O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə37/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Tasviriy san’at o‘z yo‘nalishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. Bular grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik kabi turlardan tashkil topgan.
Dastgoh asarlari tasviriy san’atning barcha turida mavjud bo‘lib, ular dastgoh grafikasi, dastgoh haykaltaroshligi va dastgoh rangtasviri deb nomlanadi.
Dastgoh grafikasi - mustaqil xarakterga ega, o‘zida tugal fikr va yangi g‘oyalami ilgari suradigan grafika asarlaridir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlar xatti-harakati, tabiat ko‘rinishi yoritiladi.
Dastgoh haykaltaroshligi - inson psixologiyasidagi nozik o‘zgarishlami, ruhiy kechinmalarni, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, u tabiatdagi hayvon va jonivorlaming hayoti, kuchi, xarakterini ko‘rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligi asarlaridan biri byust bo4lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo‘ladi.



Dastgoh rangtasviri - tasviriy san’atda yetakchi o‘rinni egallab, maxsus dastgoh molbertlar yordamida uncha katta bo‘hnagan olchaxnlarda ishlanadi. Dastgohli rangtasvir asarlari mato, karton faner kabi tekis yuzali materiallarga moyli va akvarel bo‘yoqlari bilan ishlanadi. Rangtasvir asarlari maxsus molbertlarda ishlangani uchun dastgohli rangtasvir deyiladi. Dastgohli asarlarda jamiyatdagi muhim voqea va hodisalami aks ettirishdan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, his-tuyg‘ularini to‘liq ifoda etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, asarlarda tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Dastgohli rangtasvir mahobatli va dekorativ rangtasvirdan farq qilib, mustaqil ahamiyatga egadir. U boshqa san’at bilan bog‘lanmaydi. Muzey ко‘ rgazmalaridagi suratlaming asosiy qismi dastgohli rangtasvir turiga mansubdir. Dastgoh rangtasviri birmuncha kechroq shakllangan bo‘lib, uning rivojlanish davri uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. 0‘zbekistonda rangtasviming dastgohli turi XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab shakllandi. Bu davrda rangtasvir asarlarining birinchi mualliflari XIX asr o‘rtalaridan 0‘rta Osiyoga kela boshlagan xorijlik rassomlar edilar. Ular 40 dan ortiq bo‘lib, ayrimlari 0‘zbekistonda butunlay qoldilar, shu yerda murabbiylik qilib, yevropacha san’at asoslarini mahalliy yoshlarga o‘rgatdilar. Bular orasida rus rassomlaridan V. V. Vereshchagin, N. N. Karazin, D. Kavkazskiy, R. Zommer, O. Fedchenko, haykaltarosh O. Mikeshin, ukrainalik rassom S. S. Svetoslavskiy, gruziyalik rassom G. Gabashvili va boshqalar bor edi. Shu o‘rinda 0‘zbekiston dastgohli rangtasvirining taraqqiy etishiga katta hissa qo‘shgan rassomlar nomlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir.

Bulardan Us»ta Mo‘min (A. Nikolaev), Adullayev, M. Nabiyev, Q. Basharov, T. Muhamedov, V. Burmakin, B. Boboyev, T. Quryozov, A. Ikromjonov, J. Umarbekov, B. Jalolov, A. Mirzayev, Z. Faxriddinov, A. Mo‘minov, A. Nuriddinov, O. Qozoqov, L. Salimjonova, A. Mirsoatov va boshqalar samarali ijod qildilar. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan ko‘plab dastgohli rangtasvir asarlari yaratildi. Bularga portret janrida yaratilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa ajdodlarimizning portretlarini kiritish mumkin.




Nikolay Karaxanning “Oltin kuz” asarini taxminiy tahlili: asar sujeti sodda, oltin kuz avj pallada. Ko‘kimtir tog‘lar va moviy osmon foniga oltinsimon sariq rangga burkangan daraxtlar ko‘zga tashlanadi. Oldingi planda so‘qmoq yo‘l, qoramtir toshlar, ko4kimtir xarsang toshlar, oftobda kuygan octlar, kuzgi sariq, oltinsimon, qizil, och qizil shox-shabbalar aniq, yaqqol ko‘rinib turibdi. Orqa tomonda - yumshoq ko‘k moviy tumanga o‘ralgan ulkan tog' tizmalarida daraxtzorlar salgina ko‘rinadi. Tog‘lar ustida quyosh nurlari bilan yoritilgan oq bulutchalar zangori osmonni bezagan. Quyoshning g‘ira- shira nurlaridan kun o‘tib, kuz kechasi boshlanayotganini sezish mumkin.


Tomoshabin diqqati egri-bugri so'qmoq yo‘lga qaratiladi. Yo‘lning chekkalarida kulrang xarsang toshlar bo(lib, ular atrofida sarg‘aygan o‘tlar, biri sariq, boshqasi qizil butachalar go‘yo yonib turibdi. Uzoqdagi so‘qmoq yo‘lda o‘zbek qizi, tabiatga maftun bo‘lib to‘xtab qolgan. Qiz ham borliq singari go‘zal, latofatli tabiatning ajralmas boiagi sifatida bir-birini to‘ldiradi. Surat haqiqatga o’xshaydi va chuqur lirik asar.
Rassom asardagi hamma narsani o‘zaro bog‘lab, tabiatga bo‘lgan muhabbatini tasviriy vositalar yordamida ochib beradi. Asarda o‘lchov va rang perspektivasidan o‘rinli foydalanilgan. Ayniqsa, ichkariga kirib kichrayib borayotgan daraxtlar, salgina ko‘zga tashlanadigan qiz tasviri fazoviylikni, kenglikni his qilishga yordam beradi. Surat xususiyati rang gammasi bilan bog‘langan holda muayyan kayfiyatni yaratishga yordam beradi. Oltinsimon sariq kolorit suratning asosiy rangi bo‘lsa ham, ranglar tuzilishi turli-tumandir. Surat 0‘rta Osiyo tabiatiga xos ko‘zni qamashtiradigan yorqin kontrast ranglardan tuzilgan. Masalan, ko‘k tog‘lar oltinsimon sariq daraxtlarga qarama-qarshi rang tarzida qo‘yilgan. Suratdagi barcha elementlaming tahlili va fikrini shunday xulosalash mumkin: tabiatdagi go‘zallik abadiy, inson uni to‘ldiradi va bulaming hammasini asramog‘i kerak. Rassomda asosiy g‘oya, tabiatni sevish, u bilan quvonish va faxrlanishdir.
“Oltin kuz” asarini badiiy idrok etish va tahlil qilish bo‘yicha mustahkamlovchi savollar:
1.Rassom haqida qisqacha ma’lumot.
2.Rassom bizning diqqatimizni nimalarga qaratadi?
3.Birinchi planda nimalar tasvirlangan? Orqa planda nimani ko‘ramiz?
4.Rassom suratni qanday atagan? Bu mavzuni qanday yoritib berdi?
5.Manzara haqiqatga o‘xshaganmi?
6.Tasvirlangan narsalaming o‘zaro nisbati qanday?
7.Asarda o‘lchov va rang perspektivasi hal etilganmi?
8.Asar chizgisi ritm yaratganmi?
9.Asar qanday koloritda ishlangan?
10.Rassom asarida qo‘yilgan maqsadga erishganmi?
11.Asaming yetakchi g‘oyasi, rassomning dunyoqarashi, fikrlari bilan ifoda qilinganmi?
12.Surat sizga yoqdimi?
13.Manzaraning qaysi tomonlari sizga yoqdi?
14.Bu asar sizga nima berdi? 
Portret asarini badiiy idrok etish va tahlil qilish. Dastgoh rangtasvirida o‘zining mashhur asarlarini yaratgan Uyg‘onish davri rassomlaridan biri Leonardo Da Vinchidir U 1503-1505-yillarda o‘zining mukammal asari “Mona Liza” nomli portretini yaratdi. Mazkur asar yaratilganiga 500 yildan oshgan bo‘lsa-da, asarga qiziqish hamon so‘ngani yo‘q, millionlab tomoshabinlar Amerika Yaponiya, Rossiyada tashkil etilgan ko‘chma ko‘rgazmalarda bu asami ko‘rish uchun kun-u tun navbat kutib turadilar. “Mona Liza” asari haqida yuz jilddan ko‘proq kitoblar yozilganligi ham asaming mashhurligidan dalolat beradi Portretning orqa planida murakkab tabiat ko‘rinishi aks ettirilgan. Ayol tabiatning ajralmas qismi va u bilan bog’langan. Sochlari, kiyimlaridagi buklanish go‘yo tabiat ritmini qaytarayotgandek tuyiladi.
Ayol nigohidagi samimiylik va mehribonlik, latofat va go‘zallik bilan uyg‘unlashib ideal go‘zal inson qiyofasini gavdalantiradi. Leonardo butun umri davomida o‘zi ishlagan barcha asarlarini sotgan bo‘lsa-da, “Mona Liza” asarini katta pulga ham sotmagan. “Mona Liza” asarini doimo o‘zi bilan olib yurgan. 
Portret asarini badiiy idrok etish va tahlil qilish bo‘yicha mustahkamlovchi savollar:
1.Portretda kim tasvirlangan?
2.Rassom e’tiborimizni qanday narsaga jalb etadi?
3.Portret asosida qanday g‘oya yotadi?
4.Portret qanday tasvirlangan, odatdagidekmi yoki tantanali?
5.Rang portret g‘oyasini qanday ochadi?
6.Asarda rang hajm va perspektivani qanday ko‘rsatadi?
7.Portret foni qanaqa, uning roli nimadan iborat?
8.Tasvirlanayotgan obrazaiing xarakteri (xushchaqchaq, vazmin, aqlli, ziyrak, beg‘am) qanday?
9.Portret sizda qanday taassurot va fikrlar uyg‘otdi?

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə