O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


III bob. BALIQLARNING ANAÒOMIK VA MORFOLOGIK ÒUZILISHI



Yüklə 9,61 Mb.
səhifə7/218
tarix17.02.2022
ölçüsü9,61 Mb.
#83825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218
Baliqcilik

III bob. BALIQLARNING ANAÒOMIK VA MORFOLOGIK ÒUZILISHI





    1. Baliqlarning tana tuzilishi va shakllari


Baliqlarning og‘iz va tish tuzilishi hamda oziqlanishi
Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir a’zosi og‘zidir. Ularning yemishi turli-tuman bo‘lganidan og‘iz va tishlarining tuzilishi ham har xil. Òish baliqlarda o‘ljani tutish, maydalash, uzib olish kabi vazifalarni bajaradi, yemishi qandayligiga qarab ba’zi baliqlarning faqat jag‘laridagina emas, balki til, tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi. Masalan, karpsimonlarning tishi jag‘ida emas, balki ko‘- rinishi o‘zgargan oxirgi jabra yoyiga o‘rnashgan. Bu tishlar qattiq yemishlarni, hatto molluskalarning kosalarini ham maydalay oladi. Og‘izning o‘rnashgan joyi va tuzilishi baliqning yemishiga va uni qanday tutishiga bog‘liq. Parrik kabi yemishni pastdan tutib yeydigan va og‘iz bo‘shlig‘ining ostiga o‘rnashgan baliqlar og‘zi ostki og‘iz deb ataladi (akulalar, lappakbaliqlar bundan mustasno, chunki ularning og‘zi boshining ostida bo‘lishi ovqatlanish xa- rakteriga bog‘liq emas, balki ustki jag‘ining tepasidagi cho‘zin- choq qazg‘ich burniga — rostrumga bog‘liq). Zog‘orabaliq, ola- bug‘a kabilar ro‘parasidan chiqqan ovqatni tutib yeyishi sababli og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan bo‘ladi. Bunday baliqlarning og‘zi old og‘iz deb ataladi. Òarashabaliq, munajjimbaliq, qizil- qanot kabi yemishini tepadan tutib yeydigan baliqlarning og‘zi

yuqoriga qaragan bo‘lgani sababli tepa og‘iz deb ataladi.

Qanday ovqatlanishiga qarab baliqlarning pastki, ustki jag‘- lari va lablarining tuzilishi ham turlicha bo‘ladi. Ba’zi laqqasimon baliqlarning og‘zi chambarak shaklda bo‘lib, suvdagi biron nar- saga yopishib olishga moslashgan. Boshqa baliqlar, chunonchi, labbaliqning qalin labi ovqat tutish, tosh va o‘simliklarga yopishib qolgan suvo‘tlarni qirib olish vazifasini bajaradi. Cho‘rtan kabi yirtqich baliqlarning og‘zi esa ovqatni tutib olishga moslashgan.

Shuning uchun ham ularning og‘zi katta, jag‘larida, dimog‘, tanglay suyaklarida yirik va o‘tkir tishlari bor, jabra panjaralari (tichinkalari) ham qisqa.

Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og‘izlari so‘ruvchan bo‘ladi, shuning uchun ularning og‘zi nay shaklida tuzilgan, tishlari yo‘q. So‘ruvchan og‘izli baliqlar suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan ovqatlanadi. Savatbaliq, lappakbaliq kabilar- ning og‘zi tumshuqqa o‘xshash, tishlari lavha shakl bo‘lib, mol- luska va marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g‘ajib, maydalashga yaxshi moslashgan. Seldlar va ba’zi karp- simonlar kabi planktonxo‘r baliqlarning og‘izlari katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi, jabra panjaralari filtr vazifasini bajaradi. Oq amur, xramulya, tog‘ayog‘iz o‘simlikxo‘r baliqlarning og‘zi boshining ostiga o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari bo‘lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o‘tkir, goho usti shox modda bilan qoplangan bo‘ladi. Baliqlar og‘zining bu asosiy shakllaridan tashqari yana bir qancha oraliq shakllari yoki hayot kechirish

tarziga qarab boshqacha tuzilganlari ham uchraydi.

Suv havoga nisbatan zich va yopishqoq bo‘lgani uchun suvda yashovchi baliqlarning tana va suzgichlari ham shu xususiyatlarga bog‘liq holda tuzilgan.

Ko‘plab baliqlarning tanasi suvda torpeda kabi harakat qi- lishga yaxshi moslashgan. Ugor, ninabaliq kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan ba’zi baliqlarning tanasi ilonnikiga o‘xshash cho‘ziq. Ular suvda tanasini eshib, to‘lqinlantirib harakat qiladi. Lap- pakbaliq kabi suv ostida yashovchi baliqlarning tanasi esa yal- poq, ular qushlar qanot qoqib uchgani singari keng ko‘krak suz- gichlarini to‘lqinlantirib suzadilar.

Cho‘rtan kabi tez suzadigan baliqlarning tanasi cho‘zinchoq, shakli yoy o‘qidek, toq suzgichlari dumiga ancha yaqin o‘rnash- gan. Seldlar qiroli kabi tanasi tasmasimon baliqlar suvda tez suzolmaydi. Savatbaliqlarning tanasi pufak shaklida tuzilgan. Dengiz toychasi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning dumi gajak, ular o‘simliklar orasida tik holda harakat qiladi. Chu- qur suvosti baliqlarining tana shakli ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Umuman, baliqlarning tana shakllari ularning hayot kechi- rish tarziga mos ravishda turli xilda tuzilgan bo‘ladi.

Baliqlarda yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, yana bir qancha boshqacha tana shakllari ham uchraydi, ularning aksariyati oraliq shakllardan iboratdir.

Baliqlarning o‘ziga xos a’zolaridan biri suzgichlaridir. Qanot shaklida tuzilgan bu a’zolar ko‘pgina baliqlarda orqa dumosti yoki anal toq suzgichlari hamda qorin va ko‘krak juft suzgich- laridan iborat. Suzgichlar baliq suvda muvozanat saqlashi va ha- rakat etishiga yordam beradi. Òeri ostidagi mushaklardan ha- rakatlanuvchi bu suzgichlarning har biri baliqning harakatida ma’lum vazifani bajaradi. Masalan, dum harakatni idora etadi, tez suzadigan baliqlarda rul va stabilizator vazifasini o‘taydi. Òez suzuvchi baliqlar suzib ketayotgan paytida orqa suzgichlarini yi- g‘ib oladi yoki orqasidagi maxsus chuqurchaga tortib qo‘yadi, bu esa baliq tanasining suyriligini oshiradi.

Suzgichlarda tog‘ay yoki suyakdan iborat shu’lalar bor. Bu shu’lalarning oldingi bir nechtasi tikan yoki ninaga aylangan, ular baliqning muhofaza qurolidir. Akula va lappakbaliqlarda erka- gining qorin suzgichi qo‘shiluv organi hisoblanadi. Òirik tug‘uvchi baliqlarning erkaklarida ham qorin suzgichining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan qo‘shiluv organi bor, u gonopodiy deb ataladi. Losossi- monlar va ba’zi laqqanamolarning orqa suzgichi qattiq shu’lasiz, yumshoq bo‘ladi. Olabug‘aning tashqi tuzilishi 1-rasmda berilgan Baliqlarning tashqi tuzilishi, asosan, teri qoplamasi va rangi bilan qoplangan, bazi baliqlarda bir juft mo‘ylovi bo‘ladi, ko‘z, jabra qopqog‘i, ko‘krak suzgich qanotlari, anal suzgich qanotlari, orqa suzgich qanotlari, dum suzgich qanotlari, yon chizig‘i hamda

tangachalarining bo‘lishi, ba’zilarida bo‘lmasligi ham mumkin.
Orqa suzgich qanotlari

Yon chizig‘i




Og‘zi

Jabra qopqog‘i


Ko‘krak
Ko‘krak suzgich qanoti Anal
Dum suzgich qanoti
Tangachalarining joylashish tartibi

suzgich qanoti suzgich qanoti
1-rasm. Olabug‘aning tashqi tuzilish sxemasi (shakli).

Baliqlarning harakatida suzgich qanotlari va teri qatlami muhim. Har bir suzgich qanoti yupqa teri pardasidan iborat bo‘lib, uni suyak suzgich qanot nurlari tutib turadi. Nurlari yozilganda ular orasidagi teri tortiladi va suzgich qanotining yuzasi kattalashadi. Baliqning orqa tomonida ikkita orqa suzgich qanoti joylashadi. Oldingisi katta va orqadagisi kichikroq bo‘ladi. Orqa suzgich qanotlarining soni baliqlarning har bir turlarida turlicha bo‘- lishi mumkin. Dumining uchida qo‘sh qanotli katta dum suzgich qanoti, ostki tomonida anal suzgich qanotlari joylashadi. Bu suzgich qanotlarining hammasi toq bo‘ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlar ham bor, ular hamma vaqt ikki juft bo‘ladi. Baliqda ko‘krak juft suzgich qanotlari (oldingi juft oyoqlari) boshining orqa tomonida, tananing yon tomonlari bo‘ylab qorin juft suzgich qanotlari (orqa juft oyoqlari) esa tananing ostki tomonida joyla- shadi. Oldinga harakat qilgan vaqtda dum suzgich qanoti asosiy rol o‘ynaydi. Juft suzgich qanotlari burilishda, to‘xtashda, oldinga tomon sekin harakat qilishda va muvozanatni saqlashda aha- miyatga ega. Orqa va anal suzgich qanotlari oldinga harakat qilishda va tik burilishda baliq tanasiga mustahkamlik beradi.


    1. Yüklə 9,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə