O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

2.

 

Orfoepiya me‟yorlari va nutq o„stirish. 

So„z,  ibora  va  morfemalar  hamda  nutq  tovushlarining  aytilishi  hozirgi 

o„zbek  adabiy  tilida  talaffuz  deb  yuritiladi.  Adabiy  talaffuzning  normalarini 

belgilab beruvchi qoidalar to„plami esa orfoepiya deyiladi. 




 

21 


O„quvchilar  nutqini  orfoepiya  me‟yorlari  orqali  o„stirishda  quyidagilarga 

alohida e‟tibor berish kerak. 

1.

 

O„quvchilarning  nutqini  o„stirishda,  ularning  so„z  boyligini  oshirib, 



fikr doirasini kengaytirishda kitob o„qish, ayniqsa  badiiy adabiyotlar o„qishga jalb 

etish  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  o„zbek  adabiyotining  eng  yaxshi 

namunalari, asosan, adabiy til normalariga amal qilib yoziladi. 

2.

 



Adabiy    talaffuzni  o„quvchilarga  har  bir  darsda  o„tiladigan 

grammatik,  orfografik  va  punktuatsion  qoidalarga  bog„lab  izchillik  bilan  o„rgata 

borish. 

3.

 



O„quvchi  nutqidagi  adabiy  tilga  xos  bo„lmagan  faktlarni  to„plab, 

bularning  adabiy  til  me‟yorlariga  to„g„ri  kelmasligini,  hamma  uchun  tushunarli 

emasligini, qo„llash noqulayligini aniq misollar bilan ko„rsata borish. 

4.

 



Aytilishi  va  yozilishi  farq  qiladigan  so„zlarni  o„z  ichiga  olga  matn 

ustida  ishlash  ham  foydalidir.  Bu  bilan  o„quvchilarning  ham  orfoepik,  ham 

orfografik qoidalarni mustahkam o„zlashtirishga imkon beradi. 

5.

 



Maktab 

o„quvchilariga 

orfoepiya 

me‟yorlarini 

singdirishda 

shuningdek  jamoa  tarzda radio  tinglash, telivozor  ekranidan  maxsus  telefilmlarni 

tomosha  qilish,  badiy  so„z  ustalarining  nutqlarini  radio  yoki  magnitafon  orqali 

eshitish  muhim  vositalardan  sanaladi.  Bunda  ko„rish  va  eshitishdan  kifoyalanib 

qolmay,  o„quvchilarni  munozara  qilishga  odatlantirish  kerak,  bu  bilan 

o„quvchining nutqi ham, mustaqil fikr yuritish qobiliyati ham o„sa boradi. 

6.

 

She‟r  va  prozaik  parchalarni  yodlatish  nutq  o„stirish  vositalaridan 



biridir. Bu ishda o„qituvchidan  masalaga metodik to„g„ri yondashish talab etiladi. 

 

 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə