O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Yüklə 9,61 Mb.
səhifə6/218
tarix17.02.2022
ölçüsü9,61 Mb.
#83825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Baliqcilik

Jinsiy dimorfizm

Jinsiy dimorfizm baliqlar o‘rtasida ancha keng tarqalgan bo‘- lib, har xil ko‘rinishga ega. Odatda, baliqlarning erkagi bilan urg‘ochisi o‘zaro katta-kichikligi bilan farq qiladi. Chunonchi, karpsimonlarda ko‘pincha urg‘ochisi erkagidan, uvuldirig‘ini qo‘riqlab yuradigan baliqlarda esa erkagi urg‘ochisidan kattaroq



bo‘ladi. Akula va lappakbaliqlarning erkagida qo‘shiluv a’zosi borligidan ularning jinsiy dimorfizmi yaqqol ko‘rinib turadi.

Qarmoqchibaliqning jinsiy dimorfizmi juda alomat. Uning mitti erkagi urg‘ochisining tanasiga og‘zi bilan yopishib olgan holda yashaydi. Erkagi urg‘ochisini urug‘lantiradi, urg‘ochisi esa uni boqadi. Urchish arafasida ko‘pgina baliqlar, chunonchi, sulay- monbaliqlarning erkagida «nikoh libosi» paydo bo‘ladi. Bu narsa baliqning urchish davrida kuchli rivojlangan jinsiy bezlaridagi gormonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jinsiy dimorfizm ba’zi baliqlarning urchish davridagi xulqlarida ham ko‘rinadi.


? NAZORAT SAVOLLARI


  1. Mamlakatimizda ovlanadigan baliqlarning asosiy qismini qaysi tur- dagi baliqlar tashkil etadi?

  2. Baliqlarning yoshi qaysi usullar orqali aniqlanadi?

  3. Oziqlanish usuliga ko‘ra baliqlar qaysi turlarga bo‘linadi?

  4. Baliqlarning jinsiy dimorfizmi haqida so‘z yuriting.



Yüklə 9,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə