O’zbeкiston res



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə4/81
tarix02.08.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#120245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
ishlab chiqarishning metrologik asoslari

1.3. Metrologiyaning rivojlanish boskichlari

O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:


1.Antik rivojlanish davri. 2.Stixiyali rivojlanish davri. 3.Metrik tizimning joriy etilishi.
4.Metrologiya xizmatlarining integrasiyalashish davri. 5.O’zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanishi.
Antik rivojlanish davri. O’lchashlarga bo’lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. «O’lchash» atamasining tom ma’nosi bo’yicha tahlil etadigan bo’lsak, qadimgi davrda insoniyat asosan «organoleptik o’lchashlar» - ya’ni, o’zining his etish a’zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo’yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu his etish organlari o’lchash vositasi vazifalarini bajargan. Garchand bu kabi o’lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bir o’lchashda, aniqrog’i baholashda muayyan bir o’lchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish o’lchovi moddiy bo’lmagan, balki insonning o’z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan. Кeyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo’llana borgan sari solishtirish o’lchovlari moddiylasha borgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o’lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o’zining sezgisi va tajribasi asosida o’lchay boshlagan.
Insoniyat rivojlana borib, ish qurollarini va yashash tarzini yanada takomillashtira borgan. Yashash va mehnat sharoitlarini yanada qulaylashtirish harakatida bo’lgan. Moddiy bo’lmagan

10
o’lchovlar bilan ishlash noqulayligi, va individualligi tufayli, uni moddiylashtirish yo’llarini axtara borgan. Shu asnoda turli o’lchash birliklari paydo bo’lgan.


Eng qadimgi o’lchash birliklari – antropometrik. U insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan. Masalan: qarich - qo’l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch - qo’llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa, qadam - balog’at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshita olishi mumkin bo’lgan masofa, ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazolar.

1-rasm

Metrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan yoki davlat arboblarining antropometrik o’lchamlarini asos qilib olish hollari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroli Genrix I (12-asrning

11
boshi) yard o’lchash birligini (91,44 sm) joriy etgan. Bunda namunaviy o’lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho’zilgan qo’lning o’rtancha barmog’i uchigacha bo’lgan masofa olingan.


Antropometrik o’lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy o’lchash birliklari ham paydo bo’la boshlagan. Bu birliklar sifatida tabiatdagi ba’zi doimiy, o’zgarmas hisoblangan ob’ektlarning hususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning o’lchov birligi sifatida keng qo’llanilgan, "no’xotcha" ma’nosini anglatuvchi "karat", "bug’doy doni" ma’nosini bildiruvchi "gran" shular jumlasidandir. Dastlabki tabiiy o’lchovlarning yana bir namoyondasi, hamma erda ishlatiladigan vaqt o’lchovlaridir. Munajjimlarning ko’p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Кeyinchalik erning o’z o’qi atrofida to’la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo’lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o’lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig’iga teng bo’lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo’lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo’lgan "mina suv" oqib ketgan. Кeyinchalik «mina» o’zgarib, biz o’rganib qolgan minutga aylangan.
Кeyinchalik tabiiy «o’lchovlar» turmushda keng qo’llana boshlandi.
Shunday o’lchovlardan biri erning o’z o’qi atrofida aylanishini vaqt birligi sifatida ishlatilishidir. Jamiyatning rivojlanishi, savdo va dengiz sayohatining rivojlanishiga, sanoatning paydo bo’lishiga, fanning rivojlanishiga olib kelgan bo’lsa, shu bilan birga maxsus texnika va o’lchash vositalarini bunyod etishga ham sababchi bo’ldi.
Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq "moddiy" o’lchashlar va o’lchash birliklarining katta ahamiyatini tushunib etganlar.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə