O`zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi


 Orfografiya va nutq o„stirish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix23.04.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#85913
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
iboralar otish orqali oquvchilarning nutqini ostirish metodikasi

3. Orfografiya va nutq o„stirish  

Orfografiya  va  nutq  rejimi  ham  maktab  ma‟muriyati  va  o„qituvchilar 

jamoasi tomonidan o„quvchilarning savodxonligini oshiruvchi, ularning yozma va 

og„zaki nutqini o„stirishda amalga oshiriladigan vosita hisoblanadi.



 

Orfografiya  va  nutq  rejimi  talablariga  to„la  javob  berish  uchun  avvalo  har 

bir o„qituvchi nutq madaniyatini  yuksak  darajada  egallagan bo„lishi  shart. Uning 



 

22 


nutqi  mazmunli,  ravon  va  sistemali  adabiy  til  normalari  asosida  bo„lishi  lozim. 

O„qituvchining  nutqi  namunali  bo„lishi  kerak.  Bu  o„qituvchiga  taqlid  qilishga 

moyil bo„lgan o„quvchilarning nutqini o„stirishda muhim omildir. 

Ikkinchidan,  har  bir  o„qituvchi  qaysi  fanni  o„qitishidan  qat‟iy  nazar 

o„quvchilarning o„z fikrlarini adabiy tilda qaydarajada ifodalay olishini sinchiklab 

kuzatishi, uning nutqidagi kamchiliklarni, dialektal xatolarni tuzatib borishi lozim. 

Bularning hammasi ham yozma, ham og„zaki nutqqa oiddir. 

Maktabda  orfografiya  bo„yicha  o„quvchilar  nutqini  o„stirishda  darsda 

barcha  fanlardagi  daftarlari  orfografik  va  punktuatsion  talablarga  hamda  chiroyli 

yozuv qoidalariga to„la amal qilgan holda yozishini, “Imlo lug„ati”dan muntazam 

foydalanishini  o„qitivchi  tekshirib  borishi  zarur.  Shuningdek,  devorlarga  osib 

qo„yiladigan  jadval,  turli  e‟lon  va  ro„yxatlar,  plakat  va  rejalar,  shiorlar  va 

chaqiriqlarni  orfografik-punktuatsion  va  stilistik  jihatdan  savodli  yozilishiga 

alohida  e‟tabor  berish  kerak.Chunki  orfografiya  me‟yorlari  va  qoidalari 

o„quvchilarning yozma nutqini o„stiruvchi vositalardan biri hisoblanadi. 

Orfoepiyada  og„zaki  nutqqa  e‟tibor  berilsa,  orfografiya  esa  yozma  nutq 

mahsulidir. 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə