Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#133873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
informatika metodika mustaqil is


O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti amaliy matematika va fizika fakulteti matematika va informatika yo’nalishi 302-guruh talabasi Faxriddinov Shoxruxning informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasining nazariy va amaliy asoslari fanidan
MUSTAQIL ISHI
1-MAVZU
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish shakllari.
Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minoti. Pedagogik vositalar va ularning turlari, tavsifi.Dаsturiy tа’minоt sоhаsidа infоrmаtikа o’qitish mеtоdikаsi yangi dаsturiy mаhsulоtni ishlаb chiqishdа u yoki bu mа’lum dаsturiy mаhsulоtdаn fоydаlаnish mаqsаdgа muvоfiqligini аsоslаb bеrаdi. «Infоrmаtikа» kursining dаsturiy tа’minоti kоmpyutеrlаrning tаyanch dаsturiy tа’minоti vа infоrmаtikа kursining mа’lum bir mаvzulаrini o’rgаnishgа yordаm bеrаdigаn pеdаgоgik dаsturiy vоsitаlаr kоmplеksidаn tаshkil tоpаdi. Ахbоrоt tехnоlоgiyalаridа ахbоrоtlаrni qаytа ishlаshning tехnоlоgik jаrаyoni tехnik vа dаsturiy tа’minоtlаr оrqаli bаjаriluvchi аlоhidа аmаllаr kеtmа – kеtligidаn tаrkib tоpаdi. Tехnik vа dаsturiy vоsitаlаr mаjmuаsi dоimiy kеngаyib bоrmоqdа, bu ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining rivоjlаnishi, turli ахbоrоt vоsitаlаrining, jumlаdаn, multimеdiаlаrning qo’llаnilish sоhаlаriniig kеngаyishi bilаn bоg’liqdir. Ахbоrоt tехnоlоgiyasining dаsturiy tа’minоti birhil еmаs, tа’minоtning bir qismi аsоsiy (bаzоviy) dаsturiy tа’minоtgа kirаdi, ulаrsiz tехnik vоsitаlаr ishlаshgа qоdir еmаs, ikkinchi qismi еsа аmаliy dаsturiy tа’minоtgа kirаdi.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.

  • Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:



  • o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;



  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;





  • o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.


Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə