Oʻzbek tili uchun teglangan korpus yaratish”



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə20/26
tarix05.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#104313
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
001 DISSERTATSIYA 2022 SOBIROV cop 21.06 (1)

Daraja-miqdor holi ish-harakat, holat, vaqt kabilarning qay darajada ekanligini, miqdor jihatdan chegaralab koʻrsatadi. Ushbu hol turi miqdor ravishlari, daraja-miqdor ma’nosiga ega boʻlgan sifatlar, marta, bor, daf’a kabi soʻzlar bilan ifodalanishi mumkin. Misol: Yoʻlchi sherigiga bu dorini ikki marta/DH tayyorlab berdi. Ushbu jumlada ikki marta numerativ+ot jufligi daraja-miqdor holi vazifasini bajargan.
Yuqoridagi misollardan shu narsa ma’lum boʻldiki, soʻz, soʻz birikmasi, gap tarkibidagi komponentlar oʻzaro ma’lum grammatik vositalar yordamida munosabatga kirishadi. Bu holatda soʻzlar oʻrtasidagi sintaktik munosabatlar soʻz shakllari, yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, intonatsiya kabi vositalar yordamida ifodalanadi.
Yana bir maqolada oʻzbek tili korpusiga teg qoʻyish masalasi koʻrib chiqilgan. Mualliflar tomonidan 14 ta POS teg taklif qilingan, ya’ni har bir soʻz turkumi uchun deyarli bitta teg yaratiladi.[19]Lekin oʻzbek tilida har bir soʻz turkumi ma’no va tuzilish jihatidan bir necha turlarga boʻlinadi. Bizning yondashuvimizda biz ushbu muammolarni hisobga oldik va chuqurroq tahlil qilish orqali kengaytirilgan teglar toʻplamini yaratdik. Yangi teglar bizga matnni semantik nuqtayi nazardan ham chuqur tahlil qilish imkonini beradi.
Shuni ham ta’kidlab oʻtish kerakki, har qanday soʻz shakllari ham sintaktik aloqani ifodalashda ishtirok etavermaydi. Sintaktik aloqa ifodalashda, asosan, soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalar ishtirok etadi. Shuning uchun ham ular ba’zan soʻz shakllari deb ham ataladi. Koʻrinadiki, sintaktik aloqalarning ifodalanishida formal vositalar sifatida turlovchilar: egalik, kelishik qoʻshimchalari va tuslovchi qoʻshimchalar ish koʻradi.


II bob uchun xulosa
Ushbu bobda oʻzbek tilining dissertatsiyaga aloqador oʻzbek tilining morfologiya hamda sintaksis boʻlimlari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtilgan.
Boshqa tillarda amalga oshirilgan ushbu turdagi korpuslarda qoʻllangan usullar va metodlar tahlil qilindi. Oʻzbek tili grammatikasini birmucha toʻliq ifodalay oladigan teglar roʻyxati ustida ishlandi. Iloji boricha matnlar mazmunini toʻliqroq tushunish uchun grammatika tarkibiy qismlari hisoblangan morfologiya va sintaksis oʻrganish obyektlaridagi ichki kategoriyalari bilan birgalikda teglar ishlab chiqildi. Ushbu teglarni matnda toʻgʻri qoʻllash tamoyillari bayon qilindi.
Ushbu ishda umumiy ishlab chiqilgan morfologik teglar soni 103 ta boʻlib, ulardan: 22 tasi ot soʻz turkumiga; 10 tasi sifat soʻz turkumiga; 11 tasi son soʻz turkumiga; 11 tasi olmosh soʻz turkumiga; 10 tasi ravish soʻz turkumiga; 19 tasi fe’l soʻz turkumiga; 8 tasi bogʻlovchi soʻz turkumiga; 1 tasi koʻmakchi soʻz turkumiga; 6 tasi yuklama soʻz turkumiga; 2 tasi undov soʻz turkumiga; 2 tasi taqlid soʻz turkumiga; 1 tasi modal soʻz turkumiga tegishli hisoblanadi.
Shuningdek, barcha ishlab chiqilgan sintaktik teglar soni 15 ta boʻlib, shulardan: 1 tasi ega; 2 tasi kesim; 2 tasi aniqlovchi; 2 tasi toʻldiruvchi; 6 tasi hol vazifasida kelgan soʻz yoki soʻz birikmalarini izohlash uchun ishlatiladi. Gap boʻlaklari bilan aloqaga kirishmaydigan boʻlaklar: undalma va kiritma uchun bittadan teg ishlab chiqildi.
Bizningcha, ushbu teglar oʻzbek tilini grammatik tahlil qilishda ancha qoʻl keladi va chuqur lingvistik tadqiqotlar uchun asos boʻlib xizmat qila oladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə