Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarining dasturiy ta’minoti


Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə6/12
tarix28.11.2023
ölçüsü48,54 Kb.
#133873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
informatika metodika mustaqil is

Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari.
O’quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o’quv yili davomida sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.
Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazalarga bog’liq.
Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko’rib chiqamiz:
  • ogzaki so’roq,


  • uy ishi,


  • o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish, – laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli. O’quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatidaturli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilishmumkin.


Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko’proq mustaqil nazorat turi.Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy vayakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o’zaksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o’quvfaoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik(orqada qolish sabablarini e’lon qilish); tashkiliy (qo’llanilayotganmetodlar samaralari); tarbiyaviy-motivatsion (oraliq nazoratnatijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashnimustahkamlash.)


Oraliq nazoratning maqsadi o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lumbir mavzularining o’zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorato’qituvchi tomonidan og’zaki va yozma shaklda o’tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat yozma ish, og’zaki va test shaklida o’tkaziladi.
Yozma ish yakuniy nazoratning eng ko’p tarqalgan shaklidir. Busezilarli qisqa vaqt ichida bir vaqtda ham o’quvchi bilimini baholash,ham baholarning xolisligi imkoniyati bilan tushuntiriladi. Yana birafzalligi: bahoning pasayishiga olib kelgan, o’quvchi yo’l qo’ygan xatolar va noaniqlar, hamda munozarali holatlarni hal qilishda asoslangan yondashish. Bu usulning mohiyati o’qituvchi bir ikki dasr o’tgach, o’quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o’tkazadi.
Yozma ishni o’tkazishda qator didaktik o’quvchilarga e’tibor qaratilishi kerak. Birinchidan, yozma ish faqat o’tilgan material yaxshi o’zlashtirilganligiga o’qituvchining ishonchi kamil bo’lsa o’tkaziladi. Ikkinchidan, o’quvchilarga oldindan e’lon qilinishi kerak va tayyor vazifalar ishlab ko’rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish ichida o’tilgan darslar mazmunini beruvchi ijodiy savollar bo’lishi kerak. To’rtinchidan, o’quvchilar mustaqil ishlab, ko’chirishga yo’l qo’ymasligi kerak. Ishni, nihoyat, o’qituvchi etibor bilan analiz qilishi kerak.

5-MAVZU
Test asosida o’quvchilarni informatikadan bilimini nazorat qilish shakl va usullari.



Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə