Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə17/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Teg (belgilash) nomi

Ma`nosi

Misollar

1

SYK

Soʻroq-taajjub yuklamasi

-mi, -chi, -a, -ya

2

AYK

Ayiruv-chegaralov yuklamasi

Faqat, xolos, -gina

3

OYK

Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi

Naq, xuddi, ayni, goʻyo

4

KYK

Kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi

Hatto, nahotki, -u, -da

5

GYK

Gumon yuklamasi

-dir

6

IYK

Inkor yuklamasi

Na…na

9-jadval
Shu joyida bir narsani ta’kidlab oʻtishimiz kerak. Yuklamalar tuzilishiga koʻra 2 turga boʻlinadi: soʻz holidagi yuklamalar va qoʻshimcha holidagi yuklamalar. Qoʻshimcha holidagi yuklamalar soʻzga qoʻshib yoki chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Agar soʻz yuklama bilan yakunlangan boʻlsa, unga ham soʻzning turkumi, ham oxiridagi yuklama tegi berib ketiladi. Masalan: Majlisga faqat Nazokatgina/ATSH/AYK kech qolib keldi.
Endi yuklamalarning 6 ta ma’noviy guruhining ishlatilishiga doir misollar bilan tanishib chiqamiz.
SYK – Soʻroq-taajjub yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Masalan: Siz mening nima deganimni tushundingizmi/SYK? Ushbu gapda -mi yuklamasidan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
AYK – Ayiruv-chegaralov yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Masalan: Faqat/AYK ojiz qalamim manim… Ushbu gapdagi faqat yuklamasidan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
OYK – Oʻxshatish-qiyoslash yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Masalan: Meni bir doʻstim boʻlardi, quyib qoʻygandek xuddi/OYK oʻzisiz. Ushbu gapda xuddi yuklamasidan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
KYK – Kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Masalan: Nahotki/KYK meni shu yerga tashlab ketishga koʻzingiz qiysa?! Ushbu gapda -mi yuklamasidan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
GYK – Gumon yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Masalan: U ham odam-ku, meni tushungandir/GYK?! Ushbu gapda -dir yuklamasiqatnashgan soʻzdan soʻng maxsus teg ishlatiladi.
IYK – Inkor yuklamasi aniqlangan holatda soʻzning oxiriga qoʻyiladi. Bu yuklama turi doimo juft holatda keladi. Demak gap tahlilida har ikkala “na” soʻzidan soʻng maxsus teg ishlatiladi. Masalan: Dostonning na/IYK kitob oʻqishga, na/IYK togʻga chiqishga vaqti topilmadi.
Alohida soʻz turkumlariga undov soʻz, taqlid soʻz hamda modal soʻz mansub hisoblanadi. Ularning oʻziga xos xususiyati shundaki, bu guruhga mansub soʻzlarda mustaqil soʻz turkumlariga ham, yordamchi soʻz turkumlariga ham oʻxshash jihatlari boʻladi. Ular leksik ma’noga ega emasligi bilan yordamchi soʻz turkumlariga, gapda mustaqil ravishda gap boʻlagi boʻla olishi bilan mustaqil soʻz turkumlariga yaqin turadi.
Maxsus ekspressiv-semantik ma’no, ya’ni his-hayajon, buyruq-xitob ifodalash uchun ishlatiladigan soʻzlar undov soʻz hisoblanadi. Undovlar boshqa soʻz turkumlaridan turlanmasligi, maxsus grammatik koʻrsatkichlarga va mustaqil soʻzlar kabi atab koʻrsatish xususiyatiga ega emasligi bilan farqlanadi. Ushbu ishda undov soʻzlarga 2 ta teg ajratildi:

Quyida esa ushbu ikkita teg ishlatilishiga doir misollar koʻramiz:
Uh/HUN, va nihoyat 3 soatda yuklarimni taxlab boʻldim.
Janob, marhamat/BUN, sizni ichkarida kutishyapti.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə