O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə40/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.


II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev Dastgoh rangtasviri sohasida samarali ijod qilgan manzarachi rassomlardan biri, 0‘zbekiston xalq rassomi О‘.Tansiqboyev 1904-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U tasviriy san’atdan dastlabki saboqni to‘garakka qatnab I. Repinning shogirdi N. Rozanovdan oldi. Rassom ilk asari “Toshkenboyev portreti”ni 1927-yilda yaratdi. 0‘. Tansiqboyev Rossiyaning Penza shahridagi badiiy pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, I. Repinning shogirdlari I. Goryushkin, Sorokopulov va N. Petrovlardan san’at sirlarini o‘rgandi. Yosh rassom Penza muzeyida tasviriy san’at asarlaridan nusxalar ko‘chirib, o‘z malakasini oshirdi.
0‘. Tansiqboyevning mustaqil ijodi 0‘zbekistonda 1940-yildan so‘ng boshlandi. U Ikkinchi jahon urushi bo‘lgan joylarga delegatsiya bilan borib, o‘z taassurotlari natijasi sifatida “Ozod etilgan yerlarda”, “Mal’unning yo‘li”, “Havo jangi” kabi asarlarini yaratdi. 1943-yil unga “0‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoni berildi. 0‘rol Tansiqboyev urushdan keyingi yillarda “Sholi hosilini yig‘ib olish”, “Bahor”, “Paxtani sug‘orish”, “Jonajon o‘lka”, “Issiqko‘l oqshomi”, “Tog‘da” kabi asarlarini yaratdi. Rassomning mashhur asarlaridan biri “0‘zbekistonda mart” deb nomlanadi.
Asarda quyosh tafddan bahra olayotgan maysazorlar, qiyg‘os gullagan daraxtlar, to‘lib oqayotgan daryo, daryoga boruvchi so‘qmoq, daryoning narigi tomonidagi tepaliklar va qirg‘oqning baland-pastliklari, qorli tog‘lar, quyosh nurida jilolangan bulutlar insonga zavq bag‘ishlaydi. Rassom, shuningdek, “Tog‘da bahor”, “Qayroqqum GESi tongi”, “Angren vodiysi” kabi asarlarini yaratdi. “Qayroqqum GESi tongi” asari rassomga muvaffaqiyat olib keldi. Asarda tasvirlangan narsalar - dengiz, osmon, kengliklar koloritining jozibasi insonni o‘ziga tortadi. Manzarada cho‘l, suv, tog‘, osmon yirik umumlashtirib tasvirlangan. Respublikamiz tog4 bag‘irlarida joylashgan go‘zal bir qishloqning oqshomini ifoda etuvchi manzara asarini “Tog4 oqshomi” deb atadi.
Asarda ulkan moviy tog‘lar, endigina yoqilgan xonadon chiroqlari, uylar yonidan oqib o‘tgan zilol soy, shuningdek, manzaraga hayotiylik bag‘ishlagan kattalar va bolalar tasviri ko‘zga tashlanadi. Tog‘da kech kirib, oqshom tushdi. Nazarimizda go‘yo soyning shovillashi, chigirtkalaming chirillashi, itlar ovozi eshitilayotgandek tuyiladi. 0\ Tansiqboyev 1955-1960-yillarda “Sirdaryo”, “Tog4 yo‘li”, “Angren- Qo‘qon yo‘li”, “Angren daryosi”, “Tog4da”, “Xumson oqshomi”, “Chorvoq qurilishida” va o'zining mashhur “Kuz tonggi”, “Mening qo‘shig‘im”, “Chordaryo suv omborida” kabi manzara asarlarini yaratdi.
О’. Tansiqboyev ijodining o‘ziga xos tomoni ona-Vatanga muhabbat, uni ulug‘lash, 0‘zbekistonning go‘zal va betakror tabiatini manzara asarlarida kuylash edi. 0‘zbekiston xalq rassomi O‘.Tansiqboyev bir necha bor xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan qatnashib, kumush medal bilan taqdirlandi. U vatanimiz san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun hulaimatimizning bir qator orden va medallari bilan mukofotlangan. Rassomning bir qator asarlari Moskvadagi Tretyakov galereyasi, Sharq xalqlari san’at muzeyi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova, Latviya, 0‘zbekiston san’ati muzeylaridan o‘rin olgan.
O’zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev M. Nabiyev 1916-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U tasviriy san’atdan ilk saboqni rassom Bahrom Hamdamiydan oldi. 1933-yilda rassomlik bilim yurtiga o‘qishga kirib, 1937-73 yil uni tugatdi. Keyinchalik M. Nabiyev bilim yurtida o‘qituvchilik faoliyatini olib bordi. 1962-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining badiiy grafika fakultetini tugatib, o‘zining san’at borasidagi ijodiy faoliyatim boshladi. U tarixiy shaxslar portretlarini va tarixiy voqealami tasvirlab, asar yaratishga qiziqar edi. Tarixiy shaxslar portretini yaratish murakkab bo‘lishiga qaramay, rassom tinimsiz mehnati, ijodiy izlanishlari tufayli buyuk siymolar portretlarini yuksak darajada yarata oldi. Bobur siymosini yaratish jarayonida bir necha yillar ijodiy izlanishlar olib bordi. U Bobur yashagan Andijon, Samarqand shaharlarida, shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lib, Bobur haqida ishlangan miniatyura asarlarini chuqur o‘rgandi. Rassomning tinimsiz izlanishlari, mehnati natijasida 1962-yil Zahiriddin Muhammad Bobur portreti yaratildi. Keng jamoatchilik asami olqishladi. 1973- yil Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan, Beruniy portretini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Malik Nabiyev ishlagan Beruniy portreti tanlovda birinchi o‘rinni oldi. Bu portret haqida YUNESKOning “Kurer” jumali, shuningdek, xorijiy mamlakatlaming jumal va gazetalarida maqola chop ettirdi. M. Nabiyev ijodidagi eng mashhur tarixiy shaxslar portretlaridan biri - 1993-yilda yaratilgan “Amir Temur” dastgohli rangtasvir portretidir. Rassom Amir Temurdek buyuk siymoning portretini yaratish uchun ellik yildan ortiq vaqt sarfladi. 1941-yil Amir Temur qabri ochilib, bosh suyagi olinadi. Rus haykaltaroshi M. Gerasimov Amir Temur bosh suyagi asosida uning haykalini ishlashga kirishadi. Shu davrlar M. Nabiyev tarix muzeyida Sohibqironning bosh suyagini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Rassom o‘sha paytdan boshlab Amir Temuming portretini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. M. Nabiyev ijodiy izlanish jarayonida Hindiston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlaming muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur shaxsiga oid miniatyura asarlari hamda adabiyotlami diqqat bilan chuqur o‘rganib chiqdi. 1993-yil Amir Temur siymosini yara tish bo‘yicha e’lon qilingan tanlovda M. Nabiyev o‘zi yaratgan Amir Temur portretining xomaki varianti bilan ishtirok etdi. Tanlovda M. Nabiyev tomonidan yaratilgan Amir Temur siymosi g‘olib deb topildi. Tanlov yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov ishtirok etib, asar haqida quyidagi fikrlami bildirdi: “Men umrining ko‘p qismi harbiy yurish va safarlarda, el-yurt tashvishida o‘tgan insonning qo‘llari, barmoqlari, gavdasi qanday bo‘lishi, yuz- ko‘zlari qanday ma’no anglatishi zarurligi haqida o‘z mulohaza va takliflarimni aytdim. Shundan so‘ng 0‘zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev ana shu fikrlar asosida portretni qayta ishladi va butunlay boshqa siymo - bugungi kunda xalqimizga yaxshi ma’lum bo‘lgan sohibqironning mumtoz qiyofasi paydo bo‘ldi. Aynan shu siymo keyinchalik yurtimizda Amir Temur bobomizga atab barpo etilgan barcha haykallar uchun asos bo‘lib xizmat qildi” (I. Karimov. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”. 2008-y. 151-152-betlar). Malik Nabiyev ozodlik uchun kurashni aks ettiruvchi “Spitamen qo‘zg‘aloni”, “Jizzah qo‘zg‘aloni”, “Samarqandda hunarmandlar qo‘zg‘aloni ” kabi qator asarlarini ham yaratdi.

O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev A. Abdullayev 1918-yilda Qozog‘istonning Turkiston shahrida tug‘ilgan. U portret janrida samarali ijod qilib, butun umri davomida inson tashqi qiyofasi va ichki dunyosini o‘rganishga, sir-u asrorlarini izlab, mohirona tasvirlashga intilib yashadi. Rangtasvirchi rassom Turkistondagi maktab intematda savod chiqardi. Uning maktabdagi ustozi yosh Abdulhaqdagi rasm chizishga bo‘lgan iste’dodni sezib, unga maktabdan so‘ng badiiy texnikumga kirib o‘qishni tavsiya etdi. 1932- yil yosh talaba o‘zining “Hovuz bo‘yida” nomli ilk etyudini yaratdi. Bu asar Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi tomonidan sotib olindi. A. Abdullayev texnikumda o‘qigan davrida “Do‘stim portreti”, “Ukam” deb nomlangan asarlarini yaratib, san’at olamiga yangi iste’dod kirib kelayotganligini namoyon etdi. 1937-yilda rassomga “Sigir sog‘ish” asari uchun Moskvaga sayohat yo‘llanmasi berildi. A. Abdullayev o‘z esdaliklarida I. Repinning Moskvadagi Tretyakov galereyasida saqlanayotgan portretlari uni rom etganligini to‘lqinlanib yozgan.



Rassom Samarqanddagi rassomchilik texnikumini bitirib, 1938- 1941-yillarda Moskva rassomchilik institutida ta’lim oldi. U “Abror Hidoyatovning Otello rolidagi portreti”, “Mannon Uyg‘ur portreti”, “Usta Shirin Murodov portreti”, “Oybek portreti”ni ishladi. “Otello” spektaklini tomosha qilgandan so‘ng, rassom A. Hidoyatov timsolidagi Otelloning xarakterli qiyofasini yaratdi. Aktyor qiyofasida o‘ziga ishonch, iroda, qaynoq ehtiros, shiddat, vajohat ko‘rinib turadi. 
Obraz ta’sirini kuchaytirish uchun rassom aktyor qomatini surat tekisligining chegaralariga tarqalgan holda tasvirlagan. Asardagi to‘q qizil, jigarrang, och-sarg‘ish ranglar Otelloning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qilgan. Rassomning 1956-1960-yillarda Hindiston, Afrika, Indoneziyaga qilgan sayohati unga ijodiy ko‘tarinki1ik bagcishladi. 1957-yil Safar taassurotlari asosida “Indira Gandi”, 1964- yil “Hind ayoli”, “Jaypurda”, “Milliy libos kiygan sinx”, “Indoneziya bosh kiyimidagi avtoportref’ni, 1966-yilda “Fransuz tili o‘qituvchisi”, “Senegallik yigit” kabi portret asarlarini yaratdi.
A. Abdullayev “Sobir Abdulla”, “Buvi va nabira”, “Malika” kabi portret asarlarini ishlashda iliq va to‘q ranglardan foydalangan. 1973-yil yaratgan “Yer farzandi” asarida portret fonida manzaradan foydalangan. 1970-1980-yillarda rassom buyuk shoir Alisher Navoiy portretining bir necha variantlarini chizdi.
Rassomning asarlari to‘g‘risida ko‘plab fikrlar aytish mumkin. Lekin uning mashhur portretlari haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bular Alisher Navoiy, Furqat, Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Nazarali Niyozov, Mamatisoq ota Toshmatov, Oybek, Hamza, Abdulla Qahhor, Turob To‘la, Habibiy, Ibrohim Rahim, Chingiz Ahmarov, Hamid Olimjon, Said Ahmad, Shayxzoda, Izzat Sulton, Qori Niyoziy, Mirtemir, Shuhrat, Usta Shirin Murodov, Sobir Abdulla, Shukrullo, Hamid G‘ulom, Komil Yashin kabi mashhur fan va adabiyot, san’at arboblari, fidoiylar, allomalar siymolaridir. A. Abdullayevning asarlari jahonning nufuzli muzeylaridan joy olgan.
Rafael Santi
Uyg‘onish davrining buyuk rassomi Rafael Santi 1483-yilda Italiyaning Urbino shahrida tu- g‘ilgan. 1520-yil Rimda vafot etgan. U rassomchilik ta’limini us- tozi mashhur rassom Perujinodan oldi. Rafael ijodining bosh g‘o- yasi insonparvarlik, inson go‘zal- ligi va mukammalligini tarannum etishdan iborat edi. Rassomning ilk asarlari “Ritsar uyqusi”, “Mariyaning nikohi” deb nomlanib, unga shuhrat keltirdi. Rafael Santining portret janrida yaratgan madonna asarlaridan “Madonna Konestabels”, “Madonna Gran- duka”, “Bog‘bon Madonna”, “Ma¬donna Alba”, “Madonna di Folino” kabilar diqqatga sazovor bo‘ldi. 
Rassom tomonidan 1515-1519-yillarda yuksak badiiy saviyada ishlangan mashhur asar “Sikstin Madonnasi”dir. Bu asar rivoyatlar asosida chizilgan bo4 lib, Germaniyaning Drezden galereyasida saqlanadi. Rafael bu asarida Bibi Mariyam bola ko‘tarib osmondan pastga tushib kelayotgani, uni avliyo Sikstin va muqaddas Varvara kutib olayotganlari, Bibi Maryam insoniyatni saqlab qolish uchun o‘z o‘g‘lini qurbon qilib, ikki farishta orqali bashariyatga tortiq qilayotgani mohirona tasvirlangan. Rassomning “Tobutga qo‘yish”, “Stansa dela Senyatura”, “Papa Yuliy II”, “Kardinal portreti”, “B. Kastilone”, “Leo X kardinallar bilan”, shuningdek, mahobatli rangtasvir asarlaridan “Munozara”, “Afina maktabi”, “Parnas”, “Aql, mezon va kuch” kabi suratlari e’tirofga loyiq boclib, unga katta shuhrat keltirdi.
Bryullov KarlMashhur rus rassomi K. P. Bryullov 1799-yilda Peterburgda tug‘ilgan. 1852-yilda vafot etgan. U Peterburg Badiiy akademiyasida ta’lim olgan. Germaniyaning Drezden, Myunxen tasviriy san’at galereyasida bo‘lib, buyuk rassomlar ijodini o‘rgangan.
1823-1835-yillar davomida Ispa- niyada yashab, Uyg‘onish davri rassomlari va izdoshlari ijodi bilan tanishdi. Italiyadagi faoliyati davrida “Italiya tongi” (1923), “Italiyada tush payti” (1827), “Chavandoz ayol” (1832), “Samoylovaning D.
Pachini va arab bolakay bilan por¬treti” (1832-1834), “Krilov por¬treti” (1839) kabi asarlari bilan shuhrat qozondi. Rassom ijodida
inson go‘zalligi hamda dramatizm, realistik an’analar asosiy o‘rinni egallaydi. Uning “Pompeyning so‘nggi kuni”, “M. Lanchi portreti” nomli asarlarida rassom ijodidagi an’analami ko‘rish mumkin. U tasviriy san’atga romantizm oqimini olib kirdi.
Shishkin Ivan Ivanovich
Mashhur rus rassomi I. Shishkin 1832-yilda Tataristonning Ela- buga qishlog‘ida tug‘ilgan. 1898-yilda Peterburgda vafot etgan. U 1852-1856-yillarda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va me’morlik bilim yurtida dastlabki ta’limni oldi. 1856-1860-yillarda Badiiy akademiyada o‘qigan. Tasviriy san’atning manzara janrida ijod qilgan rassom Rossiya tabiatining go‘zalligini, ulug‘vorligini tarannum etgan. Uning 1878-1891-yillarda yaratgan “0‘rmondagi tegirmon”, “Emanzor”, “Qarag‘ayzor tongi”, “Qayinzor”, “Bug‘doyzor”, “Yowoyi shimolda”, “Kemabop daraxtlar o‘rmoni”, “Qish” kabi asarlari diqqatga sazovordir. Shishkinning asarlari Kiyev, Moskva tasviriy san’at muzeyi va galereyasidan, shimingdek, 0‘zbekiston tasviriy san’at muzeyidan joy olgan. U Akademik unvoniga sazovor bo‘lgan.
Repin Ilya Yefimovich
Mashhur rus rassomi I. Repin 1844-yilda Ukrainaning Xarkov viloyati Chuguyev qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938-yil Peterburg yaqinidagi Kuokkalada vafot etgan. I. Repin 1864-1871-yillarda Peterburg Badiiy akademiyasida o‘qigan. Rossiya va xorijiy davlatlar bo‘ylab qilgan sayohati asosida portret, maishiy va tarixiy janrlarda ko‘plab asarlar yaratdi. 0‘z asarlarida kishilaming og‘ir turmushini, adolatsizliklami, rus xalqi ijtimoiy hayotidagi qarama-qarshiliklami realistik tarzda aks ettirgan. Bimday asarlarga 1870-1885-yillarda yaratilgan “Volga burlaklari”, “Kurs gubemiyasidagi salb yurishi”, “Kutmagan edilar”, “Tavbadan bosh tortish” kabi asarlarini kiritish mumkin. Rassomning tarixiy voqealami hayotiy, ta’sirchan qilib aks ettirgan “Ivan Grozniy va uning o‘g‘li Ivan”, “Zaporojeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda” nomli asarlari mashhurdir. 1885— 1891-yillarda I. Repin V. Stasov, M. Musorgskiy, L. N. Tolstoy, I. Pavlov kabi mashhur san’at arboblari, yozuvchilar, olimlaming portretlarini yaratib, portret janrida samarali ijod qildi. U ko‘p yillar Peterburg Badiiy akademiyasida rektor lavozimida ishlab, yosh rassomlarga ta’lim bergan. Uning asarlari Moskvadagi tasviriy san’at muzeyi va Tretyakov galereyasida, 0‘zbekiston tasviriy san’at muzeyi hamda jahonning ko‘plab san’at muzeylarida saqlanmoqda.

18-amaliy mashg‘ulot
Amaliy mashg‘ulot jarayonida rassom asarlarini badiiy idrok eting.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Takrorlash uchun savollar:
1.0’. Tansiqboyev dastlabki saboqni qayerda olgan?
2.0‘. Tansiqboyevning mashhur asari qanday nomlanadi?
3.M. Nabiyev qachon va qayerda tavallud topgan?
4.M. Nabiyevning eng mashhur tarixiy portret asari qanday nomlanadi?
5.A, Abdullayevning ilk asari qanday nomlangan?
6.K. Bryullov qayerda tug‘ilgan?
7.Shishkin qaysi janrda ijod qilgan?
8.Repin o‘z asarlarida qanday voqealami aks ettiradi?

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə