Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə18/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Taqlid soʻzlar leksik va formal xususiyatlariga koʻra alohida mustaqil guruhni tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi soʻzlar his-hayajon, tuygʻu yoki buyruq-xitobni ifodalamaydi. Ular atrofimizni oʻrab turgan muhitda uchraydigan ovozlarni qayta tiklab, tovush obrazi sifatida, predmetlar harakati tasvirini esa harakat obrazi sifatida ifodalaydi. Shunga koʻra taqlid soʻzlar ikki xil: tovushga taqlid hamda holatga taqlid. Quyida 2 gapda ularga misollar koʻramiz:
Eshik ochilmay turib tashqaridan “gurs/TTD” degan ovoz eshitildi.
Kechasi yulduzlar “milt-milt/HTD” qilishini tomosha qilardi.
Soʻzlovchining anglatilayotgan fikrga munosabatini ifodalovchi soʻzlar modal soʻzlar deyiladi. Bunday munosabat fikrning aniqligi yoki noaniqligi nuqtayi nazaridan boʻladi. Modal soʻzlarning aksariyati mustaqil soʻzlardan kelib chiqqan. Ular gapda ishlatilsa boshqa gap boʻlaklari bilan sintaktik jihatdan bogʻlanmaydi. Ular gapda kirish soʻz vazifasini bajaradi. Modal soʻzning ma’noviy guruhlari oʻnga yaqin. Masalan, achinish, taxmin, gumon, quvonch va hokazo. Ushbu ishda hamma ma’noni jamlagan holatda bitta teg ishlab chiqilgan. Barcha modal soʻzlar /MD tegi orqali izohlanadi.
Afsuski/MD, global iqlim oʻzgarishi bizga xavf solmoqda.
Matnni morfologik tahlil qilishda mavjud 12 turkum (6 mustaqil, 3 yordamchi, 3 oraliq) uchun ham maxsus teglar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning toʻliq roʻyxatini quyidagi koʻrsatilgan manbadan olish mumkin [18]
Soʻzlarning aniq amalga oshirilgan morfologik tahlili lingvistik tadqiqotlarda juda muhim manba hisoblanadi. Statistik tamoyilga asoslangan holatda kelajada avtomatik teglash algoritmi yaratilgan taqdirda ham, uning negizida ushbu qilingan ishlar yotadi. Shuning uchun ham kelgusida morfologik teglangan matnlar hajmi va sifatini oshirish, ushbu ishga oʻz ishining mutaxassislarini taklif qilish reja qilingan.
II.2-§. Sintaktik teglash

Sintaksis grekcha “syntaxis” soʻzidan olingan boʻlib, tuzish, qurish ma’nosini anglatadi. Sintaksis boʻlimi grammatikaning bir qismi hisoblanadi. Grammatikaning morfologiya qismi soʻz, soʻz shakllari, ularning hosil boʻlish yoʻllari hamda oʻzgarish qoidalari, shuningdek, soʻz turkumlarini oʻrgansa, sintaksis qismi soʻzlarning grammatik-semantik munosabatga kirishish usullarini, soʻz birikmalari va ularning turlari, shakllari, gap va uning turlari, shakllari, gap tuzish qoidalari hamda gap boʻlaklarini oʻrganadi. Sintaksis tilshunoslikning boshqa boʻlimlari – fonetika, leksikologiya, morfologiya bilan teng huquqli boʻlib, ular bilan uzviy aloqada hisoblanadi. Tilning yaxlit sistema ekanligi shu oʻrinda namoyon boʻladi.


Ushbu ishda sintaksisning, asosan, gap boʻlaklari qismi, xususan, ularning tahlili qismiga koʻproq urgʻu berilgan. Oʻzbek tilida gap boʻlaklari soni 5 ta: ega, kesim, aniqlovchi, toʻldiruvchi, hol. Bulardan tashqari gap boʻlaklari bilan aloqaga kirishmaydigan boʻlaklar ham mavjud: undalma va kiritma. Ushbu ishda sintaktik tahlilni iloji boricha keng qamrab olish maqsadida 15 ta teg ishlab chiqildi. Ularning toʻliq roʻyxatini 10-jadvalda koʻrishimiz mumkin:




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə