O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə42/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

DARSNING BLOK CHIZMASI:



DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.


II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Natyurmort - fransuzcha “jonsiz tabiat” degan ma’noni bildiradi. Unda gullar, mevalar, sabzavotlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qush va kichik hayvon tulumlari va boshqalar tasvirlanadi. Natyurmort XVII asming boshlarida Gollandiyada paydo bo‘lgan. Natyurmort kompozitsiyasi tuzilganda boshqa janrlar kabi o‘zida biror mazmunni, maqsadni ifodalaydi. Natyurmort kompozitsiyasi deganda, mavzu asosida chizish uchun stol yuzasiga buyum va narsalaming oqilona tuzib joylashtirilishi nazarda tutiladi. Kompozitsiya san’atning juda ko‘p tur va janrlarida mavjud bo‘lib, u rassomning g‘oyasini tanlagan sujetlar orqali ifodalab beradi. Natyurmort kompozitsiyasini tuzishda kichik narsalami oldinroqda, yirik buyum yoki narsalar esa orqaroqda qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Natyurmortga fon tanlashda och tusli yorqin rangdagi buyum yoki narsalar uchun to‘q fon, to‘q tusli natyurmort tuzilmasi uchun ochroq fon tavsiya etiladi. Natyurmortdagi buyum yoki narsalaming fazoviy holatini va mato qo‘yilgan stol yuzasini ko‘rsatib tasvirlash uchun, kompozitsiyani ufq chizig‘idan pastroqqa qo‘yish kerak.

Mavzu asosida natyurmort kompozitsiyasi tuzilgandan so‘ng, u yaxshilab kuzatiladi va taxminan 7x4 sm kichik o‘lchamda natyurmortning xomaki tasviri chizib ko‘riladi. Uni qog‘ozga joylashtirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Qog‘ozda birinchi reja stol yuzasi va natyurmortning umumiy o‘lchami - eni, balandligi qog‘ozda belgilanadi. Keyingi bosqichda undagi narsalaming alohida o‘lchovi belgilab olinadi. Natyurmort chizishning keyingi bosqichida simmetrik narsalar uchun simmetriya chizig‘ini, narsalar shaklining fazoda joylashishi va perspektiv qisqarishini ko‘rsatishga e’tibor qaratiladi. Yordamchi chiziqlar asosida joylashtirib, qurib, olingan natyurmortni ortiqcha chiziqlari o‘chirib tashlanadi. U qalam bilan aniq qilib chizib qo‘yiladi.





Undagi buyum va narsalaming yorag6 soyasi, refleksi, tushuvchi soyasi, blik qismi, yarim soyasi grafikada yoki rangda tasvirlanib, ulaming hajmi ko‘rsatiladi. Natyurmort asliga o‘xshashi uchun, chizilayotgan rasmning asli bilan rangi, shakli va yorug‘ soyasini tez-tez solishtirib turish kerak. 



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə