Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti


Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#133873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
informatika metodika mustaqil is

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan



Davlat ta’lim standarti
O’quvchilar informatika asoslariga oid quyidagi bilim,ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:
— informatika va hisoblash texnikasi asoslariga oid tushunchalarni bilish;
zamonaviy kompyuter texnikasi, asosiy qurilmalari va ularning ish prinsiplarini bilish;
—axborotni tasvirlash, kodlash, o’lchash va qayta ishlash usullarini bilish;
— algoritmlashning asosiy ko’nikmalariga ega bo’lish;
— kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lish;
— zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi istiqboli haqida tasavvurga ega bo’lish;

dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qo’llanilishini bilish;


— kompyuter savodxonligini minimal darajada namoyish qila olish;
— inson faoliyatining turli sohalariga kirgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyish qila olish.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o’qitish — ta’limining umumiy maqsadlariga hizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatining shakllanishi va o’sishi, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə