Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə11/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Teg (belgilash) nomi

Ma`nosi

Misollar

1

XSF

Xususiyat-holat sifati

Qattiq, yoqimli

2

RSF

Rang-tus sifati

Oq, qora

3

MSF

Maza-ta’m sifati

Shirin, achchiq

4

HSF

Hid sifati

Xushboʻy, badboʻy

5

HOSF

Hajm-oʻlchov sifati

Katta, dumaloq

6

MKSF

Makon-zamon sifati

Qishki, ichki

7

SSF

Sodda sifat

Taxir, mazali

8

QSF

Qoʻshma sifat

To`q qizil, lang ochiq

9

JSF

Juft sifat

Oq-qora

10

TSF

Takroriy sifat

Kap-katta

3-jadval
Quyida sifat soʻz turkumi uchun teglar ishlatilish oʻrinlarini misollar yordamida koʻrib chiqamiz:
XSF – Xususiyat-holat sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Yangi/XSF dastroʻmol sotib oldim. Yangi soʻzi xususiyat-holat sifati boʻlganligi uchun XSF tagi ishlatildi.
RSF – Rang-tus sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Qizil/RSF koʻylak menga yoqmaydi. Bu joyda qizil soʻzi rang-tus sifati boʻlganligi sababli RSF tagi ishlatildi.
MSF – Maza-ta’m sifatlari uchun qoʻllaniladi. Misol: Hozirda achchiq/MSF qalampir yetishtirish foydali. Bu joyda achchiq soʻzi mazaa-ta’m sifati boʻlib, uning uchun MSF tagi ishlatiladi.
HSF – Hid sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Xonani benzinning qoʻlansa/HSF hidi tutib ketdi. Qoʻlansa soʻzi hid bildiruvchi sifati boʻlganligi uchun HSF tagi ishlatildi.
HOSF – Hajm-oʻlchov sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Bogʻimizda katta/HOSF chinor bor. Katta soʻzi hajm-oʻchov sifatiga oid boʻlganligi uchun HOSF tagi ishlatildi.
MKSF – Makon-zamon sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Qishki kiyimlarning hammasini yuvdirishga berdik. Qishki soʻzi makon-zamon (aniqrogʻi zamon) sifati hisoblanadi hamda MKSF tagi ishlatiladi.
SSF – Sifatning tuzilishiga koʻra sodda tub va sodda yasama turlari uchun qoʻllaniladi. Misol: Bahodir/SSF yigit bizni qoʻriqlab boradi. Bahodir soʻzi sodda sifat boʻlganligi uchun SSF tagi berildi.
QSF – Qoʻshma sifatlari uchun ishlatiladi. Misol: Sheryurak/QSF/XSF yoʻlboshchi oʻz qoʻshinini olgʻa boshlamoqda. Sheryurak soʻzi xususiyat-holat sifati boʻlganligi uchun QSF tagi berildi.
JSF – Juft sifatlar uchun ishlatiladi. Misol: Hayotning oq-qorasini/JSF tanigan insonga nimani oʻrgatmoqchisan?! Oq-qora juft sifat sirasiga mansub boʻlgani uchun JSF tagi berildi.
TSF – Tuzilishiga koʻra takror sifatlar uchun ishlatiladi. Misol: Kap-katta/TSF bola boʻlib qolibsan-ku! Kap-katta soʻzi takror sifat boʻlgani uchun TSF tagi berildi.
Yuqoridagi misollarning ayrimlarida otga xos boʻlgan egalik, kelishik, koʻplik qoʻshimchalari sifatga qoʻshilganining guvohi boʻlishimiz mumkin. Esda tutishimiz kerakki, bu holatda soʻzning turkumi oʻzgarishi yuz berayotgani yoʻq. Bu jarayon sifat otlashuvi deyiladi.
Son predmetlarning sanogʻini, tartibini bildirishi bilan boshqa turkumlardan ajralib turadi. Sanaladigan predmet nomini anglatuvchi ot bilan qoʻllanmagan sonlar matematik son ma’nosini ifodalab, mavhum ma’noli boʻladi va faqat sonlarning nomini anglatadi. Sonlar sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi soʻzlar bilan qoʻllanganda esa son turkumini tashkil qiladi. Ushbu ishda son soʻz turkumiga doir 11 ta teg ishlab chiqilgan. Ularning toʻliq roʻyxati bilan 4-jadvalda tanishishingiz mumkin:






Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə