O‘zbekiston r



Yüklə 170,08 Kb.
səhifə7/17
tarix04.05.2023
ölçüsü170,08 Kb.
#108265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
NIKA QO\'ZG\'OLONI 222

1.3. "Nika qo'zg'oloni"
"Nika qo'zg'oloni" Qozg'olon 532 yil 11 yanvarda Konstantinapol sirki (ippodrom) da imperator huzirida boshlandi. "Yashil" deb ataladigan sirk oppoziyachi partiyalaridan biri aholi nomidan shikoyat yozib, unda yuqori mansabdor chinovniklarni jazolash talab qilingan edi. Yustinian rad etib, jahl bilan ippodromni tashlab chiqib ketdi. Bunga javoban qo'zg'alon ko'tarilib ketdi. Qo'zg'alonchilar «Nika» (Grekcha – “G'alaba qozon”! - demakdir) degan shior ko'tardilar. Qo'zg'olon butun poytaxt va unung atrofiga yoyildi. Yustinian nochor ahvolga tushib qoldim, deb o'ylab, u hatto Konstantinapoldan qochib ketmoqchi ham bo'ldi.
Qo'zg'olon besh kun davom etib, Yustinianning sarkardasi Vilizariy tomonidan daxshatli shavqatsizlik bilan bostirildi. 30 mingtagacha kishi o'ldirildi.
«Nika» qo'zg'olonining harakatlantiruvchi kuchlari Yustinian siyosatidan norozi bo'lgan senatorlar va shahar xalq ommasi edi. Harakatda qatnashgan sirk guruhlarining o'zi - «Yashillar « va « Ko'klar « deb atalgan guruhlar sport tashkiloti bo'lib, shu bilan bir vaqtda muhim siyosiy rol o'ynar edilar. «Ko'k» larni Yustinian saroy ahli qo'llab - quvvatlardi, «Yashil» laming esa aristokratik oppoziyachilar orasida juda kuchli homiylari bor edi. Shu bilan bir vaqtda «Ko'klar» ham «Yashillar» ham Konstantinapoldagi ancha keng demokratik tashkilotlar bilan - dimlar bilan bog'langan edi. Dimlar eski vaqtdagi shahar o'z -o'zini idora qilish boshqarmasining qoldig'i bo'lmish o'ziga xos rayon xalq uyushmalari bo'lib, Yustinian vaqtida xalq ancha e'tibori bor edi8 va hukumat aristakratlar ham ular bilan hisoblashishga majbur edi.
Ma'muriy va moliyaviy zulmning kuchayishi 532 yil voqealari Yustinia va uning ichki siyosatiga katta ta'sir ko'rsatdi. 532 yildan keyin dimlar faoliyati ancha o'zgardi, yustinian senatorlarga qarshi kurash olib borib, magnatlarning juda katta yerlarini musodara qildi. Provoslav cherkoviga, episkoplarga, monastirlarga homiylik qilib, ularga ko'p yerlarni bo'lib berdi. Yustinian harbiy xizmatidagi o'rta darajali elementlarga ko'proq tayandi, musodara qilingan yerlarning ko'p qismi ularga berildi.
Yustinian mamlakatni bohqarishi sistemasini qattiq markazlashtirdi. Yustinian hukumati davlat moliyasiga ham katta e'tibor berdi. Aholidan olinadigan soliqlar bir necha hissa ko'paydi. Imperator xazinasi aholidan yer, jon, hunarmandlik (hunarmandlardan) va savdo soliqlari soliq yo'li bilan juda katta mablag'lar olar edi. Yustinian ipak, tuz va hokazolarga imperator mmonapolyasidan keng foydalandi. Imperator davlat ishxonalarida qullar mehnatidan keng foydalanildi. Moliyaviy tuzum mamlakatning iqtisodiy hayotiga juda yomon ta'sir qildi va xalq ommasining vayron bo'lib ketishiga sabab bo'ldi. Provoslav cherkoviga yon bosib, ularnung ta'limotiga qo'shilmovchi yeriklarni juda keskin ta'qib ostiga oldi. Bularning hammasi aholi orasida norozilikning keskin kuchayishiga sabab bo'ldi. Shaharliklar ,dehqonlarning norozilik g'alayonlari boshlandi, qullarning asirlikdan qochishlari to'xtamay davom qilib turdi.

Yüklə 170,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə