O’zbekiston republikasi


-qoida. Sizga yoqmaydiganlar bilan dam olish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə65/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

9-qoida.
Sizga yoqmaydiganlar bilan dam olish.
Agar dam olishga bir guruh bo`lib otlangan bo`lsangiz oldindan aniqlab oling: bu insonlar siz birga dam olishni istagan kishilarmi o`zi? Agar bunga rozi bo`lmayotgan bo`lsangiz, unda dam olishga yakka jo`nang.
10-qoida
Uydan chiqmaslik.
Ta`lim vaqtida shart-sharoitni mudom o`zgartirib turish lozim. Axir notabiiy narsalar, g`ayrioddiy voqealar ko`proq yodimizda qoladi. Agar dengiz timon yo`l olishga qurbingiz yetmasa, toqqa, o`rmonga, dala hovliga yo`l olishingiz mumkin. Kundalik ish kuningizni tubdan o`zgartiring, kundalik tashvishlardan voz keching, ta`tininfaqat o`zingizga bag`ishlang. Bu esa go`zalligingizni yanada oshirib, ruhingizni tetiklashtiradi, barcha charchoqlarni albatta unutasiz.


Musiqa orqali shaxs psixologiyasiga ta’sir ko`rsatish

Ta’lim-tarbiya jarayonining kechishi ritmik shaklda bo`lib gox gamgin, gox xursand, gox tekis, gox tartibsiz, gohida esa tinchlantiruvchi xususiyat kashf etadi. Shunday ekan ta’lim-tarbiya jarayoniga musiqani kiritish chalg`ituvchi, dam oluvchi, davolovchi, tinchlantiruvchi xislat kashf etadi. Musiqadan foydalanish ish unumdorligini, ijobiy hissiyot (kayfiyat)ni oshiradi. Ilmiy izlanishlar shuni ko`rsatadiki,h;ar bir mashxur musiqa asarlari ma’lum ritmik asosda, matematik logika asosida, past, yuqori, uzun, qisqa notalarda tuzilganki, u odam psixikasiga ta’sir ko`rsatib, uni ishdan chiqarishi, kasallantirishi yoki davolashi mumkin.


Ayrim musiqa asarlari odamni jonlantirib uzoq yurishga marshga chorlasa, ayrimlari charchoqni chiqarishga (maqom), ayrimlari esa jonlantiruvchi (estrada) xususiyatiga ega. Bu bilan musiqa hamisha ham bir xil ta’sir qiladi degan xulosa chiqarib bo`lmaydi, albatta. .
Musiqaning ta’siri shaxs «kuchli» yoki «kuchsiz» ekanligiga, musiqa ohangi «past» yoki «yuqori»ligiga (detsibal) xam bog`liq. - Shuning uchun musiqa tanlay bilish ham kerak.
Musiqa tinglash orqali ish unumdorligini oshirish qatnashuvchilarning yoshiga, qanday musiqani yoqtirishlariga va qanday ishni (darsni) bajarayotganligiga ham bog`liq- Musiqa tanlay bilish psixologdan katta mahorat talab qiladi. Shuning uchun musiqa asarini tanlayotganda maqsadga muvofiq ravishda tanlasa, ish unumdorligi yaxshi bo`ladi.
Hordiq chiqaruvchi, jonlantiruvchi, kayfiyatni ko`taruvchi, muskullarni jonlantiruvchi (raqs bilan) va xokazo. Sharq kuylarini tanlab psixologik ta’sir ko`rsatish xonasi yoki maktab radio uzelidan foydalanib ta’lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshirish, ruhiy yaxshi kayfiyat hosil qilish mumkin.
Darslar tugagach o`quvchilar kayfiyatini oshiruvchi musiqa bilan uyga jo`natish ota-onalar bilan bolalar munosabatini yaxshilash, o`quv bilim jarayonini yaxshilash olimlarimiz tomonidan tajribalar asosida isbotlanganligini yodimizdan chiqarmasligimiz kerrak. Askarlarimiz marsh bilan qo`shiq aytib charchamay ancha yul yuradi. «O`tkan kunlarda» Otabek «O`rtar» ashulasi orqali qayg`usi-ni ozgina bo`lsada unutishga xarakat qiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə