O‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali “sirtqi” fakulteti “Iqtisodiyot


Kichik biznesning ustivorliklari va iqtisodiyotdagi ijtimoiy



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/6
tarix29.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#125004
1   2   3   4   5   6
2-mavzu yuzasidan topshiriq

Kichik biznesning ustivorliklari va iqtisodiyotdagi ijtimoiy – iqtisodiy vazifalari. Kichik biznesning respublikamizda rivojlanishi quyidagi ustuvorliklarga ega:
1 turli ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini 33 silliqlab turuvchilik roli;
2 faol va tadbirkor shaxslar, yuqori darajali biznesmenlar shakllanshiga;
3 iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasida o‘zaro mustaxkam aloqalar o‘rnatishga;
4 jamiyatda siyosiy vaziyatni kafolatlovchi o‘rta sinf shakllantirilishiga;
5 nisbatan kam mablag‘lar hisobiga yangi ish joylari yaratilishiga;
6 texnologik texnik va tashkiliy yangiliklar tez tadbiq etilishi va bevosita ishlab chiqarilishiga; raqobat muhiti yuzaga keltirilishiga;
7 monopol korxonalar kamayishiga:
8 Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlari natijasida vujudga kеlgan muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
O‘zbekitonda kichik biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o‘sishining qo‘shimcha manbalarini yaratishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etishda katta ro’l o‘ynaydi, ya’ni aholini ish bilan ta’minlash, milliy boyliklarini ko‘paytirish va millat farovonligi uchun xizmat qiladi. Kichik biznes korxonalari tashkil etilishi va rivojlanishi natijasida ko‘pgina manopol korxonalar tugatilib, mulkchilikning boshqa shaklidagi bozor talablariga javob bera oladigan, kam mablag‘ talab qiladigan va bozorda o‘z ulushi uchun raqobatlashadigan korxonalar vujudga keladi. Bundan tashqari kichik biznes korxonalari iqtisodiyotdagi qayta tuzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni nisbatan tez va ortiqcha sarf harajatlarsiz yechishga, ichki bozorni moliyaviy 34 resurslar chegaralanganiga qaramasdan iste’mol mollari bilan to‘ldirishga qodirligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektor asosiy o‘rinni egallab bormoqda. Mamlakatimizda kichik biznes xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keldi. Hozirgi vaqtda mamlakatimzda ishlab chiqarilayotgan 80.9% qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, chakana savdo va aholiga pulli xizmat ko‘rsatishning deyarli hammasi nodavlat sektori xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Кichik biznes bajaradigan vazifalarning asosiylaridan biri shundan iboratki, kichik biznes jamiyatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi o‘rta sinifni shakllantiradi. Har qanday jamiyatda o‘rta mulkdor sinfi iqtisodiyot rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Kichik biznesning yana bir muhim vazifasi iste’mol talabining tabaqalanishi va individuallashuvi sharoitda keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni amalga oshirishdir. Bugungi kunda keng rivojlangan kichik biznessiz zamonaviy iqtisodiyotni tasavvur etib bо’lmaydi. U bir tomondan qandaydir darajada yirik korxonalar bilan raqobatda bo‘ladi va shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga, moda va istemolchilar didi tez-tez almashib turishiga iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, kichik korxonalarning katta qismi yirik biznes bilan hamkorlik qiladi, ularga xos bo‘lgan texnik konservatizmni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Kichik biznesni rivojlantirish bozorni iste’mol tovarlari va xududiy monopolizmga barham berishga, raqobat muhiti vujudga kelishi va kengayishiga, ilmiy texnika natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, eksport salohiyati yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik biznesni yana bir xususiyati nisbatan kam harajatlar evaziga yangi ish o‘rinlari yaratish va shu orqali bandlik muammosini hal etishga xissa qo‘shishi hisoblanadi. Shu bilan birga, kichik biznes turli ijtimoiy guruhlar daromadlari o‘rtasidagi tafovvutlarni qisqartirishga, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni sarmoyadorlik darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirishga, iqtisodiyot turli sektorlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishga o‘z xissasini qo‘shadi. Kichik biznesning ijtimoiy vazifalari ham muhim ahamiyatga ega. Kichik biznes kishilarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik,ijodkorlik saloxiyatlarini namoyish etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Unda yirik korxonalardan farqli o’laroq, ishlab chiqarish natijalari va ishlovchilar manfaatlari o‘rtasida bog‘liqlik yaqqol ko‘rinib turadi. Kichik biznesning yana bir muhim ijtimoiy vazifasi shundan iboratki, u ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlamlari-ayollar, nogironlar, pensionerlar va boshqalarni ish bilan ta’minlaydi hamda ularning mehnatidan keng foydalanadi. Yosh mutaxassislar ishlab chiqarish tajribasi ortishiga sharoit yaratadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə