Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə19/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Teg (belgilash) nomi

Ma’nosi

1

EG

Ega

2

OK

Ot kesim

3

FK

Fe’l kesim

4

QA

Qaratqich aniqlovchi

5

SA

Sifatlovchi aniqlovchi

6

VL

Vositali toʻldiruvchi

7

VS

Vositasiz toʻldiruvchi

8

VH

Vaziyat holi

9

OH

Oʻrin holi

10

PH

Payt holi

11

SH

Shart holi

12

MH

Maqsad holi

13

DH

Daraja-miqdor holi

14

UN

Undalma

15

KR

Kiritma

10-jadval
Gapda hukm qaratilgan, fikr oʻzi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bosh kelishik formasidagi mutlaq hokim boʻlak ega deyiladi. Gapda ega vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalaridan keyin maxsus teg (EG) qoʻyiladi. Masalan: Qosim/EG kecha darsga kelmaganini aytdi. Ushbu gapda Qosim soʻzi ega vazifasida kelgan va maxsus teg bilan belgilanadi.
Ega va boshqa boʻlaklarni oʻziga bevosita yoki bilvosita tobelantiradigan, egadan anglashilgan harakat-holatni hukm yoʻli bilan ifodalaydigan bosh boʻlak kesim deyiladi. Kesim ikki turga boʻlinadi: ot kesim va fe’l kesim. Gapda ot kesim vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalaridan keyin maxsus teg (OK) qoʻyiladi. Masalan: Bugungi kunda Urganch chiroyli shahar hisoblanadi/OK. Ushbu gapda Urganch chiroyli shahar soʻz birikmasi ot kesim vazifasida kelgan va maxsus teg bilan belgilanadi. Gapda fe’l kesim vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalaridan keyin ham maxsus teg (FK) qoʻyiladi. Masalan: Direktor majlisdan keyin xonasiga kirib ketdi/FK. Ushbu gapda kirib ketdi koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi fe’l kesim vazifasida kelgan.
Predmetning belgisini, sifatini, miqdorini, xususiyatini, qarashliligini anglatuvchi ikkinchi darajali boʻlak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi ham ikki turga boʻlinadi: qaratqich aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchi. Gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalaridan keyin maxsus teg (QA) qoʻyiladi. Masalan: Ukamning/QA menga aytgan gapi shu boʻldi. Ushbu gapda ukamning soʻzi qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan. Gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalaridan keyin ham maxsus teg (SA) qoʻyiladi. Masalan: Bogʻda chiroyli/SA gullar ochilib yotadi. Ushbu gapda chiroyli soʻzi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan.
Hokim boʻlakka tobelanish yoʻli bilan bogʻlanib, shu tobe boʻlak orqali anglashilgan harakat ta’siriga berilgan, shu harakatni oʻz ustiga olgan obyekt yoki predmet toʻldiruvchi deyiladi. Toʻldiruvchi ham oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi: vositali toʻldiruvchi va vositasiz toʻldiruvchi (-ni qoʻshimchasi bilan qoʻllanadi).
Hokim boʻlakda ifoda qilingan harakatning ta’siri bevosita oʻziga oʻtgan predmetni bildiruvchi toʻldiruvchilar vositasiz toʻldiruvchi deyiladi. Misol: Anvar ukasini/VS doʻkonga borishga koʻndirdi. Ushbu gapda ukasini birikmasi vositasiz toʻldiruvchi vazifasida kelgan.
Oʻz hokim boʻlagiga bogʻlanib, shu boʻlak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini bajaradigan toʻldiruvchi vositali toʻldiruvchi deyiladi. Misol: Salim ukasi bilan/VL teatrga ketdi. Ushbu gapda ukasi bilan birikmasi vositali toʻldiruvchi vazifasida kelgan.
Harakat-holatning bajarilish oʻrni, payt, sababi, tarzi, maqsadi va shu kabilarni koʻrsatib, kesimga tobelanadigan ikkinchi darajali boʻlak hol deyiladi.
Hollar aksariyat fe’l kesimga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh yoki ravish bilan ifodalangan boʻlaklarga bogʻlanib, ularni biror jihatdan izohlab keladi. Hol koʻpincha ravish bilan ifodalanadi. Ravish gapda yakka holda yoki oʻziga tobe soʻzlar bilan birgalikda hol vazifasini bajaradi. Bu uning asosiy sintaktik vazifasidir. Ifodalagan mazmuniga koʻra hollar quyidagi ma’noviy guruhlarga ajratiladi: ravish holi, oʻrin holi, payt holi, shart holi, maqsad holi, daraja-miqdor holi.
Harakatning qay tarzda, qanday vaziyatda boʻlishini koʻrsatadigan hol ravish holi deyiladi. Misol: Siddiqjon birdan/VH boshini koʻtardi. Ushbu gapda ravish holi birdan soʻzi boʻlib, u holat ravishi bilan ifodalangan. Shuningdek, ravish holi ravishdosh, sifat, koʻmakchili qurilma, boʻlmoq, ekan soʻzlari yordamida ham ifodalanishi mumkin.
Ish-harakat yoki holatning sodir boʻlishidagi oʻrin ma’nosini bildiruvchi hollar oʻrin hollari deyiladi. Oʻrin hollari ish-harakatning biror jihatdan oʻringa munosabatini koʻrsatadi va qayerda? qayerga? qayerdan? soʻroqlariga javob boʻladi. Masalan, Qayerdandir/OH childirma ovozi eshitilyapti. Ushbu misolda gumon olmoshi oʻrin holi vazifasida kelmoqda.
Ish-harakat yoki holatning bajarilish paytini bildiruvchi hollar payt holi deyiladi. Harakat paytini bevosita ifodalash payt ravishlariga va vaqtni anglatuvchi otlarga xosdir. Payt holi payt ravishlari, otlashgan hamda oʻrin-payt kelishigida shakllangan sifat, harakat nomi, mavhum ot hamda payt ma’nosini anglatuvchi soʻzlar yordamida ifodalanishi mumkin. Misol: Dehqonlar bahorgacha/PH dam olishadi. Ushbu gapda bahorgacha payt oti gapda payt holi vazifasini bajargan.
Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hollar sabab holi deyiladi. Sabab holi nima sababdan? nima uchun? nimaga? kabi soʻroqlarga javob boʻladi. Sabab holi ravishdosh, chiqish kelishigidagi ot, joʻnalish kelishigidagi sifat va sifatdosh, ot, olmosh, sifatdoshlarning koʻmakchilar bilan birikib kelishi bilan ifodalanishi mumkin. Misol: Bashorat uni onasi tanimay qolganiga/SH maza qilib kuldi. Ushbu misolda tanimay qolganiga fe’li (koʻmakchi felli soʻz qoʻshilmasi) sabab holi vazifasida kelgan.
Ish-harakatda kuzatilgan maqsadni bildiruvchi hollar maqsad holi deyiladi. Maqsad holi nega? nima uchun? nima maqsadda? kabi savollarga javob boʻladi. U ravish, sifatdosh, harakat nomi, koʻmakchilar bilan birikib kelgan ot bilan ifodalanishi mukin. Misol: Elyor suv keltirish uchun/MH soy boʻyiga tushib ketdi. Ushbu gapda suv keltirish uchun birikmasi, ya’ni koʻmakchi bilan birikkan harakat nomi maqsad holi vazifasida kelgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə