Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə15/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Teg (belgilash) nomi

Ma`nosi

Misollar

1

SIFL

Fe’lning sifatdosh shakli

Borgan, koʻrgan, aytgan

2

RFL

Fe’lning ravishdosh shakli

Borib, koʻrgach, aytgani, chiqquncha

3

HFL

Fe’lning harakat nomi shakli

Borish, aytish, gapirmoq, oʻquv

4

SFL

Sof fe’l shakli

Ayt, oʻqi, yugur

5

SDFL

Sodda fe’l

Gapirdi, eshitdi

6

QFL

Qo`shma fe`l,

E`lon qildi

7

JFL

Juft fe’l

Aytdi-tashladi

8

TFL

Takroriy fe’l

Qilasan-qilasan

9

KFSQ

Ko`makch fe`lli so`z qo`shilmasi

Tashlab yubordi,oʻqib chiqdi

10

KOFL

Koʻmakchi fe’l

Edi, emish, ekan

11

1B

Birinchi shaxs, birlik

Bordim, boraman, kitobim, ishlaganim

12

2B

Ikkinchi shaxs, birlik

Bording, boryapsan, stoling, ishlaganing

13

3B

Uchinchi shaxs, birlik

Oʿqidi, bormoqchi, xatosi, borishi

14

1K

Birinchi shaxs, koʿplik

Sakradik, soʿramoqchimiz, ishimiz

15

2K

Ikkinchi shaxs, koʿplik

Oʿyladingiz, bormoqchisiz, e’loningiz

16

3K

Uchinchi shaxs, koʿplik

Aytdilar, kitoblari

17

OTZ

Oʿtgan zamon

Bordi, aytgan

18

HOZ

Hozirgi zamon

Boryapti, ketmoqda, aytayotir

19

KEZ

Kelasi zamon

Oladi, aytmoqchi, ketar(balkim)

7-jadval
Fe’l soʻz turkumiga oid soʻzlarning izohlab chiqilish tartibini quyidagi misollar orqali koʻrishimiz mumkin:
SIFL – Fe’lning sifatdosh shakli uchun ishlatiladi. Misol: Toshkentdan kelgan/SIFL mehmonlarni kutib oling. Bu oʻrinda sifatdoshga, ya’ni kelgan soʻziga /SIFL tegi berildi.
RFL – Fe’lning ravishdosh shakli uchun ishlatiladi. Misol: Havo sovib, qushlar janubga ucha boshladi. Bu misolda ravishdoshga, ya’ni sovib soʻziga /RFL tegi berildi.
HFL – Fe’lning harakat nomi shakli uchun qoʻllaniladi. Misol: Suzish/HFL sogʻliq uchun juda foydalidir. Bu oʻrinda harakat nomiga, ya’ni suzish soʻziga /HFL tegi berildi.
SFL – Sof fe’l shakli uchun ishlatiladi. Misol: Qoʻlidagi qilichni boshi uzra aylantirdi/SFL. Bu gapdagi aylantirdi fe’li sof fe’l shakliga mansub boʻlib, /SFL tegi orqali belgilanadi

SDFL – Fe’lning tuzilishiga koʻra turlaridan sodda tub va yasama uchun ishlatiladi. Misol: Ertaga bayram boʻlishi haqida eshitmagandim/SDFL. Bu oʻrinda qoʻshma fe’lga, ya’ni e’lon qilindi birikmasining har bir soʻziga /SDFL tegi berildi.
QFL – Fe’lning tuzilishiga koʻra qoʻshma turi uchun ishlatiladi. Misol: Ertaga bayram boʻlishi e’lon qilindi/QFL. Bu oʻrinda qoʻshma fe’lga, ya’ni e’lon qilindi birikmasiga /QFL tegi berildi.
JFL – Fe’lning tuzilishiga koʻra juft turi uchun ishlatiladi. Misol: Muammolarni qoʻrqmay rahbarning yuziga aytdi-tashladi/JFL. Bu oʻrinda qatnashgan juft fe’lga, ya’ni aytdi-tashladi birikmasiga /JFL tegi berildi.
TFL – Fe’lning tuzilishiga koʻra takror turi uchun ishlatiladi. Misol: Qishloq aholisi ichida bu oila haqida dedi-dedi/TFL koʻpayib ketdi. Bu oʻrinda juft fe’lga /TFL tegi berildi.
KFSQ – Koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmalari uchun ishlatiladi. Misol: Toʻsatdan qoʻlidagi telefonni tushirib yubordi/KFSQ. Bu oʻrinda koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasiga /KFSQ tegi beriladi.
KOFL – Fe’llarning ikkinchi qism tarkibidagi koʻmakchi fe’llar izidan qoʻyiladi. Misol: Qotillik qanday yuz berganini koʻrmagan edi. Bu oʻrinda koʻmakchi fe’l, ya’ni edi soʻzidan keyin /KOFL tegi beriladi.
1B – Fe’llar birinchi shaxs, birlik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Toʻsatdan qoʻlimdagi telefonni tushirib yubordim/1B. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /1B qoʻyiladi.
2B – Fe’llarning shaxs-soni ikkinchi shaxs, birlik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Bu nega sodir boʻlganini bilmaysanmi/2B. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /2B qoʻyiladi.
3B – Fe’llarning shaxs-soni uchinchi shaxs, birlik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: U gazetani qoʻyib oldimga yurdi/3B. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /3B qoʻyiladi.

1K – Fe’llarning shaxs-soni birinchi shaxs, koʻplik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Biz hammamiz hasharda faol qatnashamiz/1K. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /1K qoʻyiladi.
2K – Fe’llarning shaxs-soni ikkinchi shaxs, koʻplik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Siz hammangiz shunaqa fikrlaysizmi/2K. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /2K qoʻyiladi.
3K – Fe’llarning shaxs-soni uchinchi shaxs, koʻplik boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: U yigitlarning hammalari urushga ketdilar. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /3K qoʻyiladi.
OTZ – Fe’llar oʻtgan zamonda boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Avtobusdan tushmaslikka qaror qildi/OTZ. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /OTZ qoʻyiladi.
HOZ – Fe’llar hozirgi zamonda boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Hozircha shubhali insonning izidan kuzatyapman/HOZ. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /HOZ qoʻyiladi.
KEZ – Fe’llar kelasi zamonda boʻlganda qoʻllaniladi. Misol: Men qanday holat boʻlmasin olgʻa qadam bosmoqchiman/KEZ. Bu holatda fe’l izidan tegishli teg, ya’ni /KEZ qoʻyiladi.
Shu oʻrinda bir jihatga toʻxtalib oʻtsak. E’lon qilmoqchiman fe’li misolida qaraganimizda, ushbu soʻz bir vaqtning oʻzida ham fe’lning sof fe’l shakli ekanini, ham tuzilishiga koʻra qoʻshma ekanligi, ham shaxs-son xususiyatiga koʻra birinchi shaxs, birlikda turganini, ham kelasi zamondaligini koʻrishimiz mumkin. Bunday payti bitta soʻzning izidan toʻrtta tegni ham qoʻyishimiz mumkin:
e’lon qilmoqchiman/SFL/QFL/1B/KEZ
Yordamchi soʻz turkumlariga 3 guruh mansub: bogʻlovchi, koʻmakchi, yuklama. Ushbu turkumlarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ularda leksik ma’no yoʻq, ma’lum soʻroqqa javob boʻlmaydi, gapda mustaqil ravishda gap boʻlagi boʻla olmaydi.
Qoʻshma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplar va uyushgan boʻlaklar orasidagi turli munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadigan yordamchi soʻzlar bogʻlovchilar deyiladi. Bogʻlovchilar grammatik jihatdan oʻzgarmaydi va oʻzi bogʻlagan ayrim soʻzlar va sodda gaplarning oʻzaro qanday munosabatda ekanini, shuningdek, munosabatlarning xilini ham koʻrsatadi. Ushbu ishda bogʻlovchilarni ifodalash, ularni belgilash uchun 8 ta teg ishlab chiqilgan. Ularning roʻyxatini 8-jadvaldan koʻrib olishimiz mumkin.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə