq” iborasi qatnashadigan uya ikki sinonimdan,  “bir yostiqqa bosh 

qo„ymoq”  iborasi  qatnashadigan  uya  uch    sinonimdan,  “esiga  tushmoq”  iborasi 

qatnashadigan uya to„rt sinonimdan iborat. 

Agar  bir  so„z  bilan  bir  ibora  sinonim  bo„lsa    leksik  –  frazeologik  sinonim 

deyiladi. 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə