Ozbek tilida ish yuritish



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Topshiriqlar: 
1-topshiriq. Quyida berilgan qoliplashgan so‘z birikmalari asosida rasmiy 
uslubga xos gaplar tuzing: 
«shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi sababli», «...ishi uchun», 
«oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda», «guvohlik berishicha», 
«tekshiruv natijasiga binoan». 
2-topshiriq. Ish qog‘ozlarining qanday yozilishini yod oling. 
2-mavzu. 
H U J J A T V A U N I N G T U R L A R I 
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy 
jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos 
hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish 
yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi 
shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi. 
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar 
hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari 
saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va 
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus 
tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining 
ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining 
davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi. 
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda
idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. 



Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari 
ham turlichadir.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida 
farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu 
muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga 
boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi 
hujjatlar sanaladi. 
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar 
ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan 
hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə