7
1 – BOB. BULUTLI PLATFORMALAR VA ULARNING
IMKONIYATLARI.
1.1.
Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha va uning tarixi.
Raqamli iqtisodiyot tayanadigan asosiy texnologiyalardan biri bu – buyumlar
internetidir (
IoT – Internet of Things
). Ya’ni, ko‘plab maishiy uskunalar elektr
tarmog‘iga ulanganligi odatiy, lekin bular ikkinchi darajali hisoblanadi.
Moddiy
dunyoning tobora ko‘plab ob’ektlari internetga ulanmoqda, bu esa axborot to‘plash
va hatto bu ob’ektlarni masofadan turib boshqarishni ham ta’minlamoqda. Amalda
internetda tashqi dunyo va ob’ektning turli ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan
moddiy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo‘lib, ushbu ob’ektni internet orqali
boshqarishga imkon bermoqda. Buyumlar internetiga misol qilib, masalan, texnik
yordam xizmatida aniqlangan buzilishlar va rejadan tashqari ta’mirlash
doirasida
almashtirish lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxatini yuboradigan vitual
ma’lumotlar uzatish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Buyumlar internet sohasi
rivojlanishining keyingi bosqichida buyumlarning nafaqat odam bilan, balki o‘zaro
aloqa qilishi
mumkinligi ham hisoblanadi, bu konveyerli liniyalarda, texnik
ta’mirlash
tizimlarida, logistika va boshqa ko‘plab biznes sohalarida
avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqalarga erishish imkonini beradi. Lekin hali
yechimini kutib turgan masalalar ham bor, chunonchi: elektr energiyasini minimal
tarzda iste’mol
qiladigan elektronika, shuningdek, buyumlarning o‘zaro aloqa
qilishi uchun yangi aloqa standartlarini yaratishdir.
Raqamlashtirish bilan bog‘liq yana bir innovatsion yo‘nalish bu – to‘ldirilgan
reallikdir (
Dostları ilə paylaş: