Ozbek tilida ish yuritish


Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.  Vergul



Yüklə 273,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix25.04.2023
ölçüsü273,11 Kb.
#106843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
773959736a7ed105f962f4d9502e22f2 O`zbek tilida ish yuritish

Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. 
Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va 
ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. 
Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi
...», kabi. 
Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami 
qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan 
farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi. 
Masalan: Talabaning majburiyatlari: 
1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish; 
2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar. 
Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 
matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi 
umumlashtiruvchi «quyidagilar»«shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin; 


 10 
farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun 
tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy 
qismlaridan so‘ng; 
— matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. 
Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati 
bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki 
miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 
8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik.
Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 
— izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning 
tug‘ishgan singlisi. 
— ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar, 
Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib 
ketgan. 

Yüklə 273,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə