O’zbekiston republikasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə60/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Tejamkor bo`l: mol dunyongni xech foydasi bo`lmagan yerlarga sarf etma, pulni teja, ya’ni isrofdan saqlan.
Sa’y-g`ayrat egasi bo`l: vaqtingni bekorga o`tkazma, foydali ishlar bilan mashg`ul bo`l, sa’y-g`ayrat qil. Kerak bo`lmagan ishlardan qo`lingni tort.
Pokdomon bo`l: a’zoyi badaningni, kiyim-kechak, uy va boshqa narsalaringni sira ham iflos qilma, tozalikka diqqat ber.
Qalb huzuriga ega bo`l: mayda-chuyda, hech narsaga arzimaydigan narsalardan qayg`urib, salomatlikni buzma.
Iffatli bo`l: o`zing tugul boshqalarning tinchligini ham qo`r- qinch ostida qoldirma, doimo iffatli, nomusli bo`l, ma’nosiz yo`llardan yurma.
Odobli bo`l: tarbiyali va olim-fozillardan o`rnak ol, tavozeli, muloyim so`zli bo`l, o`zingni yuqori tutma, kamtarlik yaxshi xislat ekanligini esingdan chiqarma.
Olijanob bo`l: olijanoblik bir quvvatdirki, bu quvvatga ega bo`lgan odam boylikka va odamlarning maqtashlariga, iltifot, kamsitishlariga sira e’tibor qilmaydi, turmushning o`zgarib tu- rishiga qayg`urmaydi. Mol-dunyosi ko`p bo`lsa g`ururlanib, mutakabbir bo`lib ketmaydi, xalqning maqtashiga sevinmaydi. Xar vaqt bir xilda bo`lib, o`zini daraja va himmatini saqlaydi.
Muloyimlik shiorini tut: achchiqlangan vaqtda o`zingni tuta bil. Muloyimlik ulug` fazilatlarning biridir. Kaxr-g`azab vaqtida o`zini bosib tinch tura olish odamni juda ko`p xavf-xatarlardan, yomonliklardan saqlaydi. Muloyim, yumshoq, ko`ngilli kishilarni har kim sevadi.
Sabr-toqatli bo`l: osoyishtalik qilgan odam janjal, g`avg`o vaqtlarda qichqirib yengillik va qiziqonlik ko`rsatmaydi, sukut va sabr saqlaydi. Qiziqqonlik salomatlikka, hatto umrga zarar yetkazadi. Qiziqqonlik, yengillik, qahr-g`azab odamni uyatga qoldiradi. «G`azab bilan sarg`aygan yuz pushaymonlik bilan qizaradi», deb shunga aytadilar.
CHidamlilik: go`zal sifatlarga oliy ishlarga erishish yo`lida mashaqqatga bardosh berishdir.
Yaqin kishiga nisbaan muhabbat
Amerikalik ruxshunoslarning ta’kidlashicha, biz begona odamlarga ko`ngil qo`ymas ekanmiz, balki yaxshigina sinovdan o`tgan odamlargina sevgimizdan baxramand bo`lar ekan. Xar qalay, yon qo`shni bo`lib yashash yoki umumiy qiziq,ishlar doirasi romantik munosabatlar uchun mustaxkam asos bo`lib xizmat qiladi. Avvaliga bir - biriga nisbatan xech qanaqa qiziqish, intilish his etmagan odamlar keyin o`zaro yaqinlik, qandaydir iliq tuyg`ularni his qilishadi. Yana bir odamlarni yakqinlashtiruvchi omil, birgalikda kechirilgan tanglik holati, aynan mana shunday yaqinlik ko`pchilik ishidagi ishqlarning mohiyatini anglab olishga imkon beradi, degan fikrga moyildir ruxshunoslar.
Oilaviy hayotda baxti chopmagan mal`taliklarning mamlakatlarida yangi siyosiy partiya tuzilayotgani va ularning etakchilari Maltadagi ajrashishlar haqidagi muammolarni qonunchilik asosida xal qilishga erishish xususida katta va’dalar berishayotganida behad shod bo`lib, bu xabarni zo`r quvonch bilan kutib olishdi. Bugungi kunda Mal`tada nikohni bekor qilish masalasi Malta fuqarosi uchun amalda imkoni yo`q narsa desa xam bo`laveradi. Buning uchun kamida uch yil davomida turli muassasalar ostonasiga bosh urib borish talab etiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə