O’zbekiston republikasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə57/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Abraham Harold Maslou 1 aprel 1908 yilda Nyu-Yorkda tug`ilib, 8 iyun 1970 yilda AQSh Koliforniya shtatining Menloparkida vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: abnormal psixologiya, motivatsiya, shaxs. Ma`lumoti: magistr(1931) Medisondagi Viskonsin universiteti falsafa doktori (1934) Kasbiy faoliyati: Kolumbiya pedagogika kolle jida E.L.Torndaykka ikki yil assistentlik qilganidan so`ng Maslou Bruklin kollejida o`qituvchilik faoliyatini boshlaydi va 1951 yilgacha shu vazifada qoladi.Maslou yuqori ehtiyojlarga katta urg`u beradi. Uningcha o`z-o`zini faollashtirish boshqa ehtiyojlar- bilish va tushunish, estetik ehtiyojlarni vujudga keltiradi. U o`z hayotini yuqori ehtiyojlar orqali tashkil etgan siymolar (Shveytsar, Enshteyn) faoliyatini bayon etadi.


Ernst Krechmer 8 oktyabrd 1888 yilda tug`ilib, 8 fevral 1964 yilda vafot etgan. Nemis psixiatri va psixologi, Tyubingen universitetining professori, Marburg (1926) va Tyubengen (1946) nevrologik klinikalarining direktori, ko`pgina ilmiy va meditsina tashkilotlarining faxriy a`zosi. Uning ishlari bir necha marta oliy Xalqaro mukofotlarga sazovor bo`lgan. Krechmer o`zining xarakterlar klassifikatsiyasi, shuningdek, meditsina psixologiyasi va psixoterapiya sohasidagi tadqiqotlari bilan ma`lumdir.
Kurs ishi mavzulari.
1 Yosh o`sishining turli bosqichlarida odamlar dunyosidagi social xodisalarning o`quvchilar tomonidan psixik aks ettirilishining dinamikasi.
2 O`quvchi psixik rivojlanishining turli yosh bosqichlarida bilim va tafakkur masalalarini xal qilish vaqtidagi nisbatlar muammolari.
3 O`quvchi psixik rivojlanishining turli yosh boswqichlarida mehnat extiyojlarini shakllantirishning psixik xususiyatlari.
4 O`quv faoliyati o`quvchi psixik rivojlanishning omili sifatida.
5 Maktabgacha yoshdagi bolaning o`z tengdoshini idrok etishi va unga baho berishi.
6 Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining mahsuldorligiga motivlarning ta`siri.
7 Maktabgacha yoshdagi bolalarning o`z –o`ziga baho berishi va ularning qiziqish darajalari.
8 Turli temperamentdagi bolalarda o`z tengdoshlari bilan tez til topishib ketishinig namoyon bo`lishi.
9 Makabgacha yoshdagi xadiksirash va uyatchanlik odatlarini bartaraf qilish xamda ularda aktiv iroda sifatlarini tarbiyalash.
10 Insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallab olishi – aqliy rivojlanish va shaxs shakllanishining negizi.
11 Ontogenezda psixik rivojlanish dinamikasining tadbiq etilishi –xozirgi zamon yosh psixologiyasining actual muammosi.
12 Nutqni idrok etish va tushunish aqliy rivojlanish va maktab o`quvchisini tarbiyalash omili sifatida .
13 O`quvchilarning hamkorlikda amalga oshirgan o`quv faoliyatida shaxslararo munosabatlar qanday bo`lishini o`qituvchi tomondan oldindan aniqlab olishi – bu jamoa munosabatlarni shakllantirish jarayonini boshqarishning eng muhim shartidir.
14 Pedagogik muloqotning psixologik xususiyatlari o`quvchilarni tarbiyalash jarayonini boshqarish vositasi sifatida.
15 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar emotsional reaksiyasining xususiyatlari .
16 Kichik maktab yoshdagi o`quvchilar axloqiy kategoriyalarini bilishning xususiyatlari.
17 Kichik maktab o`quvchilarning o`quv faoliyati va xulq atvorida axloqiy xususiyatlarning namoyon bo`lishi.
18 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar tomonidan axloqiy hodisalarning baxolanishi.
19 Turli ijtimoiy nazorat sharoitida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda axloqiy fazilatlarning namoyon bo`lish xususiyatlari.
20 Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijtimoiy hodisalarni tushunishi va ularga nisbatan emotsional munosabat.
21 Kichik yoshdagi o`quvchilar tomonidan axloqiy hodisalarni tushunishda konkretlik va mavhumlikning roli.
22 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`qituvchini idrok etishining xususiyatlari.
23 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`zlashtirmaslik sabablarini psixologik jihatdan analiz qilish .24 Kichik maktab yoshida boholash va o`z –o`ziga baho berishning xususiyatlari.
25 Kichik yoshdagi o`quvchilarning o`quv faoliyati va xulq – atvorining motivlari.
26 Kichik yoshdagi o`quvchilarning jamoa ichidagi o`zaro munosabatlarining xususiyatlari.
27 Ta`limning turli bosqichlarida o`quvchilar o`quv faoliyatining motivlari va ularning bilimlarni o`zlashtirishga ko`rsatadigan ta`siri .
28 O`tilgan o`quv materiali mazmuningo`quvchi o`quv faoliyati tarkibiga ta`siri.
29 Odamlar dunyosida sodir bo`ladigan ijtimoiy hodisalarning o`quvchi tomonidan idrok etishi va tushunish dinamikasining o`sib borishi.
30 O`quv masalalarini o`quvchilar tomonidan xal qilish jarayonida bilim bilan tafakkurning o`zaro bir – biriga bog`liq ekanligi.
31 O`quvchining yosh jihatdan ulg`ayib borishidagi turli bosqichlarda o`quv faoliyati jarayonidagi shaxs kognitiv his – hayajon va sifatlarning o`zaro aloqadorligi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə