O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

4.

 

Grammatika va nutq o„stirish. 

Tilshunoslikning  grammatika  bo„limi  ham  o„quvchilar  nutqini  o„stiruvchi 

muhim  vositalardan  biri  sanaladi.  Grammatika  morfologiya  va  sintaksis 



 

24 


bo„limlaridan  iborat.  Masalan,  morfologiya  bo„limini  o„rganayotganimizda  so„z 

turkumlari  haqida  berilgan  umumiy  ma‟lumot  o„quvchilarning  so„zlarni  ma‟no 

jihatdan farqlashlariga (ko„k – osmon, ko„k – rang ) imkon beradi, ular turlovchi 

va  tuslovchi  qo„shimchalarni  to„g„ri  ishlatishga  o„rganadilar.  Shuningdek  so„z 

turkumlarini  o„tishda  adabiy  til  va  sheva  qiyoslangan  jadvallardan  foydalansak 

o„quvchilarning nutqi yanada boyiydi.Masalan, 

 

           Adabiy til 



         Shevalarda 

      narvon 

      sigir 

      sabzi 

      qovoq 

     shoti 

    siyir, inak 

    gashir 

    kadi 

 

Grammatikaning  sintaksis  bo„limi  ham  nutq  o„stirish  malakalarini 



tarbiyalashda judayam boy material beradi. 

O„quvchilarga  dastlab  gap  haqida  umumiy  ma‟lumot  berishdan  nutq 

o„stirish  maqsadi  amalga  oshirila  boshlaydi.  Bunda,  avvalo,  biz  gapning  nisbiy 

tugallangan  fikr  bildirishini,  tugallangan  fikr  bir  so„zlar  vositasida  ham 

ifodalanishini,  buning  uchun  gaplarni  tegishli  intonatsiya  bilan  o„qish  zarur 

ekanligini o„rgatishimiz lozim. Shuningdek, o„quvchilarga logik urg„u haqida ham 

tushuncha  berishimiz    kerak.  Chunki  logik  urg„u  fikrni  ko„proq  nimaga 

qaratilganini aniqlab beradi. 

Nutqimizda tuzayotgan gaplarimiz so„zlardan tashkil topadi. Har bir gapda 

soz‟larning o„z o„rni va tartibi bor. Agar ana shu tartib buzilsa, fikr anglashilmay 

qoladi  yoki  gap  bo„laklarining  sintaktik  funksiyasi  o„zgarib  ketadi.  Masalan



qushlar,

 

sayroqi  sayrayapdi  bog„da

  shaklida  so„zlar  joylashtirilsa,  fikrni  yaxshi 

anglab  bo„lmaydi.  Bu  o„rinda  quyidagi  tartib  kerak. 



Bog„da  sayroqi  qushlar 

sayrayapti

.  Yana  shuningdek 



qizil  olma

  deyilganda 



qizil-

aniqlovchi, 



olma  –

aniqlanmish  bo„lsa, 



olma  qizil

  tartibi  qo„llanganda 



olma

-ega  , 


qizil

-  kesim 

vazifasini bajaradi. Chunki ikkinchi gapda, nisbiy tugallangan ohang hamda nisbiy 



 

25 


tugallangan  ma‟no  anglashilmoqda.  Bundan  ko„rinib  turibdiki,  gapda  so„zlarning 

tartibini  yaxshi  bilish  nutqni  to„g„ri  qurish  asosidir.  So„zlarni  o„z  tartibi  bilan 

ishlata bilgan o„quvchining fikri ham, nutqi ham aniq, ravon bo„ladi. 

Fikrning  ravon,  ifodali,  ta‟sirliligi  va  badiiyligi  uchun  faqat  ega  va 

kesimgina  emas,  balki  nutqda  ikkinchi  darajali  bo„laklarni  ishlatish  ham  zarur. 

Buning  uchun  o„qituvchi  o„quvchilarga  har  bir  gap  bo„lagi,  uning  ifodalanishi 

haqidagi  grammatik  qoidalarni  puxta  tushuntirish  bilan  ularni  o„z  nutqini  ifodali 

bayon qilishga o„rgatish kerak. 

Qo„shma gap va uning turlarini o„tishda o„quvchilar nutqini o„stirish uchun 

quyidagi mashqlarni bajartirish mumkin. 

1.

 

Berilgan sodda gaplardan qo„shma gap tuzish. 



2.

 

Bog„langan qo„shma gapni ergash gapli qo„shma gapga aylantirish. 



3.

 

Ergash gapli qo„shma gapni bog„langan qo„shma gapga aylantirish. 



4.

 

Ergash  gapli  qo„shma  gapni  sodda  gapga  va  yoyiq  sodda  gapni 



qo„shma gapga aylantirish. 

5.

 



Ko„chirma  gapni  o„zlashtirma  gapga  aylantirish.  Bu  gaplarda 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə