Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”


II BOB. TEGLANGAN KORPUS TUZILISHI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə21/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

II BOB. TEGLANGAN KORPUS TUZILISHI.


I.3-§. Teglangan korpus yordamida soʻzlarni morfologik hamda sintaktik tahlil qilish

Biz avvalgi boʻlimlarda oʻzbek tilshunosligidagi grammatika boʻlimi oʻz ichiga olgan ikkita boʻlim: morfologiya va sintaksis bilan qisqacha tanishdik. Qilinayotgan ish mohiyati oʻlaroq, morfologik hamda sintaktik tahlil uchun ishlab chiqilgan teglar roʻyxati va ularning qay tarzda ishlatilishini batafsil oʻrgandik. Soʻz va gaplarning qaysi turkum bilan ifodalanishini, unlarni bogʻlovchi yoramchi vositalarni oʻrgandik. Endi esa bu boʻlimda teglash jarayonining qay tarzda bajarilishini, texnik jarayonlarni koʻrib oʻtamiz.


Teglashni amalga oshirishda eng asosiy qilinadigan ish morfologik yoki sintaktik teg turiga qarab har bir soʻz yoki boʻlak izidan maxsus teglar qoʻyilib chiqilishi hisoblanadi. Soʻzdan soʻng slash belgisi (/) qoʻyilib, unga mos teg biriktiriladi. Shu oʻrinda bir narsani ta’kidlab oʻtishimiz joizki, ushbu ishni qoʻlda amalga oshirish nihoyatda murakkab va koʻp vaqtni oʻz ichiga oluvchi jarayonligi ma’lum boʻldi. Bizningcha, bu ish agar bir guruh oʻz ishining mutaxassislari boʻlgan tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilsa, oʻzining yuqori samarasini berishi mumkin.
Shu oʻrinda bir narsani ta’kidlab oʻtishimiz lozim. Oʻzbek tilida har doim ham soʻz turkumi yoki gap boʻlagi bitta soʻz shakli orqali ifodalanmasligi mumkin. Masalan: Markaziy Osiyoda shakar mahsulotlari yetishmovchiligi boʻlmasligi e’lon qilindi. Ushbu gapda Markaziy Osiyo soʻzi murakkab birikma bilan, kesim esa e’lon qilindi degan qoʻshma fe’l orqali ifoda qilinyapti. Bizning ishlab chiqilgan sayt esa soʻzlarni alohida tahlil qilishga moslashgan. Ushbu holatning oldini olish maqsadida biz teglarni biriktirish usulini ishlab chiqdik. Ushbu jarayon holatini yuqoridagi gap tahlili misolida koʻrib chiqishimiz mumkin. Gapda ega vazifasini
shakar mahsulotlari yetishmovchiligi boʻlmasligi degan kengaygan birikma bajaryapti. Ushbu gapda shakar soʻzi sintaktik tahlil qilinayotganda soʻzlar maxsus toʻrtburchak qavslar orqali birlashtiriladi hamda jumlalar yaxlit holga keladi. Shundan soʻng ularga maxsus teg (EG) beriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə