Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti


Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə8/12
tarix28.11.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#133873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
informatika metodika mustaqil is

Informatika fanidan test savollarini tuzish metodikasi
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga qo‘yiladiladigan asosiy talablar. O‘qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu muammoni malaka ishida yoritish lozim deb topildi.
Testologiya – (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test - sinov), yunoncha logos - bilim) so‘zlari birikmasidan iborat. Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi.
Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi. Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda.
  • Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:


  • Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;


  • Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;


  • Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;


  • Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;


  • Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;


  • Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;


  • Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;





Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə