Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”


II.2-§. Morfologik teglash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə9/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

II.2-§. Morfologik teglash

Morfologiya grammatikaning bir qismi boʻlib, soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalarini, soʻzning shakllari holati va shu shaklning hosil boʻlish yoʻllari, hosil qiluvchi vositalarni oʻrganadi. Ushbu boʻlim soʻzni grammatik birlik sifatida tekshiradi. Grammatik birlik sifatida soʻzning grammatik ma’nosi hamda grammatik shaklsini tushunishimiz mumkin.


Soʻzning u yoki bu turkumga mansubligini koʻrsatuvchi, shuningdek, soʻzning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no hisoblanadi. Demak, grammatik ma’no asosiy xususiyatiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) ma’lum bir soʻz turkumi uchun umumiy boʻlgan ma’no. Masalan, qalam, suv, tosh, olma soʻzlarining har biriga xos ma’no – leksik ma’no. Ularning hammasi uchun umumiy boʻlgan ma’no, ya’ni predmet ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi.
Oʻzbek tilida soʻzning morfologik strukturasi soʻz shaklining yasalishida qatnashadigan komponentlardan iborat. Masalan, bogʻlarimizda soʻzining morfologik strukturasi bogʻ+lar+imiz+da dan iborat. Bunda kelib chiqadiki, soʻzning morfologik strukturasi shakl yasalishida asos boʻladigan qism bilan shakl yasovchi qismdan iborat boʻladi. Lekin, soʻz yasovchi qoʻshimchalar soʻzning morfologik strukturasiga kirmaydi. Shunga koʻra, bogʻbonlarimizda soʻzi morfologik struktura nuqtayi nazaridan bogʻbon+lar+imiz+da kabi qismlarga ajraladi.
Soʻzning morfologik strukturasi murakkab koʻrinishli boʻlishi mumkin, ya’ni bir soʻz tarkibida birdan ortiq shakl yasovchi qismlar ishtirok etishi mumkin. Lekin soʻzning har bir shaklini ikki komponent tashkil etadi:
1) shu shaklning yasalishiga asos boʻlayotgan qism;
2) shu shaklni yasovchi komponent.

Tildagi barcha soʻzlar oʻziga xos belgi-xususiyatlariga koʻra ma’lum guruhlarga ajratiladi. Soʻzlarning bunday guruhlari soʻz turkumlari deyiladi.


Soʻzlar, eng avvalo, umumiy xususiyatlariga qarab 3 turga boʻlinadi:

  1. Leksik ma’noga ega boʻlgan guruh;

  2. Leksik ma’noga ega boʻlmagan guruh;

  3. Alohida soʻz turkumlari (oraliqdagi guruh).

Atash ma’nosiga ega boʻlgan 6 ta mustaqil soʻz turkumi mavjud: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l. Ular gapda ma’lum bir soʻroqqa javob boʻladi hamda gapda muayyan gap boʻlagi vazifasini ham bajarishi mumkin.
Ot soʻz turkumi shaxs, narsa-buyum, oʻrin-joy ma’nolarini bildirib keladi. Ushbu turkum egalik, kelishik, son kabi grammatik kategoriyalarga hamda turli ma’no va vazifa uchun qoʻllanuvchi funksional shakllarga ega. Ushbu ishda ot soʻz turkumiga doir 22 ta teg qoʻllandi. Ularning toʻliq roʻyxati bilan 2-jadvalda tanishishingiz mumkin:




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə