O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Baliqlar skeleti va mushaklari



Yüklə 9,61 Mb.
səhifə10/218
tarix17.02.2022
ölçüsü9,61 Mb.
#83825
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   218
Baliqcilik

Baliqlar skeleti va mushaklari

Zog‘orabaliq skeleti juda ko‘p suyaklardan tuzilgan. Uning asosini umurtqa pog‘onasi tashkil etadi, u baliqning butun tanasi bo‘ylab boshidan to dumigacha cho‘zilib boradi. Umurtqa po- g‘onasi ko‘p umurtqalardan tashkil topgan (zog‘orabaliqda 39— 42 ta umurtqa bor).

Skeleti, asosan, umurtqa pog‘onasini tashkil etadigan baliqlar va boshqa hayvonlar umurtqali hayvonlar, qolgan barcha hayvon- lar umurtqasiz hayvonlar deb ataladi.

Zog‘orabaliq rivojlanayotgan vaqtda uvuldirig‘ida (ikrasida) uning kelgusi umurtqasi o‘rnida xorda hosil bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar rivojlanadi.

Voyaga yetgan zog‘orabaliqning umurtqalari orasida xorda- ning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi. Oq bakra, bakrabaliqda va ba’zi boshqa baliqlar turida xuddi lan- setnikdagi singari, xorda ularning butun hayoti davomida saq- lanib qoladi.

Har bir umurtqa umurtqa tanasidan, ustki va ostki bir juft umurtqa yoylaridan iborat. Ustki qarama-qarshi yoylar o‘zaro tutashishi natijasida ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashadi. Gavda bo‘limidagi umurt- qalarga ikki yon tomonidan qilichsimon qovurg‘alar kelib bi- rikadi. Dum umurtqalarida qovurg‘alar bo‘lmaydi. Ularning ostki tomonida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa po- g‘onasining oldingi uchi kalla suyagi bilan harakatsiz birikmada bo‘ladi. Suzgich qanotlarining skeleti suzgichlar yoylari suyak- laridan iborat.

Zog‘orabaliqda juft qorin suyakchalari skeleti, umurtqani ta- nasi bilan tutashtirib turadigan kamar skeleti, rivojlanmagan bosh skeleti, bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og‘iz bo‘shlig‘ini o‘rab turadigan jag‘lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat bo‘ladi.

Har bir umurtqa tanadan va yuqoridagi uzun o‘simta bilan tugallanadigan ustki yoydan iborat bo‘ladi. Ustki yoylar ketma- ket yig‘ilib, orqa miya joylashgan umurtqa kanalini hosil qiladi.



Orqa suzgich qanoti skeleti
Bosh suyagi
Umurtqasi
Dum suzgich qanoti skeleti



Jabra qopqog‘i Yelka

kamari

Qovurg‘alar Ko‘krak

suzgich

qanoti skeleti

Anal suzgich skeleti

Ko‘krak umurtqalari




2-rasm. Baliqning skelet shakli.
Òananing gavda qismida umurtqalarga yon tomondan qo- vurg‘alar birikadi. Dum bo‘limida qovurg‘alar bo‘lmaydi; unda joylashgan har bir umurtqa pastki uzun o‘simta bilan tugal- lanadigan pastki yoyi bo‘ladi.

Old tomondan bosh skeleti — bosh suyak umurtqalari bilan mahkam birikadi.

Ko‘krak juft suzgich qanotlari yelka kamari suyaklari yorda- mida umurtqa pog‘onasiga birikadi. Umurtqa bilan juft suzgich qanotlar skeletini birlashtiradigan suyaklar zog‘orabaliqda yaxshi rivojlanmagan.

Skelet katta ahamiyatga ega: u mushaklar uchun tayanch va ichki organlar uchun himoya vazifasini bajaradi.



Mushaklarning qisqarishi va kengayishi natijasida baliqlar- ning tanasi bukiladi va cho‘ziladi. Bu ularga suvda harakatlanishga yordam beradi.


Yüklə 9,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə