O‘zbеkistоn dаvlаt jаhоn tillаri univеrsitеti ayupov ravshan hamdamovich xidirov bobir baxirovich bulutli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix29.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#141904
1   2   3   4   5   6   7   8
3 platforma

4.0.Industriya
atamasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, u avtomatlar ishlab chiqarish 
jarayoni doirasida o‘zaro aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish 
va logistika tarmoqlari tuzishni ko‘zda tutadi. Robototexnika, buyumlar Interneti, 
sun’iy intellekt va 
3D
-bosmaning uyg‘unlashuvi hozirgi paytda krossovkadan 
tortib avtomobillargacha bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq 
mexanizatsiyalashgan fabrikalar qurishga imkon bermoqda. 
3D
-bosma qurilishi 
ba’zi bir tarmoqlarni va mashinasozlikni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin 
bo‘lgan texnologiyadir. Polimerlar, beton, metall va hatto oltindan ham mahsulot 
bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 
3D
-printerlarning juda ko‘p miqdorda yaratilishi 
ishlab chiqarish tsikli tushunishning o‘zini ham o‘zgartiradi, chunki ko‘plab 
mahsulot turlarini uydan chiqmasdan, faqat uch o‘lchamli model va 
3D
-printerga 
ega bo‘lgan holda olish mumkin bo‘ladi. 
3D
-bosmani o‘zlashtirishga 
mashinasozlik ham faol qo‘shilgan bo‘lib, bu yerda detallarni «klassik» usulda 
olishdan ko‘ra, bosib chiqarish arzonga tushadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimi 
dizaynerlari ham o‘zlarining yangi mahsulotlarini bosib chiqarmoqdalar. 
Quruvchilar, zargarlar, tibbiyot xodimlari ham o‘z biznes jarayonlarida 
3D
-
bosmadan faol foydalanmoqdalar. O‘zini-o‘zi bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan 
printer ham yaratilgan. Xitoy kompaniyalari esa istalgan shaxs uy sharoitlarida o‘zi 
uchun 
3D
-printer yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan konstruktorlar ishlab chiqara 
boshlagan. Garchi texnologiya yo‘lida hali murakkab mahsulotlar bosib chiqarish 
bilan bog‘liq savollar turgan bo‘lsada, oyoq kafti xususiyatlarini hisobga oladigan 
holda yangi krossovka bosib chiqarish mumkin bo‘ladigan murakkab tarkibiy 
qismli mahsulotlar bosib chiqarish imkoniyati paydo bo‘lishining ehtimoli juda 
yuqori. Asosiysi, bu ishni uydan chiqmasdan ham bajarsa bo‘ladi. 


10 
Endi texnologiyalar sinergiyasi haqida gapirib o‘tamiz. Innovatsion raqamli 
texnologiyalarni boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llash nafaqat u yoki bu 
biznes-jarayonni o‘zgartirishga, balki bungacha hali mavjud bo‘lmagan mahsulot 
ishlab chiqargan holda tarmoqni to‘liq qayta tashkil qilishga ham imkon beradi. 
Raqamli o‘zgartirishda eng qiziqarlisi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va ushbu 
barcha texnologiyalarni birgalikda qo‘llash mumkinligidadir. Sinergetika 
nazariyasi atamalarida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tizim doimiy o‘zgarishda 
bo‘ladi, institutsional shakllar tasodifiy o‘zgarishlari (fluktuatsiya) – tizim 
mikrodarajasida tartibsizlik ko‘rsatkichi va hamda uning rivojlanish imkoniyatidir. 
Ayrim fluktuatsiyalar shu qadar kuchli bo‘lib chiqadiki, kelgusi rivojlanish 
traektoriyasini belgilab berib, sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Masalan, 
buyumlar interneti virtual dunyoni real dunyo bilan birlashtirishga imkon beradi, 
sun’iy intellekt esa buyumlar internetidan olingan juda katta hajmdagi ma’lumotlar 
to‘plamlari asosida xulosalar va qarorlar shakllantirishi mumkin. To‘ldirilgan va 
virtual reallik yangi dunyoni inson ko‘ziga ko‘rinadigan qilib qo‘yadi. 
Robototexnika va 
3D
-bosma esa ko‘plab muntazam bajariladigan operatsiyalarni 
to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi. Aytish mumkinki, ko‘plab ilg‘or 


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/7704
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/7704
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/7704

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə