Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə12/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Teg (belgilash) nomi

Ma’nosi

Misollar

1

SSN

Sanoq sonlar

Bir, ikki

2

DSN

Dona son

Bitta, ikkita

3

CSN

Chama son

Oʻntacha, mingtacha

4

TQSN

Taqsim son

Beshtadan, oʻntadan

5

KSN

Kasr son

Uchdan bir, sakkizdan bir

6

TSN

Tartib son

Birinchi, ikkinchi, uchinchi

7

JSN

Jamlovchi son

Uchala, beshovi, oltovlon

8

SDSN

Sodda son

Uch, toʻrt

9

QSN

Qo`shma son

O`n to`rt, to`qson olti

10

JUSN

Juft son

Besh-oltita

11

TASN

Takroriy son

Uchta-uchta

4-jadval
Endi esa, son soʻz turkumini matnda qanday belgilab olishimizni misollar orqali koʻrib chiqamiz:
SSN – Sanoq sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Birni/SSN kessang, mingni/SSN ek. Bu yerda bir va ming sanoq sonlari ishlatildi hamda SSN tagi ishlatiladi.
DSN – Dona sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Mingta/DSN doʻsting boʻlsa ham, oz. Bu yerda mingta dona soni ishlatildi hamda oʻz navbatida DSN tagi ishlatiladi.
CSN – Chama sonlarni izohlash uchun ishlatiladi. Misol: Oʻntacha/CSN odam xonaga bostirib kirdi. Bunda chama-taxmin ma’nosida kelgan oʻntacha soni qoʻllandi hamda CSN tagi ishlatiladi.
TQSN – Taqsim sonlar uchun ishlatiladi. Misol: Bolalarga ikkitadan/TQSN olma berdim. Bu yerda ikkitadan soni taqsim son sifatida kelgan hamda TQSN tagi ishlatilgan.
KSN – Kasr sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Xonaning uchdan bir/KSN qismi oqqa boʻyaldi. Bu yerda uchdan bir kasr soni ishlatildi hamda KSN tagi ishlatildi.
TSN – Tartib sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Yugurish musobaqasida birinchi/TSN oʻrinni egalladi. Bu yerda birinchi soni hamda /TSN tagi ishlatiladi.
JSN – Jamlovchi sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Beshovlon/JSN togʻga yoʻl oldi. Bu yerda beshovlon soni jamlovchi son hisoblanib, /JSN tagi ishlatiladi.
SDSN – Sonning tuzilishiga koʻra sodda tub va sodda yasama turlari uchun ishlatiladi. Misol: Beshovlon/SDSN togʻga yoʻl oldi. Bu yerda beshovlon soni jamlovchi son hisoblanib, /SDSN tagi ishlatiladi.
QSN – Qoʻshma sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Qirq/QSN birinchi/QSN/TSN batalyon jangda gʻalaba qozondi. Bunda qirq birinchi soni bir vaqtning oʻzida qoʻshma son hamda tartib son boʻlganligi uchun /QSN va /TSN taglari ishlatiladi.
JUSN – Juft sonlarni belgilash uchun ishlatiladi. Misol: Besh-olti/JUSN kilometr yoʻl qoldi degan edingiz-ku! Bu yerda besh-olti soni juft son hisoblanib, /JUSN tagi ishlatiladi.
TASN – Takror sonlarni izohlash uchun ishlatiladi. Misol: Lagandan uchta-uchta/TSN olma olinglar. Bu yerda uchta-uchta soni takror son hisoblanib, /TSN tagi ishlatiladi.
Olmosh mustaqil ma’noli soʻzlar – ot, sifat, son, ravish kabi turkumlar oʻrnida qoʻllanuvchi, ularga ishora qiluvchi turkum hisoblanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum (umum) ma’noning almashib qoʻllanishini xarakterlovchi soʻzlardir. Ushbu ishda olmosh soʻz turkumiga doir 11 ta teg ishlab chiqilgan. Ularning toʻliq roʻyxati bilan 5-jadvalda tanishishingiz mumkin:





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə